Кимёвий жараёнлар энергетикаси


Koordinatsion birikmalarda izomeriya hodisasi



Download 5,08 Mb.
bet82/85
Sana04.09.2021
Hajmi5,08 Mb.
#163748
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
darslik

Koordinatsion birikmalarda izomeriya hodisasi.

Ularda uchraydigan izomeriyani 2 guruhga ajratish mumkin: 1) Tuzilish izomeriyasi. 2) Sterioizomeriya.

Tuzilish izomeriyasiga:

a) Koordinatsion izomeriya. Koordinatsion birikmalarni tashkil etgan tarkibiy qismlari uning ichki qavatlarida turlicha joylashishi mumkin. Masalan, [Cr(NH3)6]*[Co(C2O4)3] geksaamin xrom (III)-trioksalat kobalt (III)-dan tashkil topgan, u och-yashil rangli yaproqchalar shakliga ega; uning izomeri [Co(NH3)6]*[Cr(C2O4)3] geksaamin kobalt (III)-trioksalat xrom (III) – yashil rangli ignasimon kristallardan iborat.

b) Ionlanish izomeriyasi. Bunga bir xil tarkibli, lekin eritmada boshqa-boshqa ionlarga parchalanadigan koordinatsion birikmalar misol bo’ladi. Masalan, [Co(NH3)5Br]SO4 va [Co(NH3)5SO4]Br o’zaro ionlashgan izomerlardir.

v) Gidrat izomeriya. Bir xil tarkibga ega bo’lib, o’z tarkibidagi suv molekulalarining joylashishi bilan bir-biridan farqlanadigan moddalar gidrat izomerlar deb ataladi. Masalan, xrom (III)-xloridning geksagidrati CrCl3*6H2O uch modifikatsiyada uchraydi.

g) Koordinatsiyali polimerlanish. Koordinatsion kompleks birikmalar o’zaro bir-biridan faqat ligandlarning joylashishi bilan emas. Balki o’zining molekulyar massasi bilan ham farq qiladi. Masalan, empirik formulasi [Pt(NH3)2Cl2] bo’lgan modda 4 shaklda uchraydi: 1) [Pt(NH3)2Cl2]; 2) [Pt(NH3)4]*[PtCl4]; 3) [Pt(NH3)4]*[ Pt(NH3)Cl3]2 ; 4) [Pt(NH3)3Cl]2*[PtCl4];

d) Bog’lanish izomeriyasi. Ba’zi ligandlar, masalan, CN, SCN, NO va boshqa shunga o’hshash ligandlar tarkibida 2 ta donor atom bo’ladi:



; ;

SHu sababli ular markaziy atom bilan turlicha koordinatsiya holatida bo’lishi mumkin.

e) Ligandlar izomeriyasi. Koordinatsion qavatda markaziy atomga birikkan ligandning o’zi turli izomerlar holatida bo’lishi mumkin. Bunga misol qilib, propilendiamin bilan trimetilendiaminni yoki piridinkarbonkislotaning turli fazoviy izomerlarni keltirish mumkin.

j) Konformatsion izomeriya. Bunday birikmalarga koordinatsion qavatda ligandlarning o’zi fazoviy jihatdan farq qiladi. Masalan, 1,3-propilendiamin –N2N-CH2-NH2 “Kreslo” yoki “vanna” holatida markaziy atomga koordinatsiyalangan bo’lishi mumkin.


z) Elektron izomeriya. Bunday izomeriyaga yagona misol tarkibi [Co(NH3)5NO]Cl2 bo’lgan moddadir. Uning bir izomeri qora rangli va ega. Taxmin qilinishicha, birikmalarning birida kobaltning oksidlanish darajasi +2, ikkinchisida esa +3 bo’lishi mumkin, ular bir-biridan markaziy iondagi faqat bitta elektron soni bilan farq qiladi.

i) Transformatsion izomeriya. Bunday birikmalar ligandlardagi atomlar soni bir xil, lekin ligandlar orasida genetik bog’lanish bo’lib, ular turli kimyoviy xossalarga ega. Bunday izomeriyaga [PtH(C2H4)(Pph3)]ClO4 va [PtH(C2H4)(Pph3)]ClO4 kabi birikmalar misol bo’ladi.

k) Formal (rasmiy) izomeriya. Bunday izomerlarni hosil qilishda qatnashgan ligandlar rasmiy jihatdan bir-biriga miqdorlari teng bo’lgan atomlarga ega bo’ladi. Bunday izomeriyaga [PtH(NH3)(C2H5*NH2)Cl2] va [Pt(SH3NH2)2Cl2] lar misol bo’ladi.

Sterioizomeriya 2 ko’rinishda bo’ladi: a) geometrik yoki tsis- va trans- izomeriya; b) optik izomeriya.

Tarkibi bir xil, ligandlari markaziy atom atrofida turli tartibda joylashgan koordinatsion birikmalar o’zaro geometrik izolirlar deb ataladi. Masalan, [P+NH3)2Cl] ni olaylik. Bu formulaga 2 tuz mos keladi:


    1. Qovoq rangli Peyrons tuzi tuzilishga ega.



    1. Reyze tuzi trans-tuzilishga ega, u och-sarg’ish rangli.


Optik izomeriya. Molekulalari simmetriya markaziga yoki simmetriya tekisligiga ega bo’lmagan va molekulyar massasi teng bo’lgan moddalar optik izomerlar deyiladi. Bu moddalarning biri yorug’likning qutblanish tekisligini o’ngga (d-shakl), ikkinchisi chapga (1-shakl) buradi. d –shakldagi moddani 1-shakldagi moddaning ko’zgudagi aksi deb qarash mumkin. Masalan, [CoEn2NH3Cl]X3 tsiskoordinatsion birikma quyidagi 2 optik izomer hosil qiladi:

421-rasm

uzlukli chiziq ko’zgu tekisligi.



Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish