Takrorlash uchun savollar
4.Non maxsulotlari ishlab chiqarishdagi tuxnologik jarayonlar ketma-ketligi.
5.Xamir tayyorlash jarayonining izoxi.
6.Pishirish davomida kechadigan jarayonlarning qisqacha tavsifi.
7.Non maxsulotlarini saqlash va sotuvga jo’natish jarayonlariga izox bering.
Tayanch so’z va iboralar
Un, Xamirturish, Tuz, Suv, SHakar, Sut mahsulotlari, Margarin, Solod, Kraxmal, Ozuqaviy yog’lar, Tuxum
19-MA’RUZA. MAKARON MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI.
Reja:
Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha umumiy ma’lumot.
2.Makaron mahsulotlarini assortimenti va sifat ko’rsatkichlari.
3.Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha xom ashyolar taCHifi.
4.Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar.
5.Unli kandolat mahxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
Makaron mahsulotlarini qadim-qadim zamonlardan boshlab ishlab chiqarilgan: dastlab tekis ugra ko’rinishida, keyinchalik esa trubkasimon makaronlar ko’rinishida. Ugra tayyorlashning birinchi ta’rifini yangi eramizning birinchi o’n yilligida tuzilgan, rimlik ovqat shinavandasi Anichoning kulinariya bo’yicha traktatida uchratish mumkin. Italiyada makarondan taomlar tayyorlanishning xujjatli eslatmasi XII asr boshlariga to’g’ri keladi.
XIV asr o’rtalarigacha makaron mahsulotlarini uy sharoitlarida tayyorlangan.
Sodda texnikalar bilan makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari birinchi bo’lib, XIV asrning oxirlarida Italiyada qurilgan. Makaron va vermishellarni vintlangan yog’ochli presslarda presslangan, sexlarning ishchi imoratiga o’rnatilgan stellajlardagi ramkalarda quritilgan.
Makaron sanoatida keyingi katta bosqich bu to’xtovsiz ishlaydigan quritgichlarni tadbiq qilish bo’ldi va ular asosida shneklangan presslar birligida mexanizasiyalashtirilgan liniyalar paydo bo’ldi: 1945-1948 yillarda kalta mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Braybanti ” firmasining (Italiya) birinchi liniyalari, 50-yillarning boshlarida uzun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Byuler” firmasining (SHveysariya) birinchi liniyalari. Makaron sanoatining hozirgi vaqtgacha davom etayotgan keyingi rivojlanishi xamir qorish va shaklga keltirish, makaron mahsulotlarini quritishining texnika va texnologiyalarini zamonaviylashtirish yo’lidan bormoqda va mahsulotlar assortimentini (navlarini) kengaytirmokda. SHu ma’nosida xamirga vakuumli ishlov berish, teflon qo’shimchali matrisalarning qo’llanilishi, quritishning yuqori temperaturali rejimidan foydalanishi, tez pishadigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik usullaridan foydalanishni alohida ta’kidlash lozim.
Hozirgi vaqtda makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste’mol qilish va eksport qilish bo’yicha Italiya birinchi o’rinda turadi: oxirgi o’n yillikda Italiyada makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish o’rtacha yil hisobi 1800 da 2500 ming tonnagacha o’zgarib turadi.
Makaron maxsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha AKSH ikkinchi o’rinda turadi: bir yilda 1300-1800 ming tonna. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan uskunalarga kelsak, bu erda xam Italiya oldingi o’rinda turadi. Ikkita qadimiy italyan firmalari: “Braybanti” va “Pavon” – uzun, kalta va uya ko’rinishidagi makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviylashtirilgan liniyalar chiqaradi, ulardan dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida keng qo’llaniladi. Ularga faqatgina shveysar “Byuler” firmasining liniyalari raqobatbardoshdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |