Gaz eritmalar va qattiq eritmalar Gaz eritmalar va qattiq eritmalar ham hayotda mihim ahamiyatga ega va ko’plab qo’llaniladi.
Gaz-gaz eritmalarda har bir gaz boshqa gazlar bilan aralashgan holatda bo’ladi.havo gaz eritmaga klassik misol bo’ladi, havoda tahminan 18 xil gazlar tirli xil proporsiyada aralashgan bo’ladi.
Gaz-qattiq eritmalar – gaz modda qattiq moddada eriganda hosil bo’ladi. Vodorod gazini palladiydan o’tkazib tozalash mumkin. Faqat vodorod atomlarining o’lchami (kichikligi) palladiy bilan Pb-H bog’ini hosil qilish uchun mos tushadi. Vodorod atomlari palladiy atomlari orasidan o’tib so’ngra vodorod molekulasini hosil qiladi.
Qattiq-qattiq eritmalar. Qattiq moddalar o’zaro oz miqdorda aralashadi va ular geterogen eritmalar hosil qiladi. Ba’zi qattiq-qattiq eritmalar qattiq modda eritilib so’ng ularni aralashtirib muzlatilganda ham hosil bo’lishi mumkin. Ko’pgina arlashmalar va qotishmalar metallik xossasiga ega bo’ladi. Barchaga tanish bo’lgan latun qotishmasi rux va mis aralashmalaridan iborat.
Gazlarning eritmalari. Erigan modda va erituvchi ham gaz bo’lgan aralashma sifatida havoni olish mumkin. Havo tarkibida hajm jihatidan 78% azot, 20-21% kislorod, qolgan qo’shimchalar uglerod (IV) oksidi, suv bug’i va boshqalar bo’lishi mumkin. Gazlar aralashmasining umumiy bosimi ularning parsial bosimi deyiladi. Umumiy parsial bosim tashkil etuvchilarning parsial bosimlari yig’indisiga teng bo’ladi.
Harorat ko’tarilshi bilan gazlarning eruvchanligi kamayadi, chunki gazlraning erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Gazlar eruvchanligining bosimga bog’liqligi Genri qonuni bilan ifodalanadi:
O’zgarmas haroratda gazlarning eruvchanligi uning bosimiga to’g’ri proporsional.
C - gazning eruvchanligi; k- Genri doimiysi; R - gazning bosimi.
Genri-Dalьton qonuni. Agar biror suyuqlikda gazlarning aralashmasi erisa, har bir alohida gazning eruvchanligi shu gazning parsial bosimiga to’g’ri proporsional.
Genri qonuni uncha yuqori bo’lmagan bosimda va konsentrasiyada o’rinli bo’lib erituvchi va erigan moddaning orasida o’zaro ta’sir ro’y bermaydi deb hisoblanadi.
Suyuq eritmalar. Suyuq eritmalar odatdagi suyuqliklarga o’xshash o’ziga xos strukturaga ega. Suyultirilgan eritmalarning xossalari erituvchinikiga o’xshab ketsa, konsentrlangan eritmalarning xossalari erigan moddaga o’xshab ketishi aniqlangan.
Suyuq moddalarning suvda eruvchanligi turlicha. Ba’zi suyuqliklar masalan: spirt, glisirin suvda cheksiz eriydi. Ba’zilari esa ma’lum miqdorda eriydi. Masalan - fenol sovuq suvda oz eriydi. Harorat ko’tarilganda uning eruvchanligi ortadi. 66,45o S dan yuqori haroratda esa uning eruvchanligi cheksiz bo’ladi. Bu haroratni kritik erish harorati deyiladi.
Qattiq va suyuq moddalarning eruvchanligiga bosim ta’sir etmaydi, chunki ularning hajmi bosim ta’sirida deyarli o’zgarmaydi.