Kovalent bog’ning yo’naluvchanligi.
Kovalent bog’lanish fazoda yo’naluvchanlik xususiyatiga ega. Bu yo’naluvchanlik molekuladagi bo’lakni hosil qilib turgan elektron bulutlarning fazoda bir – biridan o’zaro itarilishi tufayli vujudga keladi. Bog’larni hosil qilib turgan elektron bulutlar bir-biridan itarilishi natijasida o’zaro maksimal uzoqlikda joylashishga intiladilar. Darhaqiqat, ikkita electron juftni chiziqsimon, uchta elektron juftni bir-biridan 1200 burchak ostida, to’rtta elektron juftni esa tetraedr ko’rinishida joylashtirilsagina, bu elektron juftlar o’zaro maksimal uzoqlikda joylashadilar va sistema, ya’ni molekula barqaror bo’ladi.
Kovalent bog’ xarakteristikasi.
Kovalent bog’ xarakteristikasiga bog’ energiyasi, uzunligi, qutbligi, qutblanuvchanligi, to’yinuvchanligi va fazoda yo’naluvchanligi kabi kattaliklar kiradi. Kovalent bog’ energiyasi, uzunligi, qutblanuvchanligi additiv kattaliklar hisoblanadi. Biron sistemaning xossasini shu sistemani tashkil etuvchi elementlar xossalarini to’g’ridan – to’g’ri bir – biriga qo’shish bilan aniqlanishi additivlik deyiladi. Molekuladagi atomlarning o’zaro ta’siri bir xil bo’lganda kovalent bog’ning ko’pchilik xossalari uzunligi, energiyasi, qutbligi, qutblanuvchanligi additiv kattaliklardir.
Kimyoviy bog’ energiyasi.
Bog’ energiyasi uning mustahkamligini bildiradi. Kimyoviy bog’ hosil bo’lganda energiya ajralib chiqadi, ya’ni bog’ hosil bo’lishi sistema energiyasining kamayishi bilan sodir bo’ladi. Bog’ hosil bo’lganda qancha energiya ajralib chiqsa, shu bog’ni uzish uchun ham shuncha energiya sarflanadi. Shuning uchun bog’ energiyasi deganda shu bog’ni uzish uchun kerak bo’lgan energiya miqdori tushuniladi. Bu energiya kj/mol yoki kkal/mollarda ifodalanadi.
Kovalent bog’ uzunligi.
Molekulani tashkil etuvchi atomlar yadrolari orasidagi masofani bog’ uzunligi deyiladi va u nanometer (nm) da ifodalanadi (1nm=10Å=10–7sm). Agar ikkita bir xil atom o’zaro birikib bog’ hosil qilgan bo’lsa, bog’ning uzunligi shu atomlar radiuslarining yig’indisiga teng deb qabul qilish mumkin. Lekin bir xil atomlardan molekula hosil bo’lganda
atomlar A sxemadagidek yaqinlashib birika olmaydi, ya’ni atomlar bir – biriga tegib turmaydi. Chunki atomlar yadrolari bir – biridan itariladi. Itarilish kuchi elektron – yadro tortilish kuchlariga teng bo’lib, muvozanat holatida yadrolar orasidagi masofa o’zgarmaydi.
Kovalent bog’ uchun qutblanuvchanlik xususiyati bor. Biror qutbli molekula elektr maydoniga kiritilsa, molekuladagi musbat zaryadlar (yadrolar) elektr maydonining mangiy qutbi tomon, manfiy zaryadlar (elektronlar) esa musbat qutbi tomon siljiydi va azaldan qutbli molekulaning qutbliligi ortadi hamda molekula biroz cho’ziladi.
Qutbsiz kovalent bog’li molekula elektr maydoniga kiritilganda ham molekula qutblanishi mumkin. Bunda qutbsiz molekuladagi elektronlar elektr maydonining musbat qutbiga, yadrolar esa manfiy qutbiga tomon siljiydi.
Kovalent bog’ uchun to’yinuvchanlik xususiyati bor. Bu uning eng muhim xususiyatlaridan biri sanaladi. H2 molekulaga uchinchi vodorod atomi yaqinlashib, H3 ni hosil qila olmaydi. Chunki bu uchinchi vodorod atomining spini 1H ↑↓ 2H yo birinchi yo ikkinchi vodorod atominiki bir xil bo’ladi va ular bir – biridan itariladi, ya’ni H3 hosil bo’lmaydi.
Kovalent bog’ fazoda yo’naluvchanlik xususiyatiga ega, ya’ni kovalent bog’ni hosil qilib turgan atomning valentliklari muayyan yo’nalishlarda “mahkamlangan” . Bunga sabab molekuladagi bog’larni hosil qilib turgan elektron juftlar bir- biridan itarilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |