Ion bog’lanish
Ishqoriy metallar bilan galogenlar qarama — qarshi xossali elementlar bo'lganligidan, ular reaksiyaga oson kirishadi. Reaksiya paytida ulaming ikkalasi ham mustahkam sirtqi qavat hosil qiladi, ammo ularning biri musbat, boshqasi esa manfiy ion holiga o'tganidan o'zaro elektrostatik tortishib turadi. Elektromanfiyliklari orasida tafovut katta bo'lganda elementlar bir-biri bilan shunday ion bog'lanishlar hosil qiladi. Masalan, Na+Cl=NaCl, ya'ni Na++Cl-=NaCl yoki
Bunday ion bog’lanishlarga, ba'zan elektrovalent, ba'zan esa geteroqutbli (ko'p qutbli) bog'lanishlar deb ham ataladi. Xuddi shunday bog'lanish Ca bilan Cl, K bilan Cl orasida ham bo'ladi (boshqa misollarni ham keltirish mumkin). Bunday bog'lanish natijasida hosil bo’lgan moddalar ion kristall moddalar bo’lib ular molekulalar holida bo’lmasa ham shartli ravishda NaCl, KCl, KBr, KF va hokazo tarzda yoziladi. Aslida ular kristall holida ham suyuqlangan, suvdagi eritmada va bug' holida ham ionlardan iborat, ya'ni, masalan: K+ va Cl-, Na+ va Cl - holida bo'ladi.
Vodorod bog’lanish
Bunday bog'lanish ikkinchi darajali bog'lanish bo'lib, vodorod vositasida bo’lganidan shunday deb ataladi. Ma'lumki vodorodning ioni faqat yadrodan iborat bo'lib, u esa 1ta protondir. Boshqa elementlarning ionlari bir yoki undan ortiq elektronlar yo'qotgan bo'lsa ham, ularning yadrolari atrofida yana elektronlar qolgan bo'ladi. Shu sababli vodorod ioni boshqa elementlarning ionlaridan ancha kichikroqdir. Vodorod ioni juda kichik bo’lganidan va elektronlari bo’lmaganligidan, uni ma’lum sharoitda boshqa elementlarning atomlari yoki ionlari o'ziga tortadi va ba'zan hatto biriktirib ham oladi. Masalan, vodorod ioni suv molekulasiga oson birikadi:
H2O + H+ = H3O+
ya'ni gidroksoniy ionini hosil qiladi. Vodorodning juda faol metalloidlar bilan (masalan, F2O) va hokazo) hosil qilgan birikmalarida vodorod bog'lanish kuchli bo'ladi. HF yoki O) da elektron juftlari F ga O ga tomon ancha siljigan. Shu sababli vodorodni uzoqda qolgan yadrosi erkin H kabi boshqa elementlarning elektron qavatlariga tortiladi va hatto birikadi. Bunda vodorod bog'lanishni go'yoki vodorodning ikkinchi valentligini namoyish qilishi deb qarasa bo'ladi.
Shu sababli vodorod bog’lanishlar tufayli suv va ko’pchilik organik birikmalarning molekulalari orasida assotsiatsiyalanish bo'ladi. Lekin bu bog'lanishning energiyasi unchalik katta emas. Masalan, kimyoviy bog’lanishlarning asosiy turlarini mustahkamligi 84-1042 kJ/mol bo’lsa, vodorod bog’lanishniki 21-42 kJ/mol.
Do'stlaringiz bilan baham: |