Kimyo laboratoriyasida ishlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak



Download 41 Kb.
Sana11.04.2020
Hajmi41 Kb.
Kimyo laboratoriyasida ishlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

  1. Laboratoriyada xalatsiz va sochiqsiz ishlash yaramaydi.

  2. Tajribani bajarishga kirishishdan avval har bir tajribaning yozma bayonini juda etibor bilan o’qib chiqish va tаjriba uchun olinayotgan moddaning xossalarini yaxshi bilib olish lozim.

  3. Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, tinchlikka, batartiblikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak. E’tiborsizlik va tartibsizlik ko’ngilsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkinligini unutmang.

  4. Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanish yaramaydi.

  5. Suyuqliklarni probirkada qizdirganda probirkani qiya ushlab, yuqorisidan boshlab asta-sekin qizdirish kerak. Bunda probirkaning og’zini ishlayotganlardan boshqa tomonga qaratib ushlash lozim.

  6. Yonib turgan gaz gorelkasi va elektr asboblarini nazoratsiz qoldirish yaramaydi.

  7. O’tkir hidli moddalar bilan olib boriladigan tajribalarni faqat mo’rili shkaf ichida o’tkazish lozim.

  8. Rakovinaga kislota, ishqor, tez o’t oladigan suyuqliklar hamda oltingugurtli birikmalarni to’kish yaramaydi. Ularni maxsus idishlarga yig’ish lozim.

  9. Natriy metalini o’tkir, quruq pichoq bilan fil’tr qog’oz ustida kesish kerak. Uning qiyqindilarini, qoldig’ini rakovinaga tashlamang, balki quruq kerosin yoki vazelin moyi solingan alohida shisha idishlarga yig’ishtirib oling.

  10. Etil efir, spirt, benzol, atseton, sirka-etil efir, petroley efir va boshqa tez yonuvchi moddalar bilan ishlaganda bu moddalarni bevosita alangada qizdirish, alanga yaqinida saqlash taqiqlanadi. Ularni suv hammomida yoki maxsus elektr plitalaridagina qizdirish mumkin.

  11. Idishdagi suyuqlik tasodifan alanglanib ketgan taqdirda avvalo qizdirish manbaini o’chirish, so’ngra alangani sochiq yoki chinni kosacha bilan yopish lozim. Agar suyuqlik stolga to’kilib yonayotgan bo’lsa, uni faqat qum bilan o’chiring. O’tni suv bilan o’chirish yaramaydi, chunki organik erituvchilar, odatda suv bilan aralashmaydi va suv bilan yoyilib ketib, alangani kengaytiradi.

  12. Agar ishlayotgan kishilarning kiyimi yonib ketsa, uni darhol adyol yoki qalin material bilan berkitib, yonayotgan kiyimga havo kirishini to’xtatish lozim.

  13. Kontsentrlangan sul’fat kislotani suyultirishda suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga tomchilatib, muttasil aralashtirib turgan holda qo’shish kerak, aks holda kislota sachrab, portlashi mumkin.

  14. O’yuvchi ishqorlar chinni stakanda yoki kosachada eritiladi.

  15. Laboratoriyada moddaning mazasini tatib ko’rish taqiqlanadi.

  16. Ishni tugatgach, ish joyini tartibga keltirish va elektr asboblar, suv gazning o’chirilgan-o’chirilmaganini tekshirib ko’rish lozim.

Kimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlari olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham laboratoriyada ishlash o'ziga xos va qiziqarli bo'lib, talabadan alohida e'tiborni talab qiladi.

Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg'ulotlar olib borganda e'tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko'ngilsiz hodisalar ro'y berishi mumkin, ularning kelib chiqishi sabablari asosan me'yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlikning otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarning toza bo'lmasligi, ularning sinishi, natriy metaliga nam va suv tegishi, o'zaro tutashgan naylar orqali bosim o'zgarishida suyuqliklarning bir idishdan boshqa idishga o'tib ketishi, moddalar bilan noto'g'ri munosabatda ehtiyotsiz muomala qilish kabilar bilan bog'liqdir.



Laboratoriya mashg'ulotlarida qatnashishi oldidan o'quv yilining boshida har bir talaba "Laboratoriyada ishlash qoidalari" bilan tanishganligi to'g'risida texnika xavfsizligi daftariga imzo qo'yadi. Ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun quyidagi mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak:

1. Kimyodan amaliy mashg'ulot va laboratoriya ishlari o'tkazishda xalat kiyib olish lozim. Laboratoriyada har ehtimolga qarshi kamida ikki kishi bo'lishi kerak, yolg'iz tajriba o'tkazish mumkin emas.

2. Ish stolida ortiqcha narsalar bo'lmasligi va zarur buyumlargina toza holda bo'lishi kerak. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta'minlash lozim.

3. Ish bajarish tartibini puxta o'zlashtirmasdan va tajriba o'tkazish uchun asboblarning to'g'ri yig'ilganligiga ishonch hosil qilmasdan va o'qituvchidan ruxsat so'ramasdan tajribani boshlamaslik kerak.

4. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta'rnini totish mutlaqo mumkin emas. Laboratoriya xonasida ovqatlanish, idishlardan suv ichish qat'iyan ta'qiqlanadi.

5. Noma'lum moddalarni aralashtirish, o'zboshimchalik bilan suyuqliklarni bir-biriga quyish, nojo'ya harakatlar qilmaslik ya'ni birovni qo'rqitish yoki kuldirish maqsadida hazillashish mumkin emas. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga zarar, ko'zga, teriga va tanaga jarohat yetkazishi mumkin.

6. Tajriba uchun ishlatiladigan reaktivning miqdori ishda ko'rsatilmagan bo'lsa, uni mumkin qadar kamroq olish, ortib qolgan reaktivni qayta idishga solmaslik, ishlatilgan pipetkani yuvmasdan boshqa idishdan reaktiv olmaslik kerak.

7. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo'lakchalarini spirtda eritib yuborish lozim. Tajriba davomida termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig'ishtirib olish va simob to'kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.

8. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak. Tajribalarni iloji boricha mo'rili shkafda o'lkazish kerak.

9. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og'zi odarn ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo'lishi kerak.

10. Yong'in chiqqan taqdirda avvalo o't chiqishiga sabab bo'lgan manba o'chiriladi, so'ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alangani yoyilish xavfi bo'lsa, o't o'chirgichdan foydalanish kerak.

11. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko'zoynak taqib olish zarur.

12. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas.

13. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo'ylab suvga quyish kerak. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to'kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak.

14. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko'rish lozim.

15. Tajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim. Tajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish kerak. Asboblarni o'chirish kerak.

Ko`ngilsiz hodisalar ro`y bеrganda birinchi yordam ko`rsatish

1. Laboratoriyada aptеchka bo`lishi shart, uning qaеrda joylashganligi va undan qanday foydalanishni talabalar bilishi lozim.

2. Issiqlik ta'sirida kuygan joyga tеzda spirt yoki kaliy pеrmanganat eritmasi bilan ho`llangan paxta qo`yiladi.

3. Ko`zga yoki badanning biror joyiga kislota sachrasa, o`sha еrni dastlab yaxshilab suv bilan, so`ngra sodaning 3 % li eritmasi bilan yuviladi.

4. Ishqor sachraganda esa dastlab suv bilan, so`ngra sirka kislotaning 1%li eritmasi bilan yuviladi.

5. Shisha kеsgan joy dastlab shisha siniqlaridan tozalanadi, so`ngra yodning 3% li eritmasi surtiladi va stеrillangan bint bilan bog’lanadi.

6. Gazlar ta'sirida zaharlanganda tеzda novshadil spirt hidlatib ochiq havoga olib chiqiladi.

7. Brom ta'sirida kuygan joyni spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi bilan yuvib, kеyin yana spirt bilan artiladi.

8. Brom hidi bilan zaharlanganda spirt bug’idan chuqur nafas olib, sut ichib ochiq havoga chiqarish kеrak.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar