Tarbiyachi turli yosh guruhda quyidagi vazifalar bo’yicha ish olib boradi:
Kichik guruhlarda:
1. Bolalar tevarak-atrof, tabiat bilan yaqindan tanishadi.
2. Oddiy tabiat xodisalari bilan biladi.
3. Ta’limiy o’yinlar oqali tevarak atrofdagi xodisalar bilan tanishadi.
4. Tevarak va tabiat xodisalariga ta’rif berish orqali nutqi rivojlanadi.
O’rta vakatta guruhlarda:
1. Tevarak-atrof va tabiat bilan tanishtirishda davom etadi, nutqi rivojlanadi, turli tabiat xodisalariga mos bo’lgan tajribalarni o’rganadi.
2. Tabiat xojdisalariga o’z munosabatini bildiradi.
3. So’zlashuv nutqi (dialog nutqni) rivojlanadi.
4. Hayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.
5. O’z salomatligini asrash kerakligini tushunadi.
Maktabgatayyorlovguruhlarda:
1.Tevarak-atrof va tabiat bilan tanishtirishda davom etadi, nutqi rivojlanadi, turli tabiat xodisalariga mos bo’lgan tajribalarni o’rganadi va ularni o’zi mustaqil bajaradi.
2. Tabiat va tevarak atrofda sodir bo’layotgan xodisalar, yer osti boyliklari, transportlar, qurilish, insonlar hayotida yordam beruvchi robotlar, ma’ishiy texnika vositalari va ularning faoliyati haqidagi tushunchalari kengayadi. 3.O’yinlar , tajribalar orqali kattalar mehnatiga qiziqish ortib boradi.
4. Amaliyotda sinab ko’rish, tajribalar o’tkazish jarayonlarida o’ziga nisbatan ishonch ortadi.
5. Hayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarga kengayib boradi.
6. O’z salomatligini asrash kerakligini tushunadi va sanitariya qoidalariga rioya qiladi.
Mashg’ulot namunasi
Mavzu: Xo’roz, tovuq va jo’jalar (surat orqali).
Mashg’ulotning maqsadi: Bolalarni uy parrandalariining kishilar hayotida tutgan o’rni, foydasi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Bolalarning e’tiborini parrandalar tanasining asosiy qismlariga qaratish. Ularning xatti-harakatiga aniqlik (uchadi,qo’noqqa qo’nadi,cho’qiydi) kiritish. Bolalarni parrandalarning ko’payishi haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Parranda poloponlari tuhumdan chiqqanda ularning tanasi yung yoki pat bilan qoplanmagan, ko’zi yumuq bo’lishi, ota-onalari ular haqida g’amxo’rlik qilishlari, isitishi, ovqatlantirishi, dushmanlardan qo’riqlashi, ovqat izlab topish, yurish, uchish, tirmashib chiqish va sakrashga o’rgatishlari haqidagi tushunchalarini aniqlash va kengaytirish. Parrandalarga nisbatan g’amxo’r bo’lishga o’rgatish.
Mashg’ulot jihozlari:“Xo’roz, tovuq va jo’jalar” surati
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga ko’rinarli qilib “Xo’roz, tovuq va jo’jalar”suratini ilib qo’yadi. Bolalar rasmni ko’rib chiqadilar va suratdan xo’roz, tovuq, jo’jalarni topadilar. Tarbiyachi bolalardan xo’roz tovuqdan, tovuq jo’jalardan nimasi bilan farq qilishini so’raydi.
Tarbiyachi: Bolalar, xo’roz, tovuq va jo’jalar qaerda yashaydilar? To’g’ri, bolalar xonodonlarda. Ularni odamlar boqadilar. Xo’roz, tovuq va jo’jalarga don, no’xat, bug’doy berib boqishadi. Bolalar, suratga qarang, xo’roz qanday? To’g’ri, xo’roz katta.Xo’roz qanday ovoz chiqaradi? Tovuq qanday? To’g’ri, tovuq katta. Tovuq qanday ovoz chiqaradi? Tarbiyachi bolalar bilan xo’roz, tovuq va jo’jalarning ovozlarini imitatsiya qiladi (Qu-qa-ra-qu-qu, qoq-qoq, chip-chip) .
Jo’jalar-chi? Jo’jalar kichkina. Jo’jalarning rangi qanday? (sariq, qora). Suratda sariq jo’jalar nima qilishyapti? Qora jo’jalar nima qilishyapti? Kimning uyida tovuq, jo’jalar bor? Ularga don, suv berganmisiz? Tovuq donni cho’qilab yeydi. CHunki tovuqning tishi yo’q. Tumshug’i bilan cho’qilab yutib yuboradi. Tovuq o’z jo’jalarini qanday parvarish qiladi? Yegulik topib olsa jo’jalarni yoniga qanday chaqiradi? To’g’ri, tovuq jo’jalarga yegulik topib olsa “qoq-qoq-qoq-qoq” deb chaqirib oladi. Jo’jalar o’zlari yegulikni qaerdan qidirishadi? To’g’ri, yerni oyoqlari bilan titkilashadi? Jo’jalar yegulikni tumshuqchalari bilan cho’qilaydilar.
Jo’jalar ko’pincha qaerda o’ynashadi? To’g’ri, bolalar, jo’jalar ko’pincha onalarining qanotlari ostiga, tovuq yerda yotganda jo’jalar onalarining ustida ham chiqib o’ynashadi. Tovuq jo’jalarini yomg’ir yoqqanda yoki mushuk yoqinlashganda qanotlari ostiga olib asraydi.
Mashg’ulot oxirida «Tovuq va jo’jalar» o’yini o’ynaladi.
Bolalarbilimlarinimustahkamlashuchunsavolvatopshiriqlar:
-Qanday suratni ko’rdik?
-Xo’rozning rangi qanday?
-Tovuqning rangi qanday?
-U kattami? Kichikmi?
-Qanday jo’jalarni ko’rdik?
-Qanday o’yin o’ynadik?
Do'stlaringiz bilan baham: |