2. Mn2+ ning oksidlanib MnO2-4 ga aylanishi Mn2+ ionini to’ishda katta ahamiyatga ega bo’lib, bu reaktsiya turli oksidlovchilar ta’sirida borishi mumkin.
Natriy vismutat NaBiO3 bilan oksidlash quyidagi tenglamaga muvofiq boradi:
2Mn2+ + 5NaBIO-3 + 14H+ 2MnO-4 + 5Bi3+ + 5Na+ + 7H2O
Bu reaktsiya oldin o’rganilgan reaktsiyalardan farq qilib sovuqda boradi va shuning uchun marganets (II) tuzining sal ortiqchasi unga xalal bermaydi.
Sovuqda Cl- ioni MnO-4 ioni bilan ancha sekin reaktsiyaga kirishadi. SHuning uchun dastlab eritmaning ‘ushti rangga kirishini Cl- ionlari ishtirokida ham kuzatish mumkin. Lekin eritmada xloridlar ko’’ bo’lmasligi kerak.
Reaktsiya qilish uchun 1-2 tomchi marganets (II) tuzi eritmasiga 3-4 tomchi 6 n. HNO3 eritmasi va 5-8 tomchi suv qo’shing, shundan keyin eritmaga shisha kurakcha yordamida ozgina NaBiO3 kukunidan soling. Aralashtirib, ortiqcha reaktivni tsentrifugalang va eritma rangini ko’ring. Bu reaktsiya juda seziluvchan va qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |