11
6) narxi arzon bo'lishi.
Adsorbentning tanlovchanligi va uning
adsorbsion hajmi adsorbent va adsorbtivning
tabiatiga va molekulalarning tuzilishiga bog'liq
bo'ladi. Bunda adsorbentning solishtirma yuzasi
(massa yoki hajm birligidagi adsorbentning yuzasi)
va adsorbent g'ovaklarining o'lchamlari
muhim
ahamiyatiga ega. Bu ikkala kattalik bir-birlari bilan
uzviy
bog'langan.
G'ovaklarning
o'lchamlari
qanchalik kichik bo'lsa, adsorbentning solishtirma
yuzasi shunchalik katta bo'ladi. Bu holat adsorbent
faolligini kuchaytiradi. Adsorbentning faolligi
adsorbsiya
jarayonining
shart-sharoitlari
(temperatura, bosim, adsorbtivning muhitdagi
konsentratsiyasi)ga
ham
bog'liq
bo'ladi.
Temperaturaning
kamayishi, bosimning ko'payishi
(gaz va bug'lar uchun) va aralashmadagi kerakli component konsentratsiyasining
ortishi bilan adsorbentning faolligi kuchayadi. Adsorbentlar zarracha ichidagi
kapillar kanallarning kattaligiga qarab shartli ravishda radiuslari makrog`ovakli
2x10
-7
m dan katta, oraliq g`ovaklariniki 1,5x10
-9
m dan (1÷2)x10
-7
m gacha,
mikrog'ovaklilarniki esa 5x10
-10
÷ 1x10
-9
m bo'ladi.
Adsorbsiya jarayonining hususiyati adsorbent g`ovaklarining
kattaligiga
qarab xarakterlanadi. Makrog`ovakli adsorbentlarning solishtirma yuzasi kichik
bo`lgani uchun bunday adsorbentning devorlarida jjuda kam miqdorda modda
yutiladi. Makrog`ovakli adsorbentlarda yutilayotgan molekulalar ularning kanallari
orqali uatiladi.
Oraliq g`ovakli adsorbentlarning yuzasida adsorbsiya jarayoni davomida
yutilayotgan modda molekulalarining kattaligi g`ovak teshiklaridan kichik bo`lgani
uchun yutilayotgan modda qatlami hosil bo`ladi.
Mikrog`ovakli
adsorbentlarda
teshiklarning
kattaligi
yutilayotgan
molekulalarning kattaligiga teng bo`lib, adsorbsiya davomida mikrog`ovaklarni
hajmlari yutilayotgan moddalar bilan to`ladi.
Adsorbentning yuzasida yutilayotgan modda molekulalarining soniga nisbati
bir yoki ko`p molekulalar qatlami hosil bo`ladi.
Bu jarayon
mono
yoki
polimolekulali
adsorbsiya deyiladi.
Sanoatda adsorbent sifatida aktivlangan ko`mir, qattiq g`ovaksimon
moddalar, silikogel, selyuloza, seolilar,
tuproq jinslari, ion almashinuvshi sun`iy
smolalar (ionitlar) ishlatiladi.
Adsorbentlarning yana bir muhim xususiyati shundaki, bu uning yutish
qobiliyati yoki faolligidir. Adsorbent faolligi uning birlik massasi yoki hajmida
komponent yutish miqdori bilan belgilanadi. Yutish qobiliyati 2 xil, ya’ni statik va
dinamik bo‘ladi. Adsorbentning statik yutish qobiliyati massa
yoki hajm birligida
12
maksimal miqdorda modda yutishi bilan belgilanadi. Dinamik yutish qobiliyati esa
adsorbent orqali adsorbtiv o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Adsorbentlarning komponent yutish qobiliyati harorat, bosim va
yutilayotgan modda konsentratsiyasiga bog‘liq. Ushbu sharoitlarda adsorbentning
maksimal yutish qobiliyati muvozanat faolligi deb nomlanadi.
Adsorbentlar
zichligi, ekvivalent diametri, mustahkamligi, granulometrik
tarkibi, solishtirma yuza kabi xossalari bilan xarakterlanadi. Sanoatda ko`pincha
granula (2÷7 mm) ko‘rinishidagi yoki o‘lchamlari 50÷200 mkm bo‘lgan
kukunsimon adsorbentlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: