Keys-stadi ta’lim metodi sifatida quyidagi didaktik o’ziga xos xususiyatlarga ega:
Keysda taqdim etilgan aniq vaziyat ta’limning voqelik bilan o’zaro aloqasini ta’minlaydi, chunki u kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun tipik muammolarni aks ettiradi. Bunda o’rganish jarayoni o’z mohiyatiga ko’ra, real hayotdagi yechim qabul qilish mexanizmini ifodalaydi.
Keys undan foydalanuvchiga muammolarni tahlil etish, bir xillashtirish va hal qilish yo’llarini izlashda erkinlik beradi.
Keysni ko’rib chiqishda tinglovchilar ta’lim jarayonining tashkilotchilariga aylanadilar va bir-birlari bilan o’zaro bahamjihat harakat qilish orqali real kommunikastion holatlarni ifodalashadi (masalan, bank-korxona).
Ta’lim oluvchilar aniq vaziyatni ko’rib chiqish jarayonida muayyan umumlashgan, konsteptual tusga ega bilimni shakllantirishga muvaffaq bo’ladilar va ayni bir paytda oddiy umumlashtirish malakalarini orttiradilar.
Amaliy vaziyatlarga asoslangan mashg’ulotlar nazariy tayyorgarlik davrida olingan bilimlar, shuningdek tinglovchilarning o’z malaka va mahoratlaridan foydalanish va amalda qo’llanishga yo’naltiriladi.
Keys bilan ishlash natijalarining ommaviy taqdim etilishi taqdimotlar o’tkazish va matbuot anjumanlarida qatnashish: axborotni lo’nda, mantiqan va ko’rgazmali tarzda taqdim etish, savolni ifodalay bilish va javobni dalillash malakalarini hosil qilishga ko’maklashadi.
Keys-stadi ta’limning boshqa metodlaridan farqli ravishda nafaqat ta’lim berish va trening, shu bilan birga diagnostik nazoratchilik funkstiyalarini ham bajaradi.
Tinglovchi imtihon oldidan keysni olishi- uni hal qilishi va amaliy vaziyat tahlilini hamda uni hal qilishga doir takliflarini yozma ish shaklida taqdim etishi mumkin.
Keys tinglovchilarga bevosita imtihon paytida taklif qilinishi ham mumkin. Lekin bunday holda u ancha qisqa bo’lishi, maqsadlari esa ularni tinglovchi belgilangan vaqt davomida hal qilishga ulguradigan holatda bo’lishi kerak.
Tinglovchilarning o’quv fani bo’yicha auditoriyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ishi keyslar turkumining yechimini o’z ichiga olishi mumkin. Natijalarning grafikka binoan yozma taqdim etilishi (muddatlar o’quv rejasi va ta’lim dasturiga muvofiq belgilanadi) o’quv axborotlarining o’zlashtirilishi, ushbu kurs bo’yicha davlat ta’lim standartlari (DTS)ga ko’ra nazarda tutilgan malaka va ko’nikmalarni tezkor nazorat qilish va baholashga imkon beradi.
Albatta bizning tadqiqotimizda ishtirok etgan nazorat va tajriba guruhlari tarkibiga kirgan yosh gandbolchilarni yuqori maxorat maktabidan ancha yiroqda bo’lib, ular ommaviy gandbol to’garagi sharoitida shug’ullanuvchi sportchilar toifasiga mansubdir. Lekin shunday bo’lsada, biz shu yoshdagi bolalardan tezlik kuch sifatlari va o’yin mashqlarini o’z ichiga olgan pedagogik tadqiqot davomida qanday shallanishi mumkin degan savolga javob qaytarishga urindik. Pedagogik eksperimentning maqsadi yosh gandbolchilarning tezkorlik kuch rivojlanishining samaradorligini aniqlash. Yosh gandbolchilarning tezkorlik kuch tayyorgarligini va kuchli tezkorlik sifatlarini maxsus testlar yordamida pedagogik eksperiment o’tkazildi. Eksperimentda ikki guruh gandbolchilar qatnashdilar. 44 1- jadval: Nazorat va eksperimental guruh gandbolchilarini pedagogik eksperimentgacha bo’lgan tavsifnomasi. № Ko’rsatkichlar Eksperimental guruh Nazorat guruh 1 Joyidan turib 60 m.ga yugurish 9.6 0.185% 9.6 0.087% 2 Turgan joydan uzunlikka sakrash 1.85 0.04% 18.3 0.0019% 3 150 g.li to’pni uloqtirish 37 20.53% 36.6 9.026% 4 5 xatlab sakrash 9.63 0.239% 9.63 0.282% 5 Turgan joyda yuqoriga sakrash 53.3 32.2% 53.3 15.55% Pedagogik eksperiment davridagi o’quv mashg’ulotning tarkibi. Nazorat va eksperimental guruxlarda tezkorlik kuch xususiyatlarini tarbiyalashga o’quv mashg’ulot darslarini 10% ni ajratdik. Bu mashg’ulotlar darslarning asosiy qismida o’tkaziladi. Nazorat guruxida quydagi metodlar qo’llaniladi: o’yin, musobaqa qaytarma interval va aylanma mashg’ulot turidagi mashqlar. Bu mashqlar asosan ro’voklar, biron narsa bilan yoki xech narsasiz bajariladi mashqlar (chopish, sakrash, uzoq masofaga otish) estafetalar o’tkazilar edi. Eksperimental guruxda esa tezkorlik kuch xususiyatini tarbiyalashga maxsus mashqlar asosida o’tilardi. Maxsus mashqlar eksperimental guruxlarda to’p bilan yoki to’psiz olib borilar edi. Mashg’ulotlar darsini tashkil qilish uslublari: aylanma va umumiy mashg’ulotlardan tashkil topgan. Xar xil uslubda mashqlar o’tkazilardi. Masalan uzunlikka sakrash, yuqoriga sakrash, to’p 45 bilan va to’psiz xar xil yugurishlar, to’pni otish va to’pni xar xil olib yurish kabi mashqlar bilan bajarilar edi. Biz tomondan qo’llanilgan maxsus mashqlar pedagogik eksperiment samaradorligini beshta gurux testlari ta’sirida ko’rsatdi. 60 m ga yugurishda, joyidan turib uzunlikka sakrash, besh xatlab sakrash, tennis to’pini 150 g li og’irlashtirilgan xolatda uzoqlikka uloqtirishda, turgan joyda balandlikka sakrashlarda. Pedagogik eksperimentdan keyin gandbolchilar testdan o’tkazildi. Nazorat va eksperimental guruxlarining natijalari. 2- jadval: Yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini pedagogik eksperimentdan keyingi ko’rsatkichlari. № Ko’rsatkichlar Eksperimental gurux Nazorat gurux 1 Joyidan turib 60 m.ga yugurish 9.3 0.066% 9.5 0.07% 2 Turgan joydan uzunlikka sakrash 1.88 0.0019% 18.4 14.89% 3 150 g.li to’pni uloqtirish 40.8 3.89% 36.7 8.86% 4 5 xatlab sakrash 9.96 0.30% 9.7 0.22% 5 Turgan joyda yuqoriga sakrash 58.6 36.89% 54.3 19.5% Pedagogik eksperimentning oxirida shu narsa ma’lum bo’ldiki, qayta testdan so’ng gandbolchilarning joyidan 60 m ga yugurish nazorat guruxlarida tezkorlik sifati ko’rsatkichlari unchalik katta bo’lmasada o’zgarish 0.1% ga. Turgan joydan uzunlikka sakrashda 0.1% ga. 150g li to’pni uloqtirishda 0.1% ga. 5 xatlab sakrashda 0.07% ga. Turgan joyda yuqoriga sakrashda esa 1% ga o’sdi. Tezkorlik kuch sifatlarini tarbiyalashda pedagogik eksperimentning natijalari shuni ko’rsatadiki 46 xamma guruxlar (nazorat va eksperimental gurux) gandbolchilarda ayniqsa eksperimental guruxida sakrashni xamma turlari bo’yicha ozmuncha o’zgarish sezildi. Ayniqsa eksperimental gurux gandbolchilarning pedagogik eksperimentdan keyin yuqori ko’rsatkichga ega bo’ldilar. Uzunlikka joyidan turib sakrash bo’yicha eksperimental gurux gandbolchilarning ko’rsatkichlari 3% oshdi. Joyidan besh xatlab sakrash bo’yicha o’zgarish 0.33% ga. Joyidan balandlikka sakrash bo’yicha xam o’sish ko’rsatkichi 5.3% ga. Joyidan turib 60 m ga yugurishda 0.3% ga. 150 g li to’pni uloqtirishda 3.8% ga o’sish bo’ldi. Pedagogik eksperiment jarayonida mashqlarga aniqlik beradigan ko’rsatkich bu absolyut va nisbiy ko’rsatkichdagi gradion kuchi bo’ladi. Test natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, eksperiment boshida tezkorlik va tezkorlik kuch sifatlari nazorat va eksperimental gurux gandbolchilarida deyarli bir xilda bo’lgan. Eksperiment oxirida topshiriqlar shuni xam ko’rsatadiki, joyidan yuqoriga sakrash, besh xatlab sakrash, 60 m.ga yugurish, 150 g.li to’pni uloqtirish va joydan uzunlikka sakrash ko’rsatkichlari nazorat va eksperimental gurux gandbolchilarida o’sish ko’rsatkichlari 3 jadvalda o’z aksini topgan. Pedagogik tadqikotlar shuni ko’rsatadiki, to’g’ri yo’naltirilgan mashg’ulotlar natijasida maxsus mashqlarni qo’llash bilan, ayniqsa tezkorlik va tezkorlik kuch sifatini oshirishda o’z samarasini beradi. 48 1 jadval Nazorat gurux gandbolchilarning tajriba boshida, o’rtasida va oxirida tezkorlik kuch o’zgarishining ko’rsatkichlari. Ko’rsatkichlar Nazorat guruxi Boshida O’rtasida Oxirida O’sish Joyidan turib 60 m.ga yugurish 9.6 0.087% 9.5 0.08% 9.5 0.07% 0.1 Turgan joydan uzunlikka sakrash 1.83 0.0019 1.84 0.0006% 1.84 14.89% 0.1 150 g.li to’pni uloqtirish 36.6 9.026% 36.2 8.2 % 36.7 8.86% 0.1 5 xatlab sakrash 9.63 0.282% 9.65 0.22 % 9.7 0.22% 0.07 Turgan joyda yuqoriga sakrash 53.3 15.55% 53.7 8.96% 54.3 19.5 1 49 2 jadval Eksperiment gurux gandbolchilarning tajriba boshida, o’rtasida va oxirida tezkorlik kuch o’zgarishining ko’rsatkichlari. Ko’rsatkichlar Eksperemnet guruxi boshida O’rtasida Oxirida O’sish Joyidan turib 60 m.ga yugurish 9.6 0.185 9.5 0.144% 9.3 0.066 0.3 Turgan joydan uzunlikka sakrash 1.85 0.04 1.87 0.0016% 1.88 0.0019 0.03 150 g.li to’pni uloqtirish 37 20.53 38.8 1.85% 40.8 3.89 3.8 5 xatlab sakrash 9.63 0.236 9.76 0.14% 9.96 0.30 0.33 Turgan joyda yuqoriga sakrash 53.3 32.2 55.3 17.08% 58.6 36.89 5.3 50 Xulosa va tavsiyalar Mazkur bitiruv malakaviy ishini olib borishda,
Eksperimental tadqiqotlar asosi
Eksperimental tadqiqot - yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usullaridan biri.
Eksperimentdan bosh maqsad nazariy qoidalarni tekshirish (ishchi gipotezani tasdiqlash), shuningdek ilmiy tadqiqot mavzuini yanada kengroq va chuqurroq o’rganishdir . Eksperimentlar tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin.
Tabiiy eksperimentlar ishlab chiqarish, turmush va h.k. larda ijtimoiy hodisalarni o’rganishda muhimdir. Sun’iy eksperimentlar esa texnika va boshqa fanlarda keng qo’llanadi.
Obyekt yoki jarayon modeli xususiyatiga, eksperimentlarni tanlash va o’tkazishga bog’liq holda ular laboratoriya va ishlab chiqarish turiga bo’linadi.
Laboratariya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma, stendlarda namunaviy priborlar va tegishli apparatlarni qo’llab o’tkaziladi. Bular kam harajat qilgan holda qimmatli ilmiy informasiya olish imkonini beradi. Lekin, eksperimental tadqiqotning bunday natijalari hamma vaqt ham jarayon yoki obyekt ishining borishini to’liq aks ettira bermaydi.
Ishlab chiqarish eksperimentlari atrof muhit turli tasodifiy omillarini hisobga olgan holda mavjud sharoitlarda o’tkaziladi. Bunday eksperimentlar laboratoriyadagidan murakkab, tajriba naturasi (mavjud jarayon yoki obyekt) hajmdorligi oqibatida puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi.
Ekspluatasiya qilinadigan obyektning turli dala sinovlari ham ishlab chiqarish tadqiqotlariga kiradi.
Tegishli metodika va shakl bo’yicha tashkilotlar yoki muassasalardan, korxonalardan u yoki bu tadqiq etilayotgan masala
bo’yicha materiallar to’plash ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi hisoblanadi.
Eksperimental tadqiqotlarni samarali o’tkazish uchun eksperiment metodologiyasi ishlab chiqiladi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- eksperimentni reja-programmasini ishlab chiqish;
- o’lchamlarni baholash va eksperiment o’tkazshi vositalarini tanlash;
- eksperimentni o’tkazish;
-eksperiment natijasida olingan ma’lumotlarni ishlab
chiqishi va tahlil qilishi.
7.2. Eksperiment reja-programmasini ishlab chiqish
Eksperiment reja-programmasi-ekperimental tadqiqotlarning metodologik asosi.
Reja-programma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- tadqiqot mavzulari ro’yxati va ishchi gipoteza mazmuni;
- eksperiment metodikasi va uni bajarish uchun zarur materiallar, priborlar, qurilmalar va h. k. lar ro’yxati;
- bajaruvchilar ro’yxati va ular kalendar ish rejasi;
- eksperimentni bajarish uchun xarajatlar ro’yxati.
Eksperiment metodikasi - metodlar, eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq usullari majmui. Umumiy tarzda u o’z ichiga oladi:
- eksperiment maqsad va vazifasini;
- faktorlar tanlash va ular o’zgarish darajasini;
- vositalar va o’lchashlar zarur miqdorini asoslashni;
- eksperiment mohiyati va tartibining bayonini;
- eksperiment natijalarini ishlab chiqishi va taxlil qilishi usullarini asoslashni.
Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani tahlil qilish asosida aniqlanadi. Vazifa aniq bo’lishi, ularning soni - uncha ko’p bo’lmasligi lozim: oddiy eksperiment uchun - 3... 4, majmua eksperiment uchun esa - 8... 10 ta.
Jarayon yoki obyektga ta’sir etuvchi faktorlarni tanlash
qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha faktorlar mazkur eksperiment uchun avval muhimlik darajasiga ko’ra saralanadi, so’ngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi.
O’lchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, o’lchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi.
Qoidaga ko’ra, standart, yalpi ishlab chiqiladigan o’lchash vositalari (mamlakatda, chet elda ishlangan)dan foydalaniladi. Ayrim hollarda kamyob o’lchovlar pribor va apparatlari bunyod etiladi.
Eksperiment o’tkazishning mazmun va tartibi - metodikaning markaziy qismi. Unda eksperiment o’tkazish jarayoni to’la loyihalanadi:
- kuzatish va o’lchash operasiyalarini o’tkazish ketma-ketlikda tuziladi;
- eksperiment o’tkazishning tanlangan vositalarini hisobga olgan holda har bir operasiya ayrim-ayrim mufassal tavsiflanadi;
- operasiyalar sifatini nazorat qilishda qo’llanadigan usullar tasvirlanadi;
- kuzatish va o’lchash natijalarini yozshi uchun daftar tutiladi.
Eksperimental ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslash metodikani muhim bo’limi hisoblanadi.
Eksperimentlarning natijalari namoyish etishning ko’rgazma shakliga keltirilishi lozim (jadvallar, grafik, nomogrammalar va h. k.) toki ularni qiyoslash va tashkil qilish mumkin bo’lsin. Alohida e’tibor ishlab chiqish matematik usullari - empirik bog’liqlik, faktorlar va chiqish parametrlari o’rtasidagi aloqa approksimasiyasi, mezonlar, ishonchli intervallar o’rnatish va b. ga qaratiladi.
Eksperiment metodikasi ishlab chiqilgandan so’ng eksperimental tadqiqot hajmi va mehnat talabligi aniqlanadi. Ular nazariy ishlanmalar chuqurligi va qabul qilingan o’lchash vositalari tavsifi (aniqlik, ishonchlik, tez harakatlanish va h. k.) ga bog’liq. Tadqiqotning nazariy qismi qanchalik aniq ifodalangan bo’lsa, eksperiment hajmi va mehnat talabligi shuncha kam bo’ladi .
Tabiiyki, hajm va mehnat talablik eksperiment turiga bog’liq. Dala sinovlari, qoidaga ko’ra, ko’p mehnat talabdir.
7.3. Eksperimentni o’tkazish
Eksperiment-ilmiy tadqiqotning eng muhim va ancha mehnat talab bosqichi.
Eksperiment ishlari tasdiqlangan reja-programma va eksperiment metodikasiga muvofiq o’tkaziladi. Eksperimentga kirishilar ekan sinovlarni o’tkazish metodikasi va ketma-ketligi tugal aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqotlar o’tkazish jarayonida quyidagi qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim;
- eksperimentchi o’lchash natijalariga subyektiv ta’sirga yo’l qo’ymay tadqiq etilayotgan jarayon yoki obyekt parametrining barcha tavsifini vijdonan qayd etishi lozim;
- eksperimentchi ehtiyotsizligiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki bu hol ko’pincha katta xatolik va soxtalashtirishga, oqibatda, eksperimentlarni takrorlashga olib keladi;
- eksperimentchi kuzatish va o’lchash daftarini albatta yuritishi kerak, uni tartibli va hyech qanday tuzatishlarsiz to’ldirib borish lozim;
- eksperiment jarayonida bajaruvchi o’lchash vositalari ishini, ular to’g’ri ko’rsatayotganligini va qurilma, jihoz, stend va h. k. lar ishi barqarorligini, atrof muhit holatini muntazam kuzatishi, ish zonasiga begonalarni kiritmasligi shart.
- eksperimentchi o’lchov vositalarini, ular to’g’riligini nazorat qilgan holda ishchi tekshiruviii muntazam o’tkazishi kerak;
- o’lchashlar o’tkazshi bilan bir vastda bajaruvchi natijalarni dastlabki ishlab chiqish va taxlil qilishni o’tkazishi lozim. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, eksperimentni to’g’rilash, metodikani yaxshilash va eksperiment samaradorligini oshirishga imkon beradi;
- eksperimentchi texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong’inni oldini olish bo’yicha yo’riqnomalar talabiga amal qilishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ayniqsa ishlab chiqarish eksperimentini o’tkazayotganda amal qilish kerak.
Ilmiy ma’lumotlar olishning asosiy usullaridan biri bo’lib, eksperimental tadqiqotlar hisoblanadi. Ekstrimentlar tabiiy va sun’iy, laboratoriyadagi va ishlab chiqarishdagiga bo’linadi. Har qanday eksperimental tadqiqotlar metodologiyasining asosi bo’lib, reja-programma, metodika va eksperiment o’tkazish qoidasi hisoblanadi.
Getsdaankerning so'zlariga ko'ra, benuqson tajriba uchta mezonni qondirishi kerak:
1. ideal tajriba (faqat mustaqil va qaram o'zgaruvchilar o'zgaradi, tashqi yoki qo'shimcha almashtirishga ta'sir ko'rsatmaydi)
2. Cheksiz tajriba (tajriba oldindan noma'lum omillarning namoyon bo'lishi mumkinligi sababli, cheksiz davom etishi kerak
3. To'liq yozishmalarni tajriba o'tkazish (tajriba holati qanday qilib "haqiqatda" nima sodir bo'lishiga to'liq bir xil bo'lishi kerak)
4. Eksperimental rejalashtirish shartlari. "Rejalashtirish" atamasining asosiy qadriyatlari. O'rnatish mazmuni va rasmiy. Eng kam effektni belgilash va eksperimental gipotezaning zichligi to'g'risida qaror qabul qilish.