Kimyo fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 26,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/213
Sana09.07.2022
Hajmi26,01 Mb.
#762801
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   213
Bog'liq
Kimyo

6-mavzu. I A guruh elementlari
E
lementlarning yer qobig‘ida tarqalishi, ularning eng muhim tabiiy birikmalari. 
Elektroliz usulida olinishi. Oddiy moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Litiy, 
natriy, kaliy va ularning birikmalari va qo‘llanilishi. Kaustik soda elektroliz usulida 
olinishi. Soda, ichimlik sodaning olinishi. Ishqoriy metallar bilan ishlashda ehtiyot 
choralari. Kaliyli o‘g‘itlar.
7-mavzu. II A guruh elementlari
Element atomlari xossalarining tavsifi. Bu elementlarning eng muhim tabiiy 
birikmalari va olinishi. Berilliy, magniy va ularning xossalari. Bu metallarning ishlatilishi. 
Elementlarning birikmalari, gidridlari, oksidlari, gidroksidlari, peroksidlari va tuzlari. 
Kalsiy, uning xossalari, birikmalari. Suvning qattiqligi va uni yo‘qotish usullari. Kalsiy va 
magniyning biologik ahamiyati.
8-mavzu. III A guruh elementlari
Elementlar atomlarining umumiy tavsifi. Bor. Uning muhim tabiiy birikmalari, olinishi, 
allotropik shakl o‘zgarishlari, fizikaviy va kimyoviy xossalari, ishlatilishi. Vodorodli 
birikmalarining tuzilishi, xususiyatlari, xossalari. Ortoborat kislota. Aluminiy uning yer 
qobig‘ida tarqalishi, muhim tabiiy birikmalar, elektroliz usulida olinishi, fizikaviy va 
kimyoviy xossalari. Aluminotermiya. Aluminiy va uning qotishmalari, ishlatilishi. Muhim 
birikmalari: oksid, gidroksid, alyuminatlari va tuzlarning olinishi, xossalari va amaliy 
ahamiyati. Galliy, indiy, talliy. Bu elementlarning Respublikamizdagi zaxiralari va ishlab 
chiqarilishi. Ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Metallar va ular qotishmalarining 
amalda qo‘llanilishi. Oksidlari, gidroksidlari va tuzlarining olinishi, xossalari.
9-mavzu. IV A guruh elementlari
IV guruh asosiy guruhcha elementlarning umumiy tavsifi. Uglerod va uning xossalari, 
birikmalari. Tabiatda uchrashi. Uglerodning allotropik shakl o‘zgarishlari. Uglerodning 
vodorodli birikmalari, qisqacha tavsifi. Uglerodning vodorodli va kislorodli birikmalari, 
Metallarning karbidlari. Uglerodning tabiatda aylanishi. Kremniy va uning xossalari. 
Tabiatda uchrashi. Tabiiy silikatlar. Aluminosilikatlar: dala shpatlari, slyudalar, asbest. 
Tabiiy silikatlarning yemirilishi. Kaolin. Kremniyning sanoatda va laboratoriyada 
olinishi, qo‘llanilishi. Kremniyning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Kremniyning 
vodorodli birikmalari. Silikat kislotaning olinishi va xossalari. O‘zbekistonda shisha va 
keramika sanoati. Germaniy, qalay, qo‘rg‘oshin va ularning birikmalari, olinishi. Fizikaviy 
va kimyoviy xossalari. Allotropiyalari. Germaniyning hozirgi zamon texnikasidagi 
ahamiyati. Qalay, qo‘rg‘oshin (II, IV) birikmalari va ularning xossalari. Qo‘rg‘oshin (IV) 
birikmalarining oksidlovchi xossalari. Qalay, qo‘rg‘oshin va ularning birikmalarining 
xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish