Кимё-технология факултети кимёвий технология


Gazlarni adsorbsiya usuli bilan tozalash



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana15.11.2022
Hajmi1,13 Mb.
#866790
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Yusufjonov M

Gazlarni adsorbsiya usuli bilan tozalash 
Adsorbsiya usuli gaz aralashmasidagi zararli komponentlarni benzin 
bug`larini yutishga asoslangan. Bunda oltingugurt birikmalarini chiqarib olish 
elementar oltingugurtgacha oksidlab yoki oddiy adsorbsiya usuli bilan ajratib olish 
mumkin. Fizik adsorbsiya jarayoni H
2
S ni gaz (oqimidan) qattiq yutuvchi modda 
bilan selektiv adsorbsiyalashga asoslngan. Masalan, seolitlar bilan. Bu usulning 
afzalligi shundaki H
2
S bilan bir vaqtni o’zida seraorganik birikmalar va suv parlari 
ham yutiladi. Adsorbsiya usuli bilan tozalash qurilmasi Sho’rtongaz gazni qayta 
ishlash zavodida qo’llanildi. 


23 
 
 
 


24 
Atrof - muhit muhofazasi 
Tabiat — insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan resurslar manbaidir. 
Havo, suv, tuproq (atmosfera, gidrosfera va litosfera) mana shu uch tayanch 
tufayligina insoniyat abadiy mavjud bo‘la oladi. Insonlar faoliyati natijasida 
tabiatning o‘zgarishi shubhasiz. Bu o‘zgarish ishlab chiqarish kuchlarining 
taraqqiy etib borgani sari kuchayib boradi. Tabiatdagi hamma narsa bir-biriga 
uzviy bog'liq va nisbiy muvozanatda bo'ladi. Keyingi yillarda bu o‘zgarishlar 
shunchalik kengayib katta masshtabga yoyilib ketdiki, uning oqibatida tabiatdagi 
mavjud nisbiy muvozanatning buzilish xavfi tug‘ildi. Har yili dunyoda 120 mlrd.t 
ruda qazib olinadi. Uning atigi 2 foizidan foydalaniladi. 98 foizi esa chiqindi 
sifatida tashlanadi. 60 mln.t sintetik moddalar, 100 mln.t mineral o‘g‘it, 3 mln.t 
zaharli kimyoviy birikmalar ishlab chiqariladi. Bularning bari atrof-muhitni 
ifloslaydi. Atrof-muhitning ifloslanishi insoniyat sog‘lig‘i uchun katta xavf 
tug‘dirmoqda hamda ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga to'siq bo‘lmoqda. 
Shuning uchun ham atrof-muhitning muhofazasi umumbashariy muammoga 
aylandi. 
Neft va gazni qayta ishlash tizimida atrof-muhitning eng ko‘p miqdorda 
(75—80%) ifloslantiruvchi hisoblanadi, ya’ni yiliga bu korxonalardan 4,0 
mln 
tonna chiqindi chiqishi yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir. Neft va gazni 
qayta ishlash sanoatida o‘rnatilgan quvur va jihozlarni mos tanlash, ularning 
germetik holatlarini to‘liq ta’minlash va joriy sozlash ishlarini doimiy olib borish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bular uchun ham yo‘riqnomalar tayyorlangan. 
Respublikamizdagi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bu ishlarni har doim 
nazorat qilib turadi. 
Birinchi marta havoning ifloslanishi natijasida ommaviy kasallanish 1930- 
yili Belgiyada qayd etildi. 1952- yilda esa Londonda ushbu kasallik tufayli 4000 
kishi vafot etdi. Yevropa mamlakatlari va AQShda surunkali bronxid kasalligidan 
o‘lim har o‘n yilda ikki marta ortayotganligini aytib o‘tish kifoya. Xalqaro 
Sog‘liqni Saqlash qo'mitasining ma’lumotlariga ko‘ra har to‘rtta rak kasalligining 
uchtasi atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog'liq ekan. Ayniqsa, atrof-muhitdagi 
kimyoviy 
ta`sirlarning 
ortishi 
natijasida 
inson 
organizmida 
noqulay 
mutatsiyalarning hosil bo'lishi mumkinligi katta xavf tug'dirmoqda. Buning 
natijasida aqliy va jismoniy zaif chaqaloqlar tug'ilishi ko‘payadi yoki yangi 
qurilgan oilalarda chaqaloq tug‘ilmaydi, tug‘ilganda ham kasallik bilan tug‘iladi. 
Hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda tug‘ma kasalliklardan o‘lish, bolalar 
yuqumli kasalliklaridan o‘lishga qaraganda ko‘p. 
Dunyoda hozirgi kunda 300 dan ortiq tabiatni muhofaza qilish xalqaro 
tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Tabiatni qo`riqlash deganda, uning turli 
qismlari: atmosfera, suv resurslari, tuproq, yer osti boyliklari, landshafitlar, 
o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish nazarda tutiladi. Ularning barchasi 
bir-biri bilan ekologik bog`liq bo`lib, bittasining buzilishi boshqasining 
o`zgarishiga olib keladi. Masalan, tarkibida oltingugurt saqlovchi yoqilg'ini yoqish, 
atmosferani S0

gazi bilan ifloslanishiga olib kelsa, o`z navbatida S0
2
ning 


25 
havodagi suv bug`lari yog`inlar ta`sirida kislotaga aylanib yerga tushishi, tuproqni 
va suvni ifloslaydi.
Barcha mamlakatlarda zararli moddalaming me’yoriy darajasidagi 
konsentratsiyasi (MDK) ishlab chiqilgan. 0`zbekistonda hoziigi paytda sobiq 
ittifoq davrida qabul qilingan (MDK) amalda qo'llanilmoqda. Masalan, atmosfera 
ifloslanishining me’yoriy darajadagi konsentratsiyasi me’yori shunday 
konsentratsiyaki, kishiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir etmaydi. Uning ish 
qobiliyatini pasaytirmaydi. Kayfiyati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Ayrim moddalaming MDKsi quyidagi jadvalda berilgan. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish