Bug‘doy biologiyasi va navlari.
Issiqlikka talabi. Bug‘doy urug‘i +1-3°S da unib chiqishni boshlaydi, havo
haroratining ko‘tarilishi bilan urug‘ning unib chiqishi tezlashadi. Naychalash
davrida 15-16°S talab qilinadi. Boshoqlash va gullash davrida +18-20°S harorat
yetarli bo‘ladi. Bug‘doy +40-42°S gacha chidaydi. Bu sharoitlarda qoniqarli
ravishda changlanadi. Pishish davrida maqbul harorat +22-30°S hisoblanadi. Kuzgi
bug‘doy 1800-2100°S foydali harorat talab qiladi. Kuzgi bug‘doy qorning qalinligi
20 sm bo‘lganda -20-30°S sovuqka chidaydi. O‘zbekistonda doimo qor qalinligi
yetarli emas shuning uchun bug‘doy -14°S sovuqlikka chidaydi. Lekin gullash va
donning to‘lishishi davrida 1-2°S sovuq bo‘lsa ham shikastlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |