Gullash kunning haroratiga bog‘liq. Gullash uchun maqbul harorat 30°S
ga yaqin , past 15-20° va yuqori harorat 50°S atrofida bo‘ladi.
Gullash yuqoridan boshlanadi, lekin ro‘vakda birinchi bo‘lib birinchi
boshoqcha gullaydi. Umuman olganda gullash tartibi tez bo‘zilib turadi.
Ro‘vak 5-8 kun gullaydi. Gullayotgan boshoqchalarning eng ko‘p soni 2-3
kunlari kuzatiladi.
Maqbul gullash uchun havoning namligi 70-80% bo‘lishi kerak. Juda
past namlikda (40%) sholi gullamaydi. Bitta gul o‘rtacha bir soat gullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |