Kimyo texnologiya fanidan laboratoriya ishlari


Кimyo texnologiya fanidan laboratoriya ishlari



Download 0,69 Mb.
bet13/19
Sana18.02.2022
Hajmi0,69 Mb.
#456236
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Lab. matnlari Kimyo-tex

Кimyo texnologiya fanidan laboratoriya ishlari

Laboratoriya ishi №9. Ammiakli selitra olish.


( va uning analizi)

Ajratilgan vaqt: 4 soat


Ammiakli selitra 50-60% li nitrat kislota eritmasini gazsimon holdagi am-miak bilan neytrallab olinadi:
HNO3 + NH3 ↔ NH4NO3 + 148,6 кЖ.
Sanoatda reaktsiya issiqligi suvni bug’lantirish yo’li bilan ammiakli selitra eritmasini kontsentratsiyasini oshirish uchun foydalaniladi.
Ishning maqsadi. Kristall holdagi ammiakli selitra olish va uning nitrat kislota bo’yicha unumini hamda undagi ammoniy azotini aniqlash.
Jihozlar va reaktivlar: 48-60% li nitrat kislota, 25% li ammiak, lakmus qo-g’ozlari, ammiakli selitra olish qurilmasi (11-rasm), 500ml li o’lchov tsilindri, am-miak va nitrat kislotasini zichligini o’lchash uchun areometr, qum hammomi, chin-ni kosacha.
Ishning bajarilishi: Ammiakli selitra olish qurilmasi reaktorining (11 rasm) ostki qismiga shisha paxta qo’yilib reaktor ichiga shisha siniqlari (nasadka) solinadi. (Libix sovutgichidan foydalanish mumkin, faqat sovutgichning suv kirish–chiqish teshiklari yuqoriga qarab egilgan bo’lishi kerak, aks holda rezina shlanglarga kislota kirish mumkin). Tomizgich qadag’iga 1-20-30 ml 48-60%li nitrat kislota quyiladi.


11- rasm. Ammiakli selitra olish qurilmasi.
1-5- tomizgich voronkasi; 2- reaktor; 3- troynik; 4- chinni kosacha; 6- Vyurts kolbasi; 7-elektroplitka
Vyurts kolbasi tiqin bilan bekitiladi va yopiq elektr plitkasida qizdiriladi.
Qachonkim ammiak bug’lanib reaktorga (neytralizatorga) tusha boshlagach, reaktorga o’rnatilgan tomizgich qadaqning jo’mragi ochilib sekinlik bilan tom-chilatib nitrat kislotasi neytralizatorga tomiziladi. Oq tutun shaklida hosil bo’lgan ammiakli selitra kondensatlanib reaktorning pastki qismiga 4 tushadi.
Kislotani hammasi quyib bo’lingach tomizgich qadaq 1 bekitiladi va yana bir necha minut ammiak yuborish davom ettiriladi, so’ngra kosachadagi ammiakli selitraning muhiti lakmus qog’ozi bilan aniqlanadi. Agar muhit kislotali bo’lsa selitra eritmasi yana qayta tomizgich qadaqga 1 quyiladi va ammiak yuborish bilan neytralizator orqali o’tkaziladi.
Bu operatsiya selitra eritmasining muhiti ishqoriy bo’lgancha davom ettiri-ladi. Shundan so’ng, Vyurts kolbasidan ammiak yuborish to’xtatiladi, tomizgich qadaq 3-4 marta 5ml dan distillangan suv bilan yuviladi va bu suv bilan ney-tralizator ham chayib olinadi va yuvib olingan suv ammiakli selitra eritmasiga qo’shiladi va chinni kosachaga solinib qum hammom ustiga quyib kosacha ustida oq bug’ hosil bo’lguncha shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turilgan holda bug’lantiriladi selitra cuyuqlanmasining harorati bu vaqtda 4330ga teng bo’ladi.
Ammiakli selitra sovigach va kristallangach kosacha o’lchanib olingan ammiakli selitraning olingan nitrat kislota bo’yicha unumi foizlarda hisoblanadi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish