Boyl-Mariott qonuni: berilgan miqdordagi gazning o’zgarmas temperaturadagi hajmi shu gazning bosimiga teskari proporsionaldir.
Gey-Lyussak qonuni: o’zgarmas hajmda gazning bosimi uning mutloq haroratiga to’g’ri proporsional.
.
bu yerda: T – temperatura, K (Kelvin) hisobida.
Sharl qonuni: o’zgarmas bosimda gazning hajmi uning mutloq haroratiga to’g’ri proporsional.
.
Gazning bosimi, hajmi va harorati orasidagi bog’lanish ideal gazning holat tenglamasi yoki Klapeyron tenglamasi bilan ifodalanadi:
Fizikada gazning normal holati deb, uning T = 273K va R = 101,325 kPa bosimdagi holati qabul qilingan.
Gazning hajmini normal sharoitga keltirish uchun yuqoridagi formuladan kelib chiqadigan tenglamadan foydalaniladi:
V0 =
Agar gazning massasi yoki miqdori ma’lum bo’lib, uning hajmini hisoblab topish zarur bo’lsa, u holda Mendeleev-Klapeyron tenglamasidan foydalaniladi:
PV = nRT
PV =
bu yerda n - gazning mollar soni, m - massasi (r), M - gazning molyar massasi (g/molь), R - universal gaz doimiysi. R = 8,31 J/molь
Atom yadrosining kashf qilinishi.
Fanga uzoq vaqt “atomlar bo’linmasdir” degan fikr hukm surgan. Atomlar mayda qismlarga bo’linmaydi deb hisoblangan. Ayni element boshqa elementlarga aylanmaydi deb qaralgan.
Lekin X1X asr boshlarida ingliz fizigi J.Tomson atomning eng kichik bo’lagi elektronni topdi. Elektron atomning eng kichik zarrachasi bo’lib u manfiy zaryadga ega.uning massasi 9,1095 10-28 g ga teng. Uning massasi vodorod atomining massasidan 1843 marta kichik. Elektronning zaryadi -1. Elektronlar manfiy zaryadlangan atomlar esa elektroneytral. Demak, atomlarda musbat zaryadlangan zarrachalar ham bor. Atom elektroneytral sharsimon zarracha bo’lib, markazida musbat zaryadlangan Yadro, atrofida esa manfiy zaryadlangan elektronlar joylashgan. (1 rasm). Atom Yadrosi proton va neytronlardan tashkil topgan (faqat protiygina o’z Yadrosida neytron saqlamaydi).
1-rasm. Atomning umumiy ko’rinishi.
Atomlar yana ham kichik zarrachalardan iborat ekanligi radioaktivlik hodisasi ochilgandan so’ng aniqlandi. Radioaktivlik hodisasi 1896-yilda fransuz olimi Anri Bekkerel tomonidan ochildi. U uran va uning birikmalarini ko’zga ko’rinmas nurlar tarqatishini aniqladi.
Hozirgi paytda uch xil radioaktiv nurlar borligi aniqlangan. Bular α-, β- va γ- nurlardir. Bu nurlar magnit maydoni ta’sirida 3 qismga ajraladi.
α-nurlar magnit maydonida manfiy plastinkaga qarab og’adi, demak ular musbat zaryadlangan. Har qaysi α- zarracha geliy atomlaridan 2 ta elektron yo’qolishidan hosil bo’lishi aniqlangan. SHuning uchun ularning zaryadi +2 atom massa geliyning atom massasiga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |