1.55. K2S.xH2O da suvning miqdori 45 % bo‘lsa, uning formulasi tarkibidagi x qanchaga teng. (Javob: x=5).
1.56. Natriy gidrofosfat (Na2HPO4.xH2O) kristallgidrati tarkibida 65,67 % kislorod bo‘lsa, kristallgidrat tarkibidagi x ning qiymati nechaga teng?
Yechish: Moddaning molekulyar massasini quyidagi formulalar yordamida hisoblaymiz:
Mr=1Ar(Na)+Ar(H)+Ar(P)+2Ar(O)+x[3Ar(H)+4Ar(O)]:
va Mr=142+18x.
Bu ikkala qiymat teng bo‘lganligi uchun ularni
tarzda yozib, tenglamani yechsak: x=7 bo‘ladi.
1.57. Elementlarning massa ulushlari bo‘yicha kristallgidratlar tarkibidagi x ni aniqlang:
MgBr2xH2O, Br=54,79 %;
b) MgCl2xH2O, Cl=34,98 %;
c) Fe(NO3)3xH2O, N=10,4 %;
d) Al2(SO4)3(NH4)2SO4xH2O, S=14,11 %.
(Javob: a, b 6; c 9; d 24).
1.58. Kristallgidrat tarkibidagi vodorodning massa ulushi bo‘yicha x ni aniqlang:
Na2HPO4xH2O, H=6,98 %;
b) NaH2PO4xH2O, H=3,85 %;
c) (NH4)2C2O4xH2O, H=7,04 %;
d) Al2(SO4)3(NH4)2SO4xH2O, H=6,18 %;
e) MgSO4xH2O, H=5,69 %.
(Javob: a 12; b 2; c 1; d 24; e 7).
1.59. Kristallgidrat tarkibidagi kislorodning massa ulushi bo‘yicha x ni aniqlang:
Li2SO4xH2O, O =62,5 %; b) Cr2(SO4)3xH2O, O=67,04 %;
c) MgSO4xH2O, O=71,54 %; d) Na2SO4xH2O, O=69,56 %;
e) Mg(NO3)2xH2O, O=75 %; f) FeSO4xH2O, O=63,31 %;
g) Fe2(SO4)3K2SO4xH2O, O=63,69; h) Fe(NO3)2xH2O, O=66,67 %;
i) Fe(NO3)3xH2O, O=68,57 %; j) Fe(NO3)3xH2O, O=71,29 %;
k) Al2(SO4)3K2SO4xH2O, O=67,44 %;
l) Al2(SO4)3(NH4)2SO4xH2O, O=70,56 %;
m) Bi(NO3)3xH2O, O=46,19 %; n) FeCl2.xH2O, O=32,16 %.
(Javob: a 1; b 18; c, f 7; e - 6; d 10: g, k, l 24: h, i 6: j 9; m 5; n 4).
EKVIVALENT. EKVIVALENTLAR QONUNI
Element ekvivalentining molyar massasi ( - bundan keyin qisqalik uchun ekvivalenti), uning nisbiy atom massasi (Ar) va shu birikmadagi valentligi B orasida quyidagicha bog‘liqlik bor:
Kislota, asos va tuzlar ekvivalenti ular molekulyar massalarining negizligiga b nisbati shaklida aniqlanadi:
Almashinish reaksiyalarida qatnashadigan kislota, asos yoki tuzlarning ekvivalenti shu reaksiyada qatnashadigan bir valentli ionlar soni asosida topiladi. Masalan, 1 mol H2SO4 1 mol NaOH bilan ta'sirlashsa, kislota ekvitvalenti
, g/mol
2 mol NaOH bilan ta'sirlashganda esa
, g/mol
bo‘ladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnashadigan moddalar ekvivalentlarini topish uchun ularning molekulyar massalari shu reaksiyada qatnashadigan (modda bergan yoki qabul qilgan) elektronlar soniga bo‘linadi. Birikmaning ekvivalenti deganda, uning tegishli reaksiyada vodorodning bir ekvivalenti (1,008 massa qismi) yoki kislorodning bir ekvivalenti (8 massa qismi) yoxud boshqa moddaning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan miqdori tushuniladi. Xulosa qilib aytganda, moddalar bir-biri bilan ekvivalentlariga mutanosib miqdorlarda reaksiyaga kirishadilar. Shunga ko‘ra quyidagini yozish mumkin:
Bu formula asosida faqat moddaning massasi, massa ulushi va ekvivalenti hisoblanib qolmasdan, uning tabiati, ya'ni qaysi element yoki moddaligi ham aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |