95
TUSHUNTIRISH XATI
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni (2020-yil) va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” (2020-yil 20-dekabr), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi
va akademik litseylar
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910 qarori talablari
va mazmuni asosida amalga oshirilgan tadbirlar va tegishli muassasa, tashkilotlar
tomonidan belgilab bergan ishlar asosida, yuqorida nashr etilgan muhim hujjatlarda
ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli
amalga oshirish
uchun akademik litseylar faoliyati tubdan isloh qilindi. Ularni zamon talablariga javob
bera oladigan va xalqaro andozalarga ham metodik, ham ilmiy-nazariy tomondan
taqqoslasa bo‘la oladigan tegishli yo‘llanmalar bilan ta’minlash o‘rta maxsus, akademik
litseylar ta’limini unifikatsiyalash va ish saviyasini yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarish
imkoniyatini beradi.
Ushbu dastur anorganik kimyo bo‘yicha kimyo fanini chuqurlashtirib o‘rgatishga
ixtisoslashtirilgan akademik litseylarning nomutaxassis o‘quvchilari uchun tuzilgan
bo‘lib, qamrov
doirasi jihatidan elementlar, ularning oddiy moddalar ko‘rinishidagi
shakllarining, xilma-xil murakkab birikmalarining fizikaviy va kimyoviy xossalari, o‘ziga
xos muhim tomonlari, ularni hozirgi kunda sanoat, texnika va xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlarida qo‘llanishi borasidagi erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni o‘z ichiga
olganligini ta’kidlab o‘tish e’tiborga molikdir.
Modomiki, butun bir o‘quv yili davomida anorganik kimyo fanini o‘qitish
rejalashtirilgan ekan, o‘quvchilarda elementlar davriy sistemasining to‘liq
mohiyati, ular
o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik va muhim farqlar asosida ularning yadrolarining zaryad soni
va unga teng bo‘lgan elektronlardan iborat bo‘lgan qobig‘i tuzilishining kvant-mexanik
qonuniyatlari yotishini va bu qonuniyatlardan yadro zaryadining turli hollarda turli
darajada ekranlanishi, ionlanish potensiali, elektronga moyillik, elektromanfiylik, atom
va ion radiuslari, elektron qobiqlarining qutblanuvchanligi va
bu kattaliklarning davrlar
va guruhchalar bo‘ylab o‘zgarish qatorlaridan keng foydalangan holda elementlarning
davriy sistemadagi o‘rnini va aksincha, davriy sistemada egallab turgan o‘rniga
qarab ularning valentligi, oksidlanish darajasi, birikmalarining
oksidlovchilik yoki
qaytaruvchilik xossalarini taxmin qila olishdek nazariy bilimga ega bo‘lish va amalda,
jumladan, laboratoriya tajribalari asosida va ularni bajarish jarayonida tasdiqlash
darajasidagi bilimlarga ega bo‘lishga erishish maqsad qilib qo‘yilgandir.
Bunday maqsadga erishishda shubhasiz, “Umumiy kimyo” fanidan olingan bilimlarni
ijodiy tatbiq qilish ayni muddaodir. Dasturni amalga oshirayotgan paytda o‘qituvchilar
ana shu yuqorida qayd qilingan fikrlarga mumkin qadar ko‘proq darajada e’tibor berishlari
lozim.
Shuni esda tutishimiz kerakki, akademik litseylarning tabiiy fanlar bo‘yicha
ixtisoslashgan guruhlarida anorganik kimyo o‘quv predmeti umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida beriladigan boshlang‘ich va tayanch ma’lumotlarni yyetarli darajada
kengaytirish hamda chuqurlashtirishni eng muhim maqsad qilib o‘qitiladigan fandir.
Shu sababdan, dasturda anorganik kimyoni to‘laqonli o‘rganish
uchun davriy sistemani
ham gorizontal va ham vertikal yo‘nalishlarda iloji bo‘lganicha to‘laroq qamrab olishga
erishish ko‘zda tutilgan. Bu esa, har bir elementga ehtiyoj talab qilganicha va shu bilan
birga imkoniyat boricha e’tibor berishni taqozo qiladi.
Shunday qilib, taqdim etilayotgan dastur anorganik kimyo fanining asoslarini
yyetarlicha o‘rganishga erishishni mo‘ljallaydi. Buning uchun yuqorida aytib o‘tilgan
fikrlardan tashqari quyidagilarga ham e’tibor berish lozim deb hisoblaymiz:
96
- moddalarning tuzilishi, kimyoviy jarayonlarning sodir bo‘lish sabab va imkoniyatlari
to‘g‘risida yetarli nazariy va faktik ma’lumotlarga ega bo‘lish;
- olingan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda
masalalar yechish, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish, mashqlar o‘tkazish, seminarlar
tashkil etish, dastur oxirida keltirilgan mavzular bo‘yicha mustaqil
ishlarni bajarish kabi
tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Har bir akademik litseyning metodik birlashmasi o‘z qarori bilan mavzularga ajratilgan
dars soatlari chegarasida ayrim mavzular uchun kerak bo‘ladigan vaqtni o‘zgartirishi
mumkin.
Kimyo fani bo‘yicha mutaxassislikni tanlagan o‘quvchilar guruhlari uchun dasturiy
saboqlardan tashqari maxsus kurslar o‘qish, murakkab masalalar yechish va qo‘shimcha
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, ya’ni ularni dastur doirasidan tashqarida bo‘lgan mavzular
bilan tanishtirish, ularning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, ilmiy
tafakkurga,
mustaqil fikrlashga erishish qobiliyatlarini to‘laroq namoyon etish va natijada, ilmiy-
tadqiqotning ilk kurtaklarini shakllantirish maqsadiga xizmat qiladi.
Dasturdagi tegishli mavzularni mustahkamlash uchun ularga mos masalalarni albatta
yechish tavsiya etiladi. Tegishli masalalarning tartib raqamlari tanlangan adabiyotlar
nomlarini qaytarmasdan kvadrat qavslar ichida ko‘rsatilgan raqam ketidan yozilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: