Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tadbirkorlik turlari, subiektlari va shakllari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi tadbirkorlik shakllari mavjud:
Faoliyat yo’nalishi bo’yicha; ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va innovatsiyon tadbirkorlik faoliyati.
Tadbirkorlikning qanday vazifani bajarishga yo’naltirilganiga qarab; ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik va maslahatchlikka qaratilgan tadbirkorlik.
Faoliyat turlarining soni bo’yicha; bitta sohadagi va ko’p tarmoqli tadbirkorlik.
Faoliyat murakkabligi bo’yicha; maxsus bilim talab qilmaydigan, maxsus bilim talab qiladigan, yuqori texnologiya va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik.
Faoliyatning tarmoq yo’nalishlari bo’yicha; sanoat, agrosanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi tadbirkorlik.
Tadbirkorlikning subiektlari jismoniy va yuridik shaxslar bo’lishi mumkin.
Yuridik shaxslar deb o’ziga tegishli alohida mulkka ega bo’lgan, o’z nomidan mulkiy va nomulkiy huquqlarni va majburiyatlarni olaoladigan, sudda, arbitrajda va hakamlik sudida da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilotlarga aytiladi.
Yuridik shaxslarning quyidagi belgilari bo’ladi: o’z nizoming borligi, yuridik shaxs bo’lib davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi tegishli hokimlik qarorining mavjutligi, o’ziga tegishli mol – mulkning borligi, bankda akohida hisob raqamining bo’lishi, o’z belgisi tushirilgan dumaloq muhri va burchak shtampining, zarur hollarda, tegishli ish qog’ozlari va firma btlgilarining borligi.
Tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari mavjud:
xususiy tadbirkorlik jismoniy yoki yuridik shaxslar (korxona) tomonidan amalda o’zining shaxsiy (xususiy) mulki asosida tashkil qilinadi.
jamoa tadbirkorligi – fuqarolar guruhining jamlanma mulki asosida tashkil qilinadi.
aralash tadbirkorlik – bitta (yoki bir nechta) yuridik shaxs (korxona) va bir nechta jismoniy shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil qilinadi.
qo’shma tadbirkorlik – ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar (shu jumladan chet el korxonalari) mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilinadi.
shartnomaviy tadbirkorlik – mulk egasi bo’lmagan korxona rahbari (yoki boshqa masul lavozimdagi xodim-menedjer) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda mulk egasi yoki uning ishonchli vakili (idorasi) tomonidan ishlab chiqarishni uyishtirish va bajarish bo’yicha belgilangan huquq majburiyatlar va javobgarlik ishga olingan tomonga, ya’ni korxona rahbari yoki boshqa masul lavozimdagi xodimga yuklanadi.
korxona rahbari (yoki menedjer) huddi ishbilarmon fuqaroga mos tartibda ro’yxatga olinadi va u kabi ma’suliyatga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |