6-mavzu. I A guruh elementlari
E
lementlarning yer qobig‘ida tarqalishi, ularning eng muhim tabiiy birikmalari.
Elektroliz usulida olinishi. Oddiy moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Litiy,
natriy, kaliy va ularning birikmalari va qo‘llanilishi. Kaustik soda elektroliz usulida
olinishi. Soda, ichimlik sodaning olinishi. Ishqoriy metallar bilan ishlashda ehtiyot
choralari. Kaliyli o‘g‘itlar.
7-mavzu. II A guruh elementlari
Element atomlari xossalarining tavsifi. Bu elementlarning eng muhim tabiiy
birikmalari va olinishi. Berilliy, magniy va ularning xossalari. Bu metallarning ishlatilishi.
Elementlarning birikmalari, gidridlari, oksidlari, gidroksidlari, peroksidlari va tuzlari.
Kalsiy, uning xossalari, birikmalari. Suvning qattiqligi va uni yo‘qotish usullari. Kalsiy va
magniyning biologik ahamiyati.
8-mavzu. III A guruh elementlari
Elementlar atomlarining umumiy tavsifi. Bor. Uning muhim tabiiy birikmalari, olinishi,
allotropik shakl o‘zgarishlari, fizikaviy va kimyoviy xossalari, ishlatilishi. Vodorodli
birikmalarining tuzilishi, xususiyatlari, xossalari. Ortoborat kislota. Aluminiy uning yer
qobig‘ida tarqalishi, muhim tabiiy birikmalar, elektroliz usulida olinishi, fizikaviy va
kimyoviy xossalari. Aluminotermiya. Aluminiy va uning qotishmalari, ishlatilishi. Muhim
birikmalari: oksid, gidroksid, alyuminatlari va tuzlarning olinishi, xossalari va amaliy
ahamiyati. Galliy, indiy, talliy. Bu elementlarning Respublikamizdagi zaxiralari va ishlab
chiqarilishi. Ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Metallar va ular qotishmalarining
amalda qo‘llanilishi. Oksidlari, gidroksidlari va tuzlarining olinishi, xossalari.
9-mavzu. IV A guruh elementlari
IV guruh asosiy guruhcha elementlarning umumiy tavsifi. Uglerod va uning xossalari,
birikmalari. Tabiatda uchrashi. Uglerodning allotropik shakl o‘zgarishlari. Uglerodning
vodorodli birikmalari, qisqacha tavsifi. Uglerodning vodorodli va kislorodli birikmalari,
Metallarning karbidlari. Uglerodning tabiatda aylanishi. Kremniy va uning xossalari.
Tabiatda uchrashi. Tabiiy silikatlar. Aluminosilikatlar: dala shpatlari, slyudalar, asbest.
Tabiiy silikatlarning yemirilishi. Kaolin. Kremniyning sanoatda va laboratoriyada
olinishi, qo‘llanilishi. Kremniyning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Kremniyning
vodorodli birikmalari. Silikat kislotaning olinishi va xossalari. O‘zbekistonda shisha va
keramika sanoati. Germaniy, qalay, qo‘rg‘oshin va ularning birikmalari, olinishi. Fizikaviy
va kimyoviy xossalari. Allotropiyalari. Germaniyning hozirgi zamon texnikasidagi
ahamiyati. Qalay, qo‘rg‘oshin (II, IV) birikmalari va ularning xossalari. Qo‘rg‘oshin (IV)
birikmalarining oksidlovchi xossalari. Qalay, qo‘rg‘oshin va ularning birikmalarining
xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |