Kimyo fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


- BOB. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIM



Download 26,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/213
Sana09.07.2022
Hajmi26,01 Mb.
#762801
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   213
Bog'liq
Kimyo

7-
BOB. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIM 
JARAYONINI TASHKIL ETISH
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning kimyo fani bo‘yicha ilmiy 
dunyoqarashlarini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini 
shakllantirish va rivojlantirish, ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari 
uchun zarur bo‘lgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan bilim, ko‘nikma va 


38
malakalarni tarkib toptirishdan iborat. Konsepsiyaning asosiy maqsadi – umumiy o‘rta 
ta’lim maktablaridagi rivojlanish strategiyasini va yangi yondashuv tizimini belgilab 
olishdan iborat.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, 
faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli 
ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarini 
shakllantiradi. Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga 
kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal 
etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan 
tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim. 
Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, 
shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy 
kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim natijasida dunyoqarashi keng, 
intellektual barkamol, kasbiy mahorati yuksak, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib 
hissa qo‘shadigan avlod tarkib topa boradi. 
Konsepsiya g‘oyalarini kimyo ta’limi jarayoniga tatbiq etish 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo ta’limini rivojlantirish konsepsiyasida 
belgilangan g‘oyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish keng qamrovli va mas’uliyatli 
ishlarni amalga oshirish talab etadi. Bunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 
DTS va o‘quv dasturlari asosida yangi darsliklarni yaratish va nashr etish, o‘qituvchilar 
uchun metodik qo‘llanmalarni yaratish va nashr etish, o‘quvchilar uchun kimyoga oid 
qo‘shimcha adabiyotlarni yaratish va erkin savdo uchun nashr etish, dars jarayonida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng tarzda foydalanishni tashkil etish 
lozim bo‘ladi.
Konsepsiya g‘oyalarini hamda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va 
o‘quv dasturlarini kimyo ta’limiga joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Konsepsiya g‘oyalarini kimyo ta’limi jarayoniga to‘liq tatbiq etilishi umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida kimyoni o‘qitilishini rivojlantirishga, kimyo ta’limi samaradorigini 
oshirishga, mamlakatimizning intellektual salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish