Hajmiy nisbatlar qonuni. Fransuz olimi Gey-Lyussak (1778-1850) ta’riflagan hajmiy nisbatlar qonuni atom massalar xaqidagi masalani yechishga katta yordam berdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari o’zaro va reaksiya natijasida hosil bo’ladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatida bo’ladi. Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori haroratda reaksiyaga kirishganda 2 hajm suv bug’i hosil bo’ladi. Albatta, bunday reaksiyada ishtirok etgan gazlarning hajmlari bir xil bosim va bir xil temperaturada o’lchanishi lozim.
Avogadro qonuni. Italiya olimi A.Avogadro 1811 yilda quyidagi gipotezani ilgari surdi: bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va barobar hajmda olingan turli gazlarning molekulalari soni o’zaro teng bo’ladi.
Avogadroning bu qonuni juda ko’p tajribalar yordamida tasdiqlandi va 1860 yildan boshlab qonun sifatida tan olindi. Avogadro qonunidan uchta xulosa chiqadi:
Oddiy gazlarning (kislorod, vodorod, azot, xlor) molekulalari ikki atomdan iborat.
Normal sharoitda bir molь gaz 22,4 l hajmni egallaydi.
Bir xil sharoitda teng hajmda olingan ikki gaz massasi orasidagi nisbat shu gazlarning molekulyar massasi orasidagi nisbatga teng.
Demak, normal sharoitda turli gazlarning 1 moli 22,4l ga teng hajmni egallaydi. Bu hajm gazning molyar hajmi deyiladi.
Gazning molyar hajmi – bu modda hajmning shu moddaning miqdoriga nisbatidir:
bunda Vm - gazning molyar hajmi (o’lchov birligi m3 / molь yoki l/ molь);
V – sistemadagi moddaning hajmi;
n – sistemadagi moddaning miqdori.
Bir gaz muayyan hajmi massasining xuddi shunday hajmdagi ikkinchi gaz (o’sha sharoitlarda olingan) massasiga nisbati birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi. (D harfi bilan belgilanadi):
bundan M1 = M2 . D
Odatda, gazning zichligi eng yengil gaz – vodorodga nisbatan aniqlanadi (DH2 bilan belgilanadi). Vodorodning molyar massasi 2,016 g/molь yoki taqriban 2 g/molь ga teng. SHu sababli quyidagini olamiz:
Moddaning gaz holatidagi molyar massasi uning vodorod bo’yicha zichligining ikkiga ko’paytirilganiga teng.
Ko’pincha gazning zichligi havoga nisbatan aniqlanadi. Havo gazlar aralashmasi bo’lsa ham har holda uning o’rtacha molekulyar massasi bor, deyiladi. Bu massa 29 g/molga teng. Bu holda molyar massa ushbu ifodadan aniqlanadi:
Agar gazlarning normal sharoitdagi hajmi ma’lum bo’lsa (Vo), uning miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |