«kimyo» kafedrasi “umumiy kimyo” fanidan



Download 19,83 Mb.
bet37/401
Sana18.04.2023
Hajmi19,83 Mb.
#929617
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   401
Bog'liq
Umumiy kimyo majmua (Biologiya) Kuryazov R 2018

Suvning ion ko’paytmasi. Distillangan toza suv elektr tokini qisman o’tkazadi. Demak, suv molekulalari, garchi juda oz bo’lsa-da, vodorod hamda gidroksil ionlariga dissotsilanadi:
H2O = H+ + OH
Suvning qaytar dissotsilanish protsessiga massalar ta’siri qonunini tatbiq etib, uni tegishli dissotsilanish konstantasi bilan xarakterlash mumkin:
(1)
Suvning dissotsilanish konstantasi qiymatidan ko’rinib turibdiki, suv juda kuchsiz elektrolit demak, H+ va OH ionlarining suvdagi konsentratsiyasi juda pastdir. Toza suvning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash asosida uning 1 litrida mol bo’lsa ham, faqat 10–7 moligina ionlarga ajralishi topilgan. Shuning uchun suvning dissotsilanmagan molekulalarining 55,56–10–7 molga teng konsentratsiyasi 55,56 molga teng deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, suvning disotsilanmagan qismining konsentratsiyasini o’zgarmas miqdor desa bo’ladi. Agar (1) tenglamani o’zgartirib yozsak,
[H+] · [OH] = KH2O · [H2O] (2)
tenglamaning o’ng qismida (2) ikkita o’zgarmas kattalikning ko’paytmasi turadi, bu ko’paytma ham o’zgarmas kattalikdir. Agar tenglama (2)ning o’ng tomoniga dissotsilanish konstantasi qiymatlarini hamda suvning konsentratsiyasini qo’ysak ko’paytma qiymatini aniqlash mumkin:
[H+] · [OH] = KH2O · [H2O] = 1,8·10–16 · 55,56 = 1 ·10–14 (3)
(3) tenglamadan ko’rinib turibdiki, suvda, shuningdek, har qanday elektrolitning eritmasida H+ va OH ionlarning konsentratsiyalari ko’paytmasi hamma vaqt 10–14 ga (22ºC ga teng). Bu o’zgarmas miqdor KC bilan belgilanib, suvning ion ko’paytmasi deyiladi.
[H+] · [OH] = KC = 10–14 (4)
Suvning dissotsilanishi endotermik protsessdir:
H2O ↔ H+ + OH– 13,7 kkal
Shuning uchun temperature ko’tarilishi bilan muvozanat ionlar hosil bo’lish tomoniga siljiydi, buning natijasida KC ortadi. Suvning ion ko’paytmasi qiymatiga temperaturaning ta’siri quyidagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdi:
0ºC da KC = 0,13 · 10–14
22ºC da KC = 1,00 · 10–14
50ºC da KC = 5,66 · 10–14
100ºC da KC = 74 · 10–14
Bir molekula suv dissotsilanganda bitta vodorod ioni va bitta gidroksil ioni hosil bo’ladi. Demak, toza suv uchun quyidagicha yozish mumkin.
[H+] = [OH] = = 10–7
H+ ionlari konsentratsiyasi OH ionlari konsentratsiyasiga teng bo’lgan eritmalar neytral eritmalar deyiladi. suvga qandaydir kislota qo’shilsa H+ ionlarining konsentratsiyasi ortadi va shunga muvofiq OH ionlarining konsentratsiyasi pasayadi. Demak, kislota eritmasida vodorod ionlarining konsentratsiyasi hamma vaqt gidroksil ionlarining konsentratsiyasidan katta bo’ladi. aksincha, suvga ishqor qo’shilsa, OH ionlarining konsentratsiyasi ortadi, buning natijasida H+ ionlarining konsentratsiyasi pasayadi. Shunday qilib, ishqoriy muhitda vodorod ionlarning konsentratsiyasi gidroksil ionlarining konsentratsiyasidan kam bo’ladi. Vodorod ionlarining konsentratsiyasi muhitning xususiyatini ko’rsatadi:
[H+] = [OH] = 10–7 neytral muhitda
[H+] >10–7 > [OH] kislotali muhitda
[H+] <10–7 < [OH] ishqoriy muhitda
Suvning ion ko’paytmasi qiymatidan foydalanib, OH ionlarning konsentratsiyasi ma’lum bo’lganda, H+ ionlarning konsentratsiyasini, H+ ionlarning konsentratsiyasi ma’lum bo’lganda esa OH ionlarning konsentratsiyasini hisoblab chiqish mumkin:

1-misol. OH ionlarning konsentratsiyasi 10–10 g-ion/l ga teng. H+ ionlarning konsentratsiyasini hisoblab toping.
g-ion/l
2-misol. Suvga kislota qo’shilganidan keyin H+ ionlarning konsentratsiyasi 1000 marta ortdi. Bunda OH ionlarning konsentratsiyasi qanchaga teng bo’lib qoladi?
Yechish. Neytral eritmada [H+] = [OH] = 10–7 g-ion/l; suvga kislota qo’shilgandan keyin [H+]=10–7·103=10–4 g-ion/l g-ion/l Masalani boshqacha yechish ham mumkin. H+ ionlarning konsentratsiyasi 1000 marta ortdi, demak, OH ionlarning konsentratsiyasi 1000 marta kamayadi:
[OH] = 10–7 1000 = 10–7·10–3 = 10–10 g-ion/l
Vodorod ko’rsatkich. Eritmaning kislotaliligi yoki ishqoriyligi manfiy darajali sonlar bilan tasvirlash juda noqulay. Shuning uchun eritmaning kislotaliligi yoki ishqoriyligini H+ ionlarning konsentratsiyasi bilan emas, balki uning teskari qiymati bilan olingan o’nli logarifmi bilan ifodalash qabul qilingan. Bu qiymat vodorod ko’rsatkich deyiladi va pH bilan belgilanadi.
pH = – lg [H+]
Neytral muhitda
[H+] = 10–7 g-ion/l, pH = –lg[H+]= –lg10–7 = 7.
Agar muhit kuchsiz kislotali va [H+], masalan, 10–6 g-ion/l bo’lsa,
pH = –lg[H+]= –lg10–6 = 6.
Kuchsiz ishqoriy muhitda [H+], masalan, 10–8g-ion/l bo’lsa,
pH = –lg[H+]= –lg10–8 = 8
Demak, kislotali muhitda pH < 7, ishqoriy muhitda pH > 7, neytral muhitda pH = 7, pH qancha kichik bo’lsa, H+ ionlarning konsentratsiyasi shuncha katta va eritmaning kislotaliligi shuncha kuchli bo’ladi. pH qancha katta, OH ionlarning konsentratsiyasi shuncha yuqori va eritmaning ishqoriyligi shuncha kuchli bo’ladi. H+ konsentratsiyasi 1g-ion/l dan yuqori bo’lgan eritmaning pHi manfiy qiymatga ega, H+ konsentratsiyasi 10–14 g-ion/l dan kichik bo’lgan eritmaning pHi esa 14 dan yuqori bo’ladi.
Vodorod ionlarning konsentratsiyasini bilgan holda, eritmaning pHini hisoblab topish va aksincha, eritmaning pHidan H+ ionlarning konsentratsiyasini oson aniqlash mumkin. Masalan,
[H+]=10–4 g-ion/l; pH= –lg[H+] = [H+]= –lg10–4 = 4
[H+]=10–11 g-ion/l; pH= –lg[H+] = [H+]= –lg10–11 = 11
Eritmaning pHi ma’lum bo’lsa, H+ ionlarning konsentratsiyasini hisoblab chiqarish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: pH= –lg[H+]. Faraz qilaylik, eritmaning pHi 8,8 ga teng bo’lsin. U holda
–lg[H+] = pH = 8,8; lg[H+] = –8,8 = (–9+02)
Antilogarifmlar jadvalidan quyidagini topamiz: [H+] = 1,58 ·10–9 g-ion/l
Har qanday eritmadagi H+ va OH ionlari konsentratsiyasi kabi har qanday eritmaning pH hamda pOH qiymatlari ham (pOH=–lg[OH]) bir-biriga bog’liq bo’ladi. [H+] · [OH] = KC = 10–14
Suvning ion ko’paytmasi tenglamasini logarifmlasak:
lg[H+] + lg[OH] = lgKC = lg10–14
Har qaysi qiymat oldiga manfiy ishora qo’yib chiqsak:
–lg[H+] – lg[OH] = –lgKC = – lg10–14 hosil bo’ladi.
lg[H+] = pH – lg[OH] = pOH ekanligini nazarda tutsak:
pH + pOH = –lgKC = 14 (22ºC da) bo’ladi.
Misol. [OH] = 10–5 g-ion/l bo’lgan eritmaning pHini hisoblab toping.
Yechish: pH + pOH = 14 formuladan foydalanamiz. Demak, pH =14 – pOH; ammo pOH= –lg[OH], u holda pH = 14 + lg[OH] = 14 + lg10–5 = 14 – 5 = 9
Eritmalardagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi ko’pchilik texnologik protesslar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ko’pgina ximiyaviy reaksiyalar pH qat’iy muayyan qiymatga ega bo’lgandagina boradi. Eritmada H+ va OH ionlarning ortiqcha bo’lisi reaksiyani tezlatib yoki susaytiribgina qolmasdan, balki uning yo’nalishini ham o’zgartirib yuboradi.

Download 19,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish