97.D.I.Mendeleyev tomonidan taklif qilingan Davriy sistemani tushuntiring.
D.I.Mendeleyev “Kimyo asoslari” kitobining 1- bobida N. O, N, C galogenlar, 2 - bobida Na, K, Cu , Ag ishqoriy-yer metallarini xarakterlab berdi. U klascifikasiyalashda faqat atom og’irligi bilan chegaralanib qolmasdan ularning kimyoviy xossalari, oksidlar hosil qilishi, vodorod bilan birikishi, valentligi asosida gruppalarga ajratadi. Demak, Mendeleyev birinchidan - atom og’irligi, ikkinchidan kimyoviy xossalari asosida 1869 yil 6 martda “Elementlarning tabiiy sistemasini “ yaratdi. D.I. Mendeleyevning davriy qonunida “Elementlar xossalarini. Demak, Mendeleyev birinchidan - atom og’irligi, ikkinchidan kimyoviy xossalari asosida 1869 yil 6 martda “Elementlarning tabiiy sistemasini “ yaratdi. D.I. Mendeleyevning davriy qonunida “Elementlar xossalarining o’zgarishi ularning atom og’irligi o’zgarishiga davriy ravishda bog’liqdir” deyiladi.
D.I.Mendeleyevdan avval olib borilgan ishlarning hyech birida kimyoviy elementlar orasida o’zaro uzviy bog’lanish borligi topilmadi. Chuqur ilmiy bashorat va taqqoslashlar asosida D.I.Mendeleyev 1869 yilda tabiatning muhim qonuni – kimyoviy elementlarning davriy qonunini ta’rifladi. D.I.Mendeleyev ta’riflagan davriy qonun va uning grafik ifodasi - davriy sistema hozirgi zamon kimyo fanining poydevori bo’lib qoldi. D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning ko’pchilik xossalari shu elementlarning atom massasiga bog’liq ekanligini aniqladi. U o’sha zamonda ma’lum bo’lgan barcha elementlarni ularning atom massalari ortib borishi tartibida bir qatorga qo’yganida elementlarning xossalari 7 ta, 17 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan elementlarda qaytarilishini, ya’ni d a v r i y l i k borligini ko’rdi.
98.Davriy qonun va davriy sistemaning rivojlanish bosqichlarini tushuntiring.
Davriy qonun va davriy sistemaning hozirga qadar bosib o’tgan rivojlanish yo’lini quyidagi uch davrga bo’lish mumkin.
I d a v r. D.I.Mendeleyev elementlarni sinflarga bo’lishda ularning atom massasi qiymatiga va kimyoviy xossalariga asoslanib davriy qonunni ta’rifladi.
II d a v r. D.I.Mendeleyev elementning atom massasi emas, balki uning davriy sistemadagi tartib raqami (atom raqami) nihoyatda katta axamiyatga ega ekanligini aniq ko’rsatib berdi. Keyinchalik boshqa olimlar (Mozli) olib borgan izlanishlar buni to’g’riligini tasdiqladi.
III d a v r. Davriy qonun va davriy sistema 1927 yilda yaratilgan kvant mexanikasi asosida rivoj topdi. Bu davr mobaynida joylanishi aniqlanib, D.I.Mendeleyev aytgan «davriylikning» tom ma’nosi namoyon bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |