LABORATORIYA ISHI №16
Alkinlar. Atsetilenning olinishi va xossalari
Ishning bajarilishi
1-tajriba. Atsetilenning hosil qilinishi.
probirkaga 2-3 ml suv quyib, ustiga kalsiy karbidning kichik bo’lakchasidan 1-2 dona tashlab, tezda probirkaning og’zini nayli tiqin bilan berkiting. gaz o’tkazgich nay ustiga to’ntarilgan probirkaga atsetilen yig’iladi. bir ozdan so’ng probirkaga yig’ilgan gazni yoqing. bunda atsetilen dud chiqarib yonadi. shundan keyin atsetilenni nay uchidan chiqayotgan vaqtida yondiring. havo yetarli bo’lganda ajralib chiqayotga atsetilen juda ravshan alanga berib yonadi. atsetilenning yonishini metan va atsetilenning yonishi bilan taqqoslang va undagi uglerodning % tarkibini hisoblang.
hosil bo’lgan atsetilen gazi bilan keyingi tajribalarni o’tkazing.
2-tajriba. Atsetilenga bromning birikishi
probirkaga 2-3 ml bromli suv solib, undan atsetilen gazi o’tkazing. uzoq vaqt atsetilen o’tkazilganda uchbog’ xisobiga brom birikib, tetrabrometan hosil bo’ladi. bromli suv asta-sekin rangsizlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |