Berilgan mahsulot tavsifi
Ko`pgina yengil va yuk tashuvchi avtomobillar hamda ba`zi samalyotlarda majburiy yoqiladigan porshenli ichki yonuv dvigatellar o`rnatilgan. Yoqilg`i tabiatiga qarab bu dvigatellar suyuq va gazli yoqilg`i dvigatellariga, silindrni toza zaryad bilan to`ldirish bo`yicha – to`rt taktli va ikki taktli dvigatellarga bo`linadi.
Uchqundan majburiy yoqiladigan avtomobil dvigatellari uchun mo`ljallangan yoqilg`ilarning asosiy komponenti bo`lib, uzoq vaqt davomida neftni oddiy haydash benzini hisoblangan. Bu mahsulot uning ekspultatsion sifatlari past ekanligi sababli hamma joyda katalitik reforming va kreking benzinlari bilan almashtirilyapti. Ulardan tashqari, avtomobil benzinlari tarkibiga alkilatlar, yengil benzin fraksiyalarining izomerlanish mahsulotlari, visbkreking, termik kreking va kokslanish benzinli fraksiyalari, benzol va toluolni ekstraksion ajratib chiqarish rafinatlari, gidro boyitilgan piroliz benzinlari, butan-butilenli fraksiyalarni kiritadilar. Xosslarini yaxshilash va resurslarini oshirish uchun avtomobil benzinlari tarkibiga oshib borayotgan miqdorda kislorod saqlagan brikmalarni – metil va ikkilamchi butyl spirtlarni, metil – uchlamchi butil va metil – uchlamchi – amil efirlarini (MUBE va MUAE) kiritilyapti.
Karbyuratorli dvigatelga ega bo`lgan avtomobillar uchun oxirgi vaqtlarda yoqilg`i sifatida siqilgan yoki suyultirilgan propan-butanli aralashma qo`llanilmoqda.
Neft haydalganda 150ºC da ajratib olinadigan fraksiya benzin fraksiyaasi hisoblanadi. Bu fraksiya molekulasida uglerod atomlarining soni 5 da 9 gacha bo`ladigan yengil uglevodorodlardan iborat bo`lib, ulardan yengil, o`rtacha va og`ir benzin mahsulotlar olinadi.
Yengil benzin-gazolin yoki petroley efiri. Qaynash harorati 40-70 ºC, solishtirma massasi 0,64-0,66 g/sm3 . Petroley efiri asosan, erituvchi sifatida ishlatiladi.
O`rtacha benzin – haqiqiy benzin. Qaynash harorati 70-120 ºC, zichligi 0,70 g/sm3 . Benzin fraksiyasi texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab aviatsion, avtomobil benzini va boshqalarga bo`linadi. Texnikada o`rta benzin fraksiyasi asosan dizel dvigatellari uchun yonilg`i sifatida ishlatiladi.
Og`ir benzin – ligroin. Qaynash harorati 120-140 ºC, solishtirma massasi 0,73-0,77 g/sm3 . Bu fraksiya dizel dvigatellari uchun yonilg`i sifatida ishlatiladi.
Hozirda Respublikami NQIZ larida A-66, A-72, A-80(76), AI - 91(93) va AI – 98 markadagi benzinlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari maxsus texnik shart bo`yicha oz miqdorda “Ekstra” benzini ham ishlab chiqarilyapti. Bu benzin AI – 95 ham deb yuritiladi. Benzin markalarining ko`pligi ekspulatatsiyadagi avtomobillar dvigatellari talablarining turli xilligi bilan izohlanadi.
Aviatsion benzinlarning bazali komponentlari sifatida katalitik kreking benzinlari, ba`zi hollarda reforming katalizatorlari qo`llaniladi. Ekspultatsion xossalarini yaxshilash uchun alkilat, toluol, antidetanatsion va antioksidlovchi prisadkalar qo`shiladi. Aviatsion benzinlarning B-95/130, B-95/115, B-70 navlari ishlab chiqrilmoqda. Karbyuratotli dvigatellar uchun mo`ljallangan yoqilg`ilar tarkibiga kiruvchi benzin fraksiyalarining taxminiy uglevodorodli tarkibi quyidagicha :
Do'stlaringiz bilan baham: |