O‘simlikshunoslikning respublikadagi ahvoli, istiqbollari.
Hozirgi vaqtda yer yuzida 500 mingdan ortiq o‘simliklar turi mavjud
Shundan mingtasi yuksak, ya’ni gulli
350
o‘simliklardir
M adaniy
o‘simliklarning
soni 1500 taga
yetdi
ammo eng kerakli xo‘jalik
ahamiya tiga ega bo‘lgan
turlarning soni 640 tani
tashkil etadi
ularning 20 ming turi
odamlar tomonidan
o‘stiriladi
.
shulardan 90 tasi dala
ekinlariga kiritilgan
eng ko‘p tarqalgan turlar
g‘allasimon va dukkakli
-
don
ekinlarining 78 ta
moyli va tolali ekinlarning 53
ta
ildiz va tugunakmevalar
hamda boshqa ekinlarning 60
dan ortiq
Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi fanlarini o‘rganish
qishloq xo‘jaligidagi muhim, dolzarb muammolarni hal qilishga imkon beradi. Bu
fanlarning rivojlanishi jamiyat taraqqiyotiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Fan sifatida o‘zining tadqiqot metodlariga ega. Dala, vegetatsion,
dalalaboratoriya, laboratoriya tadqiqot uslublariga ega. Tajribalar natijasida
o‘simliklarning yangi navlari, duragaylari, ularning biologiyasi, yetishtirish
texnologiyasi o‘rganiladi.
O‘simliklarning tashqi omillarga bo‘lgan talabi, ularning o‘sishi, rivojlanishi,
suv, oziqlanish rejimini boshqarish qonuniyatlari o‘rganiladi va optimal variantlar
amaliyotga joriy etiladi. Fan –texnika inqilobi davrida qishloq xo‘jalik ekinlarini
yetishtirishda kimyoviy vositalar, mexanizatsiyalash, melioratsiyalashdan yuqori
darajada foydalanish, biosferaning ifloslanishiga, tuproqning sho‘rlanishiga, eroziya
jarayonlarining rivojlanishiga, ma’lum miqdordagi (ts, t) mahsulotni yetishtirishda
xarajatlar, mehnat vositalari narxining oshib ketishiga, suv va energiya
resurslarining taqchilligiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ham qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda
mo‘l va sifatli hosil olish bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, kimyo
vositalaridan
foydalanishni
optimallashtirish,
suvdan
tejab
foydalanish,
sug‘orishning yangi usullarini (yomg‘irlatib, tomchilatib, tuproq osti) ishlab
chiqarishga joriy etish, qurg‘oqchilikka, sho‘rga, kasalliklar, zararkunandalarga,
tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli navlarini amaliyotga joriy etish,
organik va ma’danli o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirish
muammolarini hal etish lozim bo‘ladi. Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirishda
energetika muammosi dolzarb bo‘lib bormoqda. Mexanizatsiya, sug‘orish,
o‘g‘itlarni solish, pestitsidlarni qo‘llashda energetik resurslar sarfi keskin ortmoqda.
Hozirgi paytda o‘simlikshunoslik mahsulotlarini yetishtirishda sarflangan
energiyaga nisbatan mahsulot ko‘rinishidagi energiya 2-5 baravar ko‘p. Ammo
qo‘shimcha hosil olish uchun ko‘proq energiya sarflashga to‘g‘ri keladi.
Rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyada qishloq xo‘jalik ekinlarining
hosildorligi keyingi yillarda 1,2-1,5 baravar oshsada, bir gektarga sarflangan
energiya sarfi 3,5-5,1 baravar ortgan. Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini ikki
baravar oshirish hozirda qo‘llanilayotgan texnologiyalar bo‘yicha katta miqdordagi
energiya sarflashni talab qiladi. Zamonaviy agrotexnologiyalar tabiiy yoqilg‘idan
foydalanishga asoslangan. Tabiiy yoqilg‘ilarning zaxiralari esa juda cheklangan.
Ayniqsa XXI asrda ekinlarni yetishtirishda tabiiy yoqilg‘ilarning taqchilligi ortib
boradi. Energiya manbalari narxining oshishi o‘simlik mahsulotlari narxining
oshishiga olib keladi va qishloq xo‘jaligining jadal usulda rivojlanishiga to‘sqinlik
qilishi mumkin. Intensiv don almashlab ekish, tuproqqa ko‘p miqdorda azotli
o‘g‘itlardan solish, serhosil ammo kasalliklarga immuniteti past donli ekinlar
navlarining keng tarqalishi kasalliklar (ayniqsa zamburug‘) zarar keltirish
darajasining oshishiga olib keladi.
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda pestitsidlar keng qo‘llanilsada, kasallik va
zararkunandalar tomonidan yetkazilayotgan zarar oshib bormoqda. Kelib chiqishi
bir xil bo‘lgan, intensiv tipdagi sermahsul navlarning keng tarqalishi, ularda murtak
plazmasining bir xilligi tufayli tez kasallanish xavfini saqlab qoladi. Shuning uchun
XXI asrda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining ortishi yangi texnologiyalarni
ishlab chiqish, dehqonchilik madaniyatini oshirish, ekinlar mahsuldorligini
oshirishni talab qiladi. Buning uchun eroziyaga qarshi kurash, ekinlarni
uyg‘unlashgan himoya qilish, azotni biologik fiksatsiya qilish samaradorligini
oshirish, tejamkor sug‘orishni ishlab chiqish hamda ularni ama liyotga joriy etish
talab qilinadi. Yangi navlar, duragaylarni yaratishda juda ko‘p xilma–xil
genotiplardan foydalanish, gen injeneriyasi, biotexnologiya yutuqlarini amaliyotga
joriy etish qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda qo‘llash keng tarqaladi.
Atmosfera azotini biologik fiksatsiya qilishda dukkakli ekinlarni ekish bilan
birgalikda dukkakli bo‘lmagan, qo‘ng‘irboshsimon – sholi, makkajo‘xori, bug‘doy,
oqjo‘xori ekinlarini azotni fiksatsiya qiladigan mikroorganizmlar bilan simbiozini
yaratish muammosi hal qilinmoqda. Buning uchun gen injeneriyasi yutuqlaridan
keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |