Vodorodning olinishi va ishlatilishi. Laboratoriyada:
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2↑
2Na + 2H2O = 2NaOH + H2
Al + 2NaOH + 2H2O = 2NaAlO2 + 3H2
Si + 2NaOH + H2O = Na2SiO3 + 2H2
Sanoatda:
Suvni elektroliz qilib:
2H2O → 2H2 + O2 Bunda suvga ozgina kislota qo’shiladi, bu bosim ostida olib boriladi.
2 . C(chog') + H2O(bug') = CO + H2 – 28,1 kkal
suv gazi deyiladi.
Bu aralashmani ajratish uchun u bu aralashma suv bug'iga aralashtirilib, chog'lantirilgan temir oksid (Fe2O3) katalizator ustidan o’tkaziladi:
(H2) + CO + H2O CO2 + H2 + (H2)
Bu reaksiyaga CO ning konversiyasi deyiladi. Reaksiyaning umumiy tenglamasi: C + 2H2O = CO2 + 2H2
CO2 + 2H2 aralashmani suvdan o’tkazilsa CO2 yutilib qoladi, H2 toza holda ajralib chiqadi.
3. Metan konversiyasi, bunda reaksiya 2 xil ketishi mumkin, katalizator sifatida Ni ishlatiladi.
CH4 + 2H2O = CO2 + 4H2
CH4 + H2O = CO + 3H2
Galogenlar-ettinchi guruh bosh guruhchasining elementlari. 7A guruhning elementlari galogenlardir. Galogen so’zi yunonchada “galos” tuz va “genodos” tug’diruvchi degan ma’noni bildiradi.Galogenlarlarning birikmalari barqarordir.
1774-yilda Sheele HCl ga MnO2 ta’sir ettirib olgan, G. Devi uni xloros yunonchada sarg’ish-yashil deb nomladi va kimyoviy element sifatida kiritdi. Brom 1826-yilda Balar tomonidan dengiz suvi tuzlari tarkibidan ajratib olgan, “bromos” yunonchada qo’lansa hidli degan ma’noni bildiradi. Yodni 1812-yilda Kurtua dengiz o’simliklari kulini tekshirish jarayonida kashf etgan, «yodid» yunonchada binafsha degan ma’noni bildiradi. Ftorni 1886 yilda Muassan suvsiz suyuq vodorod ftoridga aralashtirilgan KF ni elektroliz qilish natijasida olishga muvaffaq bo’lgan.
Galogenlar davriy sistema 7A-guruhining asosiy guruhchasini tashkil qilib, ulardan ftor va xlorni tipik elementlar xiliga, qolgan 3 tasi-brom, yod va astatlar esa brom guruhchasiga bo’linadi. Buning sababi xlor va ftorlar kichik davrlarga mansub.
Galogenlarning tashqi elektron qobig’ining tuzilishi bir xil-ns2np5 bo’lgan holda brom guruhchasi elementlarining tashqi va tashqidan oldingi qavatning elektron konfigurasiyasi o’zaro o’xshash xildadir. Ftor eng kuchli oksidlovchi elementdir. SHuning uchun u faqat-1 ko’rinishda bo’la oladi. Ftordan boshqa galogenlar -1 dan 7 gacha bo’lgan turli xil oksidlanish darajasini namoyon qiladilar.
Shunday vaqtlarda ba’zi oksidlardan mustasno bo’lgan holda boshqa deyarli hamma hollarda oksidlanish darajasi toq sonli qiymatlarga ega bo’ladi. Sabab-ns2 va np5 elektronardan juftlarining ketma-ket, navbatdagi bo’sh pog’onachalarga o’tib element reaksiyada ishtirok etayotgan paytda atomlarning kutilgandagi 1 oksidlanish darajasi bilan bir qatorda 3, 5 va 7 oksidlanish darajalarining namoyon bo’la olishidir.
Galogenlar molekulyar birikmalardir. F2 ni hisobga olmaganda Cl2 dan At2 ga borgan sari molekulalarning dissosilanish energiyasi kamayib, berilgan temperaturada ularning termik dissosilanish darajasi ortib boradi. Bu ma’lumotlar galogenlarning atom massasi ortgan sari kimyoviy faolligi kamayadi degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi.
Galogenning radiusi ortishi bilan uning oksidlangan holda bo’lishi osonlashadi, kislorodda zaryad zichligi oshib boradi, N-O bog’i bo’yicha dissosilanish qiyinlashadi, natijada kislota kuchsizlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |