4.Xalq xo‘jaligi taraqqiyotida standartlashtirishning o‘rni
Moyli ekinlar urug‘i turkumlaridagi mavjud aralashmalar bilan ifloslanishini aniqlashda, ular ikki guruhga – iflos va moyli guruxlarga belgilaniladi. Boshqa moyli ekinlar urug‘i moyli guruxga kiritiladi. Aralashmalar urug‘ining saqlanishiga salbiy ta’sir qiladi, moy miqdorini va sifatini pasaytiradi. Moy sifatiga ayniqsa buzilgan urug‘lar kabi aralashmalar ko‘p ta’sir qiladi. Boshqa moyli ekinlar urug‘i ham mahsulot miqdori va sifatiga ta’sir qilishi mumkin, chunki ularda moy ancha kam bo‘lishi mumkin.
Sanoat xom-ashyosi sifatida ishlatiladigan efir moyli ekinlar mevalarda namunalarni ajratishda quyidagilar ajratiladi; butun normal mevalar, begona aralashmalar, shu o‘simlikning efir moyli aralashmasi, boshqa o‘simlikning efir moyli aralashmasi bo‘lgan mevalar. Ko‘pgina moyli ekinlar urug‘iga umumiy texnik shartlarning davlat standartlari amal qiladi, ular sanoatda qayta ishlash uchun tayyorlanadigan va yetkazib beriladigan urug‘larning sifatiga talablarni, qabul qilish qoidalarini, ular sifatini belgilash uslubiyotini, tashish va saqlash qoidalarini belgilaydi.
Moyli ekinlar urugi rangi ( gorchitsa, moyliko‘qnor, kunjut ), biologik xususiyatlari - lalmi yoki kuzgi (raps ), urug‘larning yirikligi ( kanakunjut ) yoki yetishtiriladigan zona (nasha o‘simligi ) ga qarab turlarga bo‘linadi.
Ekinga qarab bazisli namlik 9-14 % gacha, zararli aralashma tarkibi- 1-3 % va moylisi – 2-6 % o‘zgarib turadi.
Standartlar barcha moyli ekinlar urug‘ida kanakunjut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki uning tarkibida zaharli moddalar ( albuminritsin va ritsinin ) bo‘lib, ular moy ajratib olingandan so‘ng kunjarada qoladi.
Paxta chigiti ham moylilar guruxiga kiradi, u paxtaning sanoat navlarini qayta ishlashda olinadigan navlariga qarab 4 navga bo‘linadi;1- birinchi navniki; 2- ikkinchi navniki; 3- uchinchi navniki;4- to‘rtinchi navniki.
Paxta chigiti navini aniqlashda, shuningdek, uning namligi, iflosligi to‘liq to‘qlanganligi ham hisobga olinadi. To‘qlanganlik deganda chigitning qayta ishlanganligidan so‘ng unda qolgan tola va to‘qlarning foizlardagi tarkibi tushuniladi. To‘qlanganlik bo‘yicha me’yorlar chigitli paxtaning navlari va biologik turlari ( o‘rtacha tolali, ingichka tolali bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarzda belgilaniladi va har bir tur muayyan tipdagi navlar guruhlarga bo‘linadi, shuningdek, paxtaning o‘rtacha tolali navlarining necha marta linterlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |