Suyuq eritmalar va qutbli molekulalarning ahamiyati.
Suv barchaga yaxshi ma’lum bo’lgan erituvchi, lekin undan tashqari juda ko’p erituvchilar ma’lum va qutblanuvchanligi qarab qutblidan tortib qutbsiz gacha. Erituvchi bilan eritilayotgan moddalar ichki kuchlari o’zaro mos (o’xshash) bo’lsa ular bir-biri bilan kuchlarni almashadi.masalan:
Tuzlar suvda eriydi, chunki ion va suv orasidagi kuchli ion-dipol tortishuvlari, suv molekulalari orasidagi kuchli vodorod bog’lanishga o’xshaydi, bu kuchlar esa bir-birini o’rnini bosa oladi.
Tuzlar geksanda erimaydi ionlar va qutbsiz geksan molekulalari orasidagi kuchsiz ion-induksilangan dipol kuchlar ionlar orasidagi o’zaro tortishuv kuchini o’rnini bosolmaydi.
Moy (neft) suvda erimaydi chunki neft va suv molekulalari orasidagi kuchsiz dipol-induksion dipol kuchlar suv molekulalari orasidagi mustahkam vodorod bog’lanishni qolaversa moy (neft) molekulalari orasidagi keng dispersion kuchlarni o’rnini bosolmaydi.
Moy (neft) geksanda eriydi. CHunki birining dispers kuchlari ikkinchisining dispers kuchini almashinishi oson kechadi.
Eritmalar konsentrasiyasi
Eritmaning yoki erituvchining hajm yoki massa birligida erigan modda miqdoriga konsentrasiya deb ataladi. Eritmada erigan modda miqdori ko’p bo’lsa, bunday eritma konsentrlangan, oz bo’lsa, suyultirilgan eritma hisoblanadi. Konsentrasiyani ifodalashning bir necha usullari mavjud.
Erigan modda massasining eritmaning umumiy massasiga nisbati erigan moddaning massa ulushini ko’rsatadi.
W - erigan moddaning massa ulushi; C,% erigan moddaning % lardagi massa ulushi;
m 1 - erigan modda massasi, g; m 2 - eritmaning massasi, g;
m 0 - erituvchining massasi, g.
Bir litr eritmada erigan modda miqdoriga molyar konsentrasiya deyiladi.
Cm - molyar konsentrasiya; m - erigan modda massasi, g; M - erigan modda molyar massasi, g/molь; n - erigan modda miqdori, molь.
0,5 M NaOH – bu ifoda molyar konsentrasiyasi 0,5 molь/l bo’lgan natriy gidroksid eritmasi ekanligini bildiradi.
3. Bir kilogramm erituvchida erigan modda miqdoriga molьyal konsentrasiyani ifodalaydi:
C - molьyal konsentrasiya, molь/kg; m - erigan modda massasi, g; M - erigan modda molyar massasi, g/molь; g - erituvchi massasi, g.
4. Bir litr eritmada erigan modda ekvivalent miqdoriga normal (ekvivalentning molyar) konsentrasiya deyiladi:
Cn – erigan moddaning normal konsentrasiyasi yoki ekvivalentning molyar konsentrasiyasi; E - erigan moddaning ekvivalent massasi, g/molь.
0,5 n H 2SO4 - bu ibora bir litrda 0,5 ekvivalent miqdor (24,5g) H2SO4 bo’lgan eritmani ifodalaydi.
5. Erigan moddaning molyar ulushi deb, erigan modda miqdorining eritmadagi barcha moddalar miqdorlari yig’indisiga nisbatiga aytiladi. Molyar ulush quyidagicha aniqlanadi:
N-erigan modda molyar ulushi; N0 - erituvchining molyar ulushi;
n-erigan modda miqdori, molь; n o - erituvchi miqdori, molь.
6. Bir millilitr eritmada erigan modda milligrammlar soniga titr deyiladi:
eritmaning hajmi, zichligi va massasi quyidagicha o’zaro bog’liq:
m - eritma massasi, g; V - eritma hajmi, ml; ρ - eritma zichligi, g/ml.
Agar eritmaning zichligi, massa ulushi ma’lum bo’lsa, uning konsentrasiyalarini quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |