Ekish usullari. Kuzgi bug‘doy asosan tor qatorlab dalaning bir tomonga,
ya’ni sug‘orish yo‘liga qarab ekilishi kerak. Shundagina o‘simlik yorug‘lik, suv va
oziq moddalardan tengfoydalanadi. Bu usulda traktor g‘ildiraklari joylanish
masofasida 1-2 ta seyalkaning soshniklari berkitib, shu soshniklardan urug‘
ekilmaydi.
Keyinchalik shu qoldirilgan qatorlar orqali bug‘doy sug‘oriladi. O‘g‘it va
gerbitsid solinganda traktorning shu qatorlardan yurishi ta’minlanadi. G‘o‘zapoya
qator orasiga g‘alla ekiladigan maydonlarda paxta 1-2 marta terim mashinalari
yordamida terib olingandan so‘ng g‘o‘za qator oralari kultivatsiyalar yordamida
yumshatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |