Xund qoidasi. Yadro zaryadi ortishi bilan elektronlarning kvant yacheykalarni to’ldirish spin kvant soni yig’indisi qiymati maksimal bo’lish tartibida amalga oshiriladi.
SHu qoida 2p holatda elektronlarning joylanishida o’z aksini topgan.
Uglerodga ma’lum energiya berilsa u qo’zg’algan holatga o’tib uning valentligi 4 ga teng bo’ladi. Uning elekkron formulasi 1s22s12p3.
Azotning elektron formulasiga ko’ra 1s22s12p3.
Tashqi qavatdagi elektronlar uchun n=2,2,2; l=1,1,1; m=0, -1, +1 uchta qiymatga ega. Xund qoidasiga ko’ra uchala elektron uchun ham S= +1/2. CHunki elektron bulutlarning fazoviy holatlari uchta.
Azotdagi toq elektronlar soni 3 ta. Agar 2s va 2p –pog’onachalar hisobga olinsa eng ko’p valentlik imkoniyati 4 ga teng bo’ladi. SHuning uchun azotning valentligi 5 bo’lishi mumkin emas.
Kislorod quyidagicha elektron formulaga ega bo’lib 1s22s22p4. Kisloroddagi to’rtinchi elektron faqat spin kvant soni bilan farq qiladi. Kislorodda toq elektronlar soni ikkita, shuning uchun uning valentligi doimiy bo’lib ukkiga teng. 2-p holatdagi elektronlar uchun n= 2,2;2,2; l=1,1;11; m=0,0;+1,-1; s=+1/2,-1/2; +1/2;+1/2. Maksimal kovalentlik to’rtgacha boradi.
Atomning elektron pog’onasida joylashgan elektronlar soni quyidagicha topilishi mumkin:
Nn = 2n2
Birinchi energetik pog’onada 2 tagacha, ikkinchi energetik pog’onada 8 tagacha, uchinchi energetik pog’onada 18 tagacha, to’rtinchi energetik pog’onada 32 tagacha elektron bo’ladi.
l=0 s- pog’onachada N0=2(2•0+1) = 2
l=1 p- pog’onachada N1=2(2•1+1) = 6
l=2 d- pog’onachada N2=2(2•2+1) = 10
l=3 f- pog’onachada N3=2(2•3+1) = 14
Oxirgi elektroni tashqi pog’onaning s-pog’onasida joylashadigan elementlarni s-elementlar deyiladi. Ularga barcha davrlarning boshidagi 1- va 2- elementlari kiradi. Ularning umumiy soni 14 ta.
Uchinchi davr Na (z=11) boshlanadi. Na va Mg (z=12) s-elementlar.
Al dan boshlab p-pog’onacha to’la boshlaydi. p-pog’onachaning to’lishi inert gaz Ar(18) gacha davom etadi.
Oxirgi elektronlari tashqi pog’onaning p-pog’onachasida joylashadigan elementlarni p-elementlar deyiladi. Ularda 1-davrdan boshqa davrlarning oxirgi 6 tadan elementlari kiradi. Ularning soni 30 taga yetadi. Agar 2 va 3 davr elementlarining bir xil guruh elementlari solishtirilsa ularning elektron tuzilishlari o’xshash bo’ladi. Demak, elementlarning davriy jadvalda joylanishi ularning atomlarini elektron tuzilishiga mos keladi.
Argonda 3s va 3p energetik pog’onalar elektronlarga to’lgan, lekin 3d pog’ona bo’sh. To’rtinchi davr elementlari argondan keyin keladigan 19K va 20Sa da 3 energetik pog’onaning to’lishi vaqtinchalik to’xtaydi. d-pog’onacha o’rniga 4s qavatcha to’la boshlaydi. 4s pog’onadagi elektronlar 3d pog’onadagiga qaraganda kamroq energiya zahirasiga egadir. SHuning uchun ham K va Ca da tashqi elektron qavatlarning to’lishi atomning barqaror holatiga mos keladi. 4s pog’onadaga elektronlarni to’ldirish V.M.Klechkovskiy (1900-1972) qoidasiga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Bunda eng asosiy ko’rsatkich bosh (n) va orbital (l) kvant sonlar yig’indisi hisobga olinadi.
Klechkovskiyning 1 qoidasi. Atomning Yadro zaryadi ortishi bilan elektronlarni pog’onachalarga to’ldirish ketma-ketligi bosh va orbital kvant sonlar yig’indisi (n+l) ortib borish tartibida amalga oshiriladi.
Masalan, kaliy uchun 3d 4s 4p holatlar uchun shu qoida hisobga olinsa 3d holat uchun n=3, l=2, n+l=5. Agar 4s holat amalga oshirilsa n=4 l=0 n+l=4.
Agar 4p holat to’ldirilsa edi n=4, l=1, n+l=5. Klechkovskiy qoidasiga ko’ra 4s holat uchun n+l qiymat eng kichikligi ko’rinib turibdi.
21 element skandiy atomining tuzilishi qaralsa, bunda 3d, 4s, 4p pog’onachalar to’ldirilishi mumkinligi hisobga olinsa 3d uchun n=3 l=2 n+l=5. 4p pog’onachada bo’lsa n=4, l=1, n+l=5. Demak, n+l 3d holatda ham va 4p holatda ham bir xil qiymatga ega bo’lib qoldi.
Elektron orbitalarda n qiymati qancha katta bo’lsa elektronning energiyasi shuncha yuqori bo’ladi. Kvant yacheykalarni elektronlar bilan to’ldirish Klechkovckiyni ikkinchi qoidasiga ko’ra olib boriladi.
Klechkovckiyni 2 qoidasi. Atomning Yadro zaryadi ortishi bilan bosh va orbital kvant sonlari yig’indisi bir xil bo’lganda (n+l) elektronlarni pog’onachalarga to’ldirish bosh kvant sonining qiymati ortib borish tartibida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |