Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bolib, umumiy hajmi 23 betni tashkil qiladi.
Oltingugurt, uning birikmalari
XIX asrning oxirlarigacha ham odamlar xonalarni dezinfeksiya qilish uchun oltingugurtning shunday qumoqlarini tutatib yoqishar edi. Oltingugurt yonish jarayonida zangori va shitirlab ovoz chiqaruvchi olov hosil boladi. Bu jarayonda oltingugurt havodagi kislorod bilan birika boshlaydi va oltingugurt dioksidi (SO2) hosil qiladi.
Oltingugurt dioksidi nomidan ham ma'lumki, bitta oltingugurt atomi va ikkita kislorod atomidan iborat boladi. U keskin otkir hidli, boguvchi gaz boladi. Xonani dezinfeksiya qilish uchun oltingugurt qumoqlari tutatilganda, xonani albatta oltingugurt dioksidining mazkur otkir noxush hidi qamrab olardi va u odamlarga juda yomon ta'sir qilardi. Lekin, osha zamonlarda odamlar shunga chidashga majbur edilar. Chunki, ulardan kasallar yotgan xonani zararsizlantirish uchun boshqa samaraliroq usul bolmagan. Oltingugurt dioksidi qanchalik sassiq bolmasin, lekin, sof holdagi oltingugurt ozi hidga ega emas.
Oltingugurt dioksidi odatda oltingugurt yonganda, yoki eriganda hosil boladi. Oltingugurtni har doim ham odamlar ozi ataylab yoqishmaydi. Yuqorida, Yer qa'rida oltingugurt miqdori anchagina kop ekanini eslab otgandik. osha chuqur yer qatlamlarida toplanib qolgan oltingugurt konlari yaqinida Yer mantiyasining tektonik faolligi yuzaga kelsa, ya'ni, vulqonlarning ildiziga yaqin joylarda katta oltingugurt miqdorlari mavjud bolsa, vulqon faolligi yuzaga kelgan paytlarda oltingugurt dioksidi yer qa'ridan ham atmosferaga kotarila boshlaydi. Masalan, Sitsiliya orolidagi vulqonlar yaqinida oltingugurt dioksidining otkir hidini darhol payqash mumkin.
Oltingugurt dioksididan tashqari oltingugurtning yana boshqa koplab birikmalari mavjudki, ular ham hidining xushboyligi bilan maqtana olmaydi. Oltingugurtning deyarli barcha birikmalari qandaydir sassiq, qolansa hidga ega boladi, yoki, umuman hidsiz boladi. Kopchilikka yoqmaydigan sarimsoqpiyozning hidi, yoki, oddiy piyozning hidi ham, uning tarkibidagi oltingugurt moddasi bilan bogliq boladi. Shuningdek, xantal va rediskaning hidi ham undagi oltingugurt moddasi bilan bogliq boladi.
Qolansa hidli va tarkibida oltingugurt tutadigan moddalar umumiy tarzda merkaptanlar deyiladi. Birinchi jahon urushi paytida tomonlar bir-biriga nisbatan qollagan eng zaharli gazlardan biri xantal gazi deb atalgan. Aslida-ku, bu gaz ham emas, balki uchuvchan suyuqlik bolib, hidi sarimsoqpiyozning ota qolansa hidiga oxshash bolgan.
Oltingugurt hayot uchun goyat zarur bolgan vitaminlar tarkibida, shuningdek, penitsillinda, sulfanilamid preparatlarida, hamda, maishiy turmushda ishlatiladigan boyoq moddalar tarkibida boladi. Shuningdek, barcha turdagi tirik toqimalarda albatta oltingugurt birikmalari mavjud boladi.
Terida, soch tolalarida va qushlarning patida oltingugurt birikmalari kop boladi. Siz soyilgan tovuq, ordak, yoki goz patini kuydirib tozalash jarayonini korgan bolsangiz kerak. Osha kuydirish jarayonida atrofga tarqaladigan hid aynan patlardagi oltingugurt birikmalaridan taraladi. Soch kuyganda ham shunga oxshash hid chiqadi va u hid ham sochdagi oltingugurt birikmalari tufayli yuzaga keladi.
Tuxum ham tarkiban oltingugurt va uning birikmalariga boy boladi. Tuxum eskirgani sari undagi mazkur oltingugurt birikmalari nisbatan sodda molekulalarga parchalandi. Shu jarayonda, tarkibi bir atom oltingugurt va ikki atom vodoroddan iborat serovodorod moddasi hosil boladi. Serovodorod - aynigan tuxumga shunday qolansa hid beradigan birikmadir. Ya'ni, palagda bolgan tuxumning hidi aynan serovodorod tufayli yuzaga keladi.
Hidi ora qolansa va chidab bolmas darajada sassiq bolishiga qaramay, serovodorod birmuncha foydali kimyoviy modda sanaladi. U bilan ishlashda oson bolishi uchun kimyogarlar serovodorodni suvda eritishadi.
Suvda erigan serovodorod boshqa koplab atomlar bilan birikishi mumkin va bunday birikish jarayonidan sulfidlar deb ataluvchi alohida turkum kimyoviy moddalar hosil boladi. Sulfidlarning turli xillari mavjud bolib, ularning ozini tutishi ham turli-tumandir. Ulardan ayrimlari oddiy suvda ham erishi mumkin; boshqalarini eritish uchun esa kuchli yoki kuchsiz kislotalar zarur boladi. Kimyogarlar notanish muayyan moddaning nimadan tarkib topganini aniqlash uchun, unga serovodorod bilan ta'sir korsatib korishadi. Bunda, serovodorod bilan ta'sir korsatilgach Sulfidlarning ozini qanday tutishini kuzatiladi. Bu kimyoviy tahlil usullari ichida keng tarqalgan usullardan biri sanaladi.
Tabiiy gaz quvurlari orqali xonadonlarimizga yetib keladigan metan gazi - CH4 aslida hidsiz gaz boladi. Shu sababli, sof metanni qanday konsentratsiyada bolmasin, odam burni seza olmaydi. Agar sof metan xonada yigilib qolsa, arzimagan uchqundan ham birdaniga alanga oladi va katta yongin, yoki, portlash kelib chiqishi mumkin. Shunday falokat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, tabiiy gazni aholiga yetkazib berishdan avval unga ataylab oltingugurt birikmalari, ya'ni, merkaptanlar qoshiladi. Merkaptan qoshilgan gaz hidini esa, u sizib chiqishni boshlagan zahotiyoq sezish mumkin.
Oltingugurt insonga naf keltiradigan sohalardan yana biri - rezina ishlab chiqarish sohasidir. Qisqa qilib aytganda, oltingugurt bolmasa, rezina ishlab chiqarishning ham imkoni yoq.
Rezina qatlami qollash orqali kiyim-boshni suv otkazmaydigan qilish goyasini ilk bora amaliy sinab korgan shaxs - Shotlandiyalik chevar Charlz Makintosh boladi. Hozirgi kunda ham, yomgir otkazmaydigan plash kiyimlarini makintosh deyiladi. Suv otkazmaydigan va shu sababli, kuchli yomgirda ham bemalol kiyib yurish mumkin bolgan dastlabki kiyimlar unchalik ham qulay bolmagan. Chunki, issiq haroratda kiyim ustidagi rezina qoplamasi yopishqoq bolib qolardi va asabga tegardi. Sovuq haroratda esa rezinali kiyim qattiq bolib, dagal va qopol buyumga aylanardi.
1839-yilda AQSHlik Charlz Gudir tasodifan, oltingugurt va rezina aralashmasini qizib turgan tancha ustiga tokib yuboradi. U tokilib ketgan mazkur aralashmani sidirib olar ekan, rezina avvalgidan kora yanada elastik bolib qolgani, boz ustiga, hamon ozining suv shimmaslik xususiyatini saqlab qolganini payqadi. Shu tarzda, Charlz Gudir biz hozirda vulkanizatsiya deb ataydigan jarayonni kashf qilgan edi.
Oltingugurtni selitraga va uglerodga qoshib ishlov berish bilan porox tayyorlanadi. Albatta, oltingugurtni qollash sohalari ichida bu eng bolmagur soha bolishi mumkin fikrimcha.
Oltingugurt dioksidi shuningdek qogoz sanoatida ham keng qollaniladi. Yogochning qogoz uchun eng zarur qismi bu uning sellulozasi boladi. Daraxt sellulozasi, uning tanasini tashkil qiluvchi tolalarda jamlangan bolib, ushbu tolalar esa ozaro bir-biri bilan lignin moddasi orqali birikkan (yelimlangan) boladi. Oltingugurt eritmasining suvdagi eritmasi, yoki, sulfit yogoch qirindilari massasiga aralashtirilsa, u osha ligninni eritib yuboradi va sellulozani alohida ajratib olish imkonini beradi.
Oltingugurt dioksidi molekulasi oziga uchinchi bir kislorod atomini ham biriktirib olishi mumkin. Bu holda endi oltingugurtning trioksidi (SO3) hosil boladi. Oltingugurt trioksidini shuningdek oltingugurt gazi ham deyiladi. Oltingugurt gazi suvda oson va yaxshi eriydi. Uning suvda erishi jarayonida mazkur gaz molekulasiga suv molekulasi ham birika boshlaydi va natijada oltingugurt kislotasi hosil boladi. Oltingugurt kislotasining molekulasi yettita atomdan iborat boladi: bitta oltingugurt, ikkita vodorod va tortta kislorod atomlari (H2SO4).
Oltingugurt kislotasi kuchli kislota bolishi bilan birga, arzonligi evaziga ham eng kop ishlatiladigan kislotalar qatorida yetakchilik qiladi. Statistiklar biror davlatning sanoat qudratini baholash uchun, uning yiliga necha tonna oltingugurt kislotasi iste'mol qilayotganiga e'tibor qaratish yetarli boladi deb ham hisoblaydilar. Oltingugurt kislotasi molekulalari suv molekulalari bilan oson birikadi va ushbu jarayonda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Lekin, mazkur jarayon birmuncha xatarlidir. Chunki, oltingugurt kislotasini suv bilan aralashtirish jarayonini haddan tashqari tezlashtirib yuborilsa, reaksiya ota shiddatli tus olishi va ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori keskin ortib ketishi mumkin. Bu esa, atrofga kuchli oltingugurt kislotasini sochib yuborishga moyil bolgan qaynash va toshish jarayonini keltirib chiqaradi. Oltingugurt kislotasi esa, kuchli kislota bolgan uchun, odam tanasiga tushsa, kuchli kimyoviy kuyishni keltirib chiqaradi.
U metallarni tozalashdan boshlab, yoqilgini tozalashda, otkazgich simlar ishlab chiqarishda, hamda, kimyo sanoatining deyarli barcha yonalishlarida juda keng ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |