Cu+2 birikmalari. Mis (II) oksid, qora rangli amorf modda. Gazlarni adsorbsiya qila oladi.
Mis (II)-oksidi misning kislorod bilan ta’siridan olinadi:
2Cu + 02 = 2CuO
Yuqori haroratda u parchalanib mis(I) oksidini hosil qiladi:
4CuO = 2Cu20 + 02
Mis (II) oksidni vodorod bilan qaytarilsa misga aylanadi:
H2 + CuO = Cu + H20
CuO konsentrlangan ishqorlarda eriydi, lekin kislotalarda ham oson eriydi:
CuO + 2NaOH = Na2Cu02 + H20
CuO + 2HCl = CuCl2 + H20
Mis (II) oksidini quyidagi usullarda ham olish mumkin:
CuC03 = CuO + C02
Cu(OH)2 = CuO + H20
Mis (II)-gidroksid ammiak eritmasida oson erib ammiakatlar hosil qiladi:
Cu(OH)2 + 4NH4OH = [Cu(NH3)4](OH)2 + 4H20
Bu reaksiyada ko‘k rangli tetraaminmis (II)-gidroksid olish mumkin.
Mis (II) gidroksidi mis sulfatga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi:
CuS04 + 2NaOH = Cu(OH)2 + Na2S04
Misning (II) birikmalari ko‘pdan ko‘p kompleks birikmalar hosil qiladi:
CuCl2 + 4NH3 = [Cu(NH3)4]Cl2
Agar yangi olingan Cu(OH)2 ga kosentrlangan ishqorlar qo‘shilsa ko‘k rangli gidroksokupratlar hosil b o ‘ladi:
Cu(OH)2 + 2NaOH = Na2[Cu(OH)4]
Hosil bo‘lgan gidroksokupratlar oson parchalanadi va beqarordir. Mis (II)-galogenidlari kislotalar eritmalarida galogen kupratlar hosil qiladi:
CuCl2 + HCl = H[CuCl3]
CuCl2 + 2HCl=H2[CuCl4]
Mis (II) ning sianidlari va rodanidlari beqaror, lekin sianidli komplekslar ancha barqaror hisoblanadi:
CuS04 + 2KCN = Cu(CN)2 + K2S04
2Cu(CN)2 = 2CuCN + (CN)2
Cu(CN)2 + 2KCN = K2[Cu(CN)4]
Kaliy tetrasianokuprat ancha barqaror kompleks hisoblanadi.
Mis (II) sulfat CuS04 suvsiz holatda oq kukun. Suvdagi eritmalar, ko‘kish-havo rangli. Bunday rang eritmadagi [Cu(H20)4]2+ borligini ko‘rsatadi. CuS04 • 5H20 mis kuporosi deyiladi.
Mis (II) nitrati — Cu(N03)2 • 3H20 misning nitrat kislota bilan ta’siridan olinadi. Qizdirilsa, suvini yo‘qotib parchalanadi va azot (IV) oksid va kislorod hosil qiladi:
2Cu(N03)2 = 2CuO + 4N02 + 02
Mis (II) asetati — Cu(CH3COO)2 • H20 — mis yoki uning oksidini sirka kislotada erishidan hosil bo'ladi.
Mis (II) xlorid to‘q ko‘k rangli kristallar hosil qiladi. Suyultirilgan eritmalar yashil rangga, konsentrlangan eritmalari to ‘q ko‘k rangga ega.
Misning oksidlanish darajasi +3 boigan birikmalari. Tarkibida ftor tutgan birikmalar olingan: K3[CuF6],