«kimyo texnologiya» fakulteti oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi oziq-ovqat texnologiya asoslari fanidan



Download 1,88 Mb.
bet17/67
Sana18.07.2022
Hajmi1,88 Mb.
#821104
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Bog'liq
2 5276472850482469075

YOg’larni dezodorasiyalash. Rafinasiya jarayonining oxirgi bosqichi dezodorasiyadir (xidsizlantirish), uning maqsadi - yog’dagi noxush ta’m va xidni yukotish. Bu ta’m va xidni yog’dagi murakkab moddalar aralashmasi hosil qiladi. Bu moddalarga quyi molekulali yog’ kislotalar (kaprin, kapril va x.k.), alifatik uglevodorodlar, tabiiy efir moylari, aldegidlar, ketonlar, oksi kislotalar va x.k. kiradi. Xidsizlantirish vaqtida zaharli bo’lgan boshqa organik birikmalar ham yukotiladi.
Xidsizlantirish jarayoni moxiyati - suyuqlik qatlamidagi aromatik moddalarni bug’latib yukotishdir.
Xidsizlantirish samaradorligi aromatik moddalar tarkibi, uchuvchanligiga va jarayon temperaturasiga bog’liq.
Temperaturaning ko’tarilishi bilan aromatik moddalar ning uchuvchanligi oshadi. Biroq temperatura juda yuqori bo’lsa, yog’larning polimerizasiyasi va oksidlanishiga olib keladi. Temperatura 2500S dan oshsa, yog’lar termik parchalanadi. SHuning uchun aromatik moddalarni xaydashda temperaturani pasaytirish uchun xidsizlantirish jarayoni vakuum ostida o’tkir bug’ ta’sirida olib boriladi.
Iste’mol qilishga mo’ljallangan yog’larni sifati dezodorasiya jarayonining to’liq va kamchiliksiz olib borilishiga ham bog’liqdir. SHuning uchun dezodorasiya moylarni tozalashdagi asosiy jarayonlardan biridir.
YUqori sifatli dezodorasiya qilingan moy olish uchun umumiy talablardan tashqari quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
1.Dezodorasiya vaqtida yuqori haroratda moyni iloji boricha uzoq vaqt ushlamaslik kerak.
2.Moylarni dezodorasiyalashdan oldin deaerasiya ya’ni xavosiz-lantirilishi shart.
3.Moylarni dezodorasiya va sovutish vaqtida nam havo bilan kontaktda bo’lishdan saqlash kerak.
4.Dezodorasiya tamom bo’lgandan keyin uskunalar tuxtatilsa ulardan yog’ bushatilishi va barcha qismlari yuvib tozalanishi kerak.
YOg’larni dezodorasiya qilish uchun turli dezodoratorlar ishlatiladi:
Davriy (uzlukli) dezodoratorlar, Uzluksiz ishlayditgan dezodoratorlar (De-Smet, Pinch-Bamag, Ole).
Davriy xidsizlantirish jarayonida harorat 170-2100S bo’lsa, uzluksiz jarayonda esa 2300S gacha bo’ladi. Apparatlardagi qoldiq bosim 5 mm. simob ustuniga teng bo’ladi. Vakuum hosil qilish uchun ko’pbosqichli bug’liejektorlar (bug’ejektor vakuum nasoslar) ishlatiladi.
Dezodorasiya qilishdan oldin yog’lar va moylar yaxshilab rafinasiya qilinishi kerak. Dezodorasiyaga berilayotgan yog’ va moylar tarkibida sovun va oqlovchi tuproq qoldiqlari umuman bo’lmasligi kerak. Dezodorasiyaga berilayotgan moyda agar sovun yoki oqlovchi tuproq qoldiqlari bo’lsa, ular qayta filtrlashga yuboriladi.
Dezodorasiya qilingan moyni sifatini saqlab qolish uchun unga dezodorasiya jarayonida limon kislotasi eritmasi (20%-li) 1t moyga 0,6l miqdorda qo’shiladi.
Dezodorasiya qilish uchun berilayotgan bug’ tarkibida tuz, kislorod va boshqa gazlar, bo’lmasligi kerak va bug’ quruq va neytral bo’lishi kerak.
Davriy usulda dezodorasiya qilish prinsipial sxemasining bayoni quyidagicha: Rafinasiyalangan moy bakdan vakuum yordamida dezodoratorga so’rib olinadi va dezodorator moy bilan yarmigacha tuldiriladi. Moy 1000S xaroratgacha qizdiriladi va dezodoratorga pastki qismidagi barbatyordan ochiq bug’ beriladi. Harorat 1800S ga etgach bug’ miqdori oshiriladi. Dezodoratordagi vakuum bug’liejektorlar bloki yordamida hosil qilinadi. Apparatdagi qoldiq bosim 5mm. sim. ustunidan oshib ketmasligi kerak. Dezodoratordan chiqayotgan bug’-havo aralashmasi tomchi ushlagichdan o’tib vakuum sistemasiga so’rib olinadi va tomchi ushlagichda ushlanadi.
Dezodorasiyaning harorati kokos yog’i uchun 1800S, salomas va qolgan o’simlik moylari uchun 210-2300S atrofida bo’ladi.
Dezodorasiya vaqti 1,5-3soat atirofida bo’ladi. Dezodorasiya qilingan moy sovitiladi va qadoqlash bo’limiga beriladi.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish