Namlikka talabi- Bug‘doy namlikni yaxshi ko‘ruvchi o‘simlik. Urug‘
bo‘rtishi uchun 45-56% suvni yutadi. O‘simlik rivojlanishining boshlanishida
tuproqni yaxshi namlash talab qilinadi. Tuplanish davridan boshlab suv sarfi
ko‘paya boshlaydi va u naychalash va donning to‘lishishi davrida maksimumga ega
bo‘ladi. Agar suv kam bo‘lsa, bug‘doy yomon shoxlanadi yoki umuman
shoxlanmaydi.
Donning shakllanishida suvning yetishmasligi hamda donning to‘lishishida
suvning yetishmasligi urug‘ning siyrak bo‘lishiga va puch don hosil bo‘lishiga olib
keladi. Mum pishish davrida suvga bo‘lgan talabi kamayadi, transpiratsiya
koeffitsiyenti 460-500 tuproq iqlim sharoitiga qarab bu ko‘rsatkich o‘zgarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |