5-Mavzu: Sholi o’simligining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Reja:
1. Sholining - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
2. Sholining biologiyasi va navlari
3. Sholining yetishtirish texnologiyasi
Sholining - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Ahamiyati. Bu qimmatbaxo yorma ekini dunyoda bug‘doy ekinidan keyingi
ikkinchi ekin maydoni bo‘yicha va hosili bo‘yicha bug‘doydan yuqori o‘rinda turadi.
Sholi dunyoning 115 dan ortiq mamlakatlarida yetishtiriladi xamda qariyb 3 mlrd.
kishining asosiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Xar yili o‘rtacha 600 mln
tonnagacha yalpi sholi maxsuloti yetishtirilib, dunyo buyicha xisoblanganida kishi
boshiga taxminan 100 kg gacha miqdorni tashkil etadi.
Sholi yetishtirishning yalpi maxsuloti buyicha jaxonda birinchi o‘rinda
Xitoy
(193,3 mln tonna yoki 31,8%), ikkinchi o‘rinda Xindiston (148,0 mln tonna yoki
22,4%), uchinchi o‘rinda Indoneziya (60,2 mln tonna yoki 8,5%) mamlakati turadi.
Sholi guruchi Osiyo mamlakatlarida ko‘p ishlatiladi, aholining har biriga
Yaponiyada 104 kg, Xitoyda-120, Pokistonda-98, Xindistonda-66, AKSh-2,5,
Angliyada-1,1kg.dan to‘g‘ri kelar ekan. Bir kilogramm guruch tarkibida 4000
kaloriya bo‘lar ekan. Sholini oqlaganda o‘rtacha 48% guruch, 16% maydalangan
don, 13% qoldiqlari, 3% un va 20% qipiq chiqadi. Sholini oqlab guruch olganda don
ishqalanadi natijada guruchning sifati o‘zgaradi. Ishqalanish natijasida oqsil
kamayadi: 8,44 dan 7,75% gacha, moy 1,82 dan 0,53% gacha, kul 1,29 dan 0,64
%gacha, to‘qima 0,35 dan 0,18 % gacha.(Kozmina N.P.,1976).Guruchning
o‘zlashtirilish koeffitsiyenti eng yukori — 96% ga, kaloriyaliligi 3594 ga,
bug‘doyniki esa
— 3610 ga teng. Bir kilogramm guruch tarkibida 4000 kaloriya
bo‘lar ekan.
Guruch qaynatmasi davolash maqsadida ko‘p ishlatiladi tabobatda. Guruch
bilan parxez yuqori qon bosimida foydalaniladi. Guruchning kraxmali to‘qimachilik
sanoatida, parfyumer, meditsina sohasida ko‘p ishlatiladi. Sholi somonini
yemxashak sifatida chorvachilikda ishlatiladi, 1 kg somonda 22 g xom oqsil va 0,24
oziqa birligi mavjud. Bundan tashqari sholi somoni kiyim kechak sanoatida, oyoq
kiyim, ip, qop, qog‘oz va kompas tayyorlashda ishlatiladi. Sholi somonida 1%
protein, 0,55 moy, 30% uglevod bor. Sholi somoni o‘g‘it sifatida ham ishlatiladi,
chunki 1 t somonda 8 kg azot, 1 kg fosfor va 12 kg kaliy mavjud.
Sholining maxsus turidan (
glyutinozli sholidan) koreys xalqi non
tayyorlaydi. Yaponiya xalqi «
moti
» noni va choy marosimi uchun uchun maxsus
shirinlik tayyorlaydi. Guruchning
kraxmali to‘qimachilik sanoatida, parfyumer,
meditsina sohasida ko‘p ishlatiladi.
Tarixi. Sholi eng qadimgi ekin hisoblanadi. Ekin qatoriga neolit zamonida
kiritilgan. Olimlarning fikricha sholi ekini birinchi Hindistondan kelib chiqqan yoki
turgan samovarga o‘xshagan bo‘lardi. Sholi nafaqat oq rangda balki, qora, binafsha,
qizil, sariq va boshqa ranglarda ham bo‘ladi. Ammo bunday guruchlar bizning
region uchun xushmanzara hisoblanadi.
Sholi bug‘doydan keyingi ko‘p tarqalgan ekin. FAO ning 2000 yil
ma’lumotlariga ko‘ra, sholi 153,5 mln.gektarni, o‘rtacha don hosili 38,63 ts/ga ni,
umumiy don hosili 592873 ming tonnani tashkil etadi.
1.4. jadval
Do'stlaringiz bilan baham: