Kasalliklar va zararkunandalar. Soxta un shudring kasalligi - yetuk o‘simliklarni va saqlanayotgan karam boshi zararlaydigan zamburug‘ kasalligi. Soxta unshudring kasalligiga qarshi namlangan urug‘ni 48-500 haroratda 20 minut davomida qizdiriladi, karam ko‘chati 50% TMTD yoki oltingugurtni oxak aralashmasi bilan ishlanadi va urug‘liklar 10% li bordo suyuqligiga kleyster (0,5 -1 %) qo‘shib purkaladi. Zararkunandalardan shira (bit), karam pashshasi, kuya, karam kapalagi va krestguldoshlar burgalari karam o‘simligiga, ayniqsa, katta zarar yetkazadi. Shiraga qarshi o‘simlikka anabazin - sulfatga (gektariga 0,9-1 kg) sovun qo‘shib purkaladi. Karam kuyasi, kapalagi, karam xasvasi va karam pashshasiga qarshi o‘simlikka xlorofosning 2%li eritmasi sepiladi.
Gul karam. Bir yillik o‘simlik. Barglari shakllanganidan keyin qisqa, yo‘g‘on, sershox va seret poyalardan iborat karam bosh hosil qiladi. Keyin, bir qismi shoxlar uzayib o‘sa boshlaydi va ro‘vaksimon to‘p gul, gul hamda urug‘ hosil qiluvchi gulpoyalarga aylanadi. Gul karam urug‘i 5-60 tumperaturada una boshlaydi, maysalashni jadallashishi uchun eng qulay harorat 18-200 hisoblanadi. Karam boshi past tyemperaturada (8-120) ancha tez shoxlaydi, lekin karam bosh uraydigan shoxlarning o‘sishi esa susayadi. Natijada karam boshlar juda sust shakllanadi va karam boshlari mayda, ammo zich bo‘ladi. Harorat 15-180 bo‘lganda karam boshlari yirik, lekin bo‘sh bo‘ladi. Harorat bundan ham yuqori (18-200) bo‘lganda karam boshi juda tez shakllanadi, lekin u katta bo‘lib, tez sochilib ketadi. Harorat 35-400 gacha ko‘tarilganda esa o‘simlik mutlaqo bosh o‘ramaydi. Gul karam 2-30, chiniqqan ko‘chatlari esa xatto 50 gacha sovuqqa ham chidaydi.
Navlari Markaziy Osiyoda gul karamning quyidagi navlari ko‘p tarqalgan. Otechestvennaya o‘rtacha ertapishar nav, Snejinka tezpishar (90-100 kunda yetiladi) karam boshi cho‘ziqroq. Gollandiyadan keltirilgan istiqbolli (Gudman Gʻ1) navlari ham qo‘llanilmoqda.
Agrotexnikasi Gul karam bahor-yoz va yoz-kuz mavsumlarda yetishtiriladi. erta bahorda ekilganda ko‘tarilayotgan harorat sharoitida o‘sadi va rivojlanadi. ekishga mo‘ljallangan ko‘chatlar parniklarda ertagi oq bosh karamga o‘xshash yetishtiriladi. Yozda ekiladigan gul karam urug‘lari iyunь oyining o‘rtalarida oddiy ko‘chatxonalarga sepilib, ko‘chatlari iyulning o‘rtasi-avgustning dastlabki kunlarida dalaga o‘tkaziladi. Gul karam o‘g‘itga, ayniqsa, organik o‘g‘itga talabchan bo‘ladi. Binobarin, uni o‘stirishda katta normada go‘ng solish( 50-60 t) tavsiya etiladi. Bunda har gektarga 3-4 s.dan ammiakli selitra, 5-6 s dan superfosfat va 1-2 s dan kaliy tuzi solinadi.
Parvarishlar - sug‘orish, qator oralarini kulьtivasiya va chopiq qilishdan iborat. Gul karam o‘stirishda shakllana boshlayotgan karam boshchalarini quyosh nuri ta’siridan asrash agrotexnikaning muhim shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun uni quyosh nuridan soyalantiriladi, barglar to‘plami bog‘lanadi yoki barglari qayriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |