Elekton spektrlar atomlardagi kabi molekulalarda ham tashqi elektronlar yuqoriroq energetic pogʻonalarga oʻtishi mumkin.Molekulalarning spektrlari atomlarnikidan ikkita muhim jihatidan farqlanadi.Birinchidan,molekulalarda optic elektronlar atomlardagiga qaraganda boshqacha holatda boʻladi,chunki ayni shu elektronlar kimyoviy bogʻlanishni hosil qilishda ishtirok etadi.
Ikkinchidan,har bir electron pogʻona koʻp sonli oddiy pogʻonachalarga parchalanadi.Oddiy pogʻonachalar guruhiga bir xil electron holati, ammo molekula tebranma va aylanma harakatining turlicha energiyasi mos keladi.Elektronning oʻtishi ikkita oddiy pogʻonachalar orasida sodir boʻladi.Bu esa tebranish spektrlaridagi kabi chiziqlar hosil boʻlishiga olib keladi.Elektron spektrlardagi chiziqlar murakkabroq tebranma va aylanma tuzilishga ega boʻladi.
Ikkita bir xil yoki turlicha atom guruhlari kuchli oʻzaro ta’sirlashganida har bir guruhning darajalari oʻzgaradi va ularni oʻz darajalariga ega boʻlgan yangi murakkab guruh tarzida qarash kerak.Aloxida atom guruhlarining oʻzaro ta’siri ularning kimyoviy xossalarining oʻzgarishiga olib keladi.Ayni moddadagi alohida atom gruppalarining kimyoviy xossalari qancha kuchli oʻzgargan boʻlsa,ularning odatdagi spektrlari ham shuncha kuchli oʻzgargan boʻladi.Xromoforlarning spektrlaridagi chiziqlarning holati va intensivigi oʻzaro ta’sir boʻlmaganidagina doimiyligicha qoladi.
Bu jihatdan electron spektrlar ma’lum atom guruhlarini aniqlash uchun tebranma spektrlarga nisbatan noqulayroqdir.Elektron yutish chiziqlarining intensivligi odatda,tebranmalarnikiga nisbatan ancha katta boʻladi.
Yutish chiziqlarining intensivligianalitik maqsadlar uchun moddalarning ultrabinafsha, koʻrinuvchi va yaqin infraqizil sohalardagi yutish spektrlaridan keng foydalaniladi.Bu spektrlarning paydo boʻlishi electron va tebranma oʻtishlar bilan bogʻliq boʻladi.Odatda yutish spektrlari xona temperaturasida- barcha molekulalar qoʻzgʻatilmagan tebranma va electron holatda boʻladigan temperaturada olinadi.Shuning uchun fotonni yutish va qoʻzgʻatilgan holatga oʻtish ehtimoli faqat molekulaning xossalariga- dipole momentining qiymatlariga va tanlash qoidalariga rioy qilinishiga bogʻliq.
Bunday oʻtish qancha koʻp sodir boʻlsa ayni toʻlqin uzunligidagi nur shuncha kuchliroq yutiladi va yutilish intensivligi kattaroq boʻladi.
Nur dastasining intensivligi odatdagidek katta boʻlmaganida fotonlarni yutgan va qoʻzgʻtilgan holatdagi molekulalar soni juda kam boʻladi.Shu sababli namunadagi qoʻzgʻatilmagan molekulalar soni oʻzgarmay qoladi deyish mumkin.Bu faqat moddaning konsentratsiyasiga bogʻliq.Demak,yutish spektrlarida chiziqlarning intensivligi bilan analiz qilinayotgan moddaning konsentratsiyasi orasidagi bogʻliqlik nurlanish spektridagi chiziqlar intensivligining konsentrasiyaga bogʻliqligiga qaraganda ancha yaxshi ifodalangan va barqaror boʻladi , chunki yorugʻlikni yutuvchi qoʻzgʻatilmagan molekulalar soni faqat boshlangʻich namunadagi moddaning konsentratsiyasiga bogʻliq boʻladi.
Atom,ion yoki molekula nur kvantini yutib,yuqoriroq energetic holatga oʻtadi.Odatda bu asosiy, qoʻzgʻatilmagan pogʻonadan yuqoriroq pogʻonalardan biriga,koʻpincha,birinchi qoʻzgʻatilish pogʻonasiga oʻtishdir.Nurning modda qatlamidan oʻtishida yutilishi natijasida nurlanish intensivligi kamayadi va nur yutuvchi moddaning konsentratsiyasi qancha katta boʻlsa, intensivlik shunchalik kamayadi.