Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar va ligandlar
Koordinatsion birikma xosil qiluvchilar jumlasiga asosan sirtqi qavatda yetarli darajada bo’sh orbitallari bo’lgan metall ionlar kiradi. Koordinatsion birikma hosil qiluvchi zarracha elektron juftining aktseptori vazifasini bajaradi. Ligandlar sifatida anionlar (F- ,OH- ,CN- ,SCN- ,NO-2, CO2-3 ,C2O2-4 va boshqalar.), (H2O, NH3 ,CO, N2 ,NO, N2H4, NH2 – (CH2)2 – NH2 va boshqalar.) ishtirok etadi. Har bir ligandda 1 ta, yoxud bir necha taqsimlanmagan (erkin) elektron juft bo’ladi. Ligandlarning donorlik xosalari ulardagi S – va R – orbitallardagi elektron juftlar xisobiga; aktseptorlik xossalari esa bo’sh r- va d – orbitallar hisobiga amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |