Kichik biznesda tadbirkorlik taraqqiyotining sabab va omillari


Tadbirkorlik kafolatlari va uning qo’llab-quvvatlanishi davlat idoralarining tadbirkorlar huquqini buzganliklari uchun javobgarligi



Download 73 Kb.
bet4/4
Sana06.07.2022
Hajmi73 Kb.
#750322
1   2   3   4
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik taraqqiyotining sabab va omillari.

Tadbirkorlik kafolatlari va uning qo’llab-quvvatlanishi davlat idoralarining tadbirkorlar huquqini buzganliklari uchun javobgarligi.
Qonun hujjatlarida bayon etilishicha davlat tamonidan tadbirkorlarga quyidagilar kafolatlanadi:

  • Fuqoralarning va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, korxona bunyod etish va buning uchun zaruriy mulk sotib olish huquqlari;

  • Amaldagi qonunchilik va shartnomalar asosida barcha tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish;

  • Tadbirkorlik faoliyatining ilmiy – texnikaviy va huquqiy jihatdan qo’llab – quvvatlanilishi;

  • Tadbirkorlik xavf – xatari va tavakkalchiligini sug’urta qilish;

  • Tadbirkorlar bilan shartnoma tuzgandan so’ng ular faoliyatiga shartnomada ko’rsatilgan holatlardan tashqari, mulk egasining va har qanday uchinchi shaxsning aralashishi ma’n etiladi;

Tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish va uni keng targ’ib qilish va yoyish niyatida davlat axborot maslahati, ilmiy – tadqiqot markazlari, innevatsiyon fondlar va boshqa tashkilotlar tuzib, iqtisodiyotning ushbu sohasining rivojlanishiga yordam beradi.
Kichik biznes bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar va kichik korxonalar yirik tovar ishlab chiqaruvchilar bilan davlatning maxsus madadisiz raqobatchi bo’lolmaydilar.
Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab – quvvatlash quyidagi asosiy masalarni yechish yo’li bilan amalga oshirilishi kerak:

  • Kichik biznes subiektlarini bozorga to’sqinliksiz kirishiga sharoit yaratish;

  • Iqtisodda xususiy sektorlarning o’sishiga sharoit yaratish;

  • Tadbirkorlikni davlatning muhim ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarini yechishga jalb qilish.

Mamlakatda kichik va o’rta biznesni taraqqiy toptirish uchun qonuniy asos bo’lib “Tadbirkorlik”, “Bank va Bank faoliyati”, “Yakka hokimlikka barham berish va raqobatni rivojlantirish”, “Hissadorlik jamiyatlari”, “Qimmatbaho qog’ozlar va fond birjasi”, “Tovar birjalari”, “Chet el investitsiyalari”, “Garov” to’g’risidagi qonunlar hamda yer, xo’jalik (protsesual), bojixona, ma’muriy va soliq kodekslari xizmat qiladi.
Hamdo’stlik mamlakatlari hukumatlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatini qo’llab quvvatlash to’g’risidagi davlat dasturlari maqullangan. Bu sohadagi davlat boshqaruv idoralarining va ishbilarmonlarning o’z aro munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun zarur chora – tadbirlarni, moliyaviy – kredit, investitsion axborot, kadrlar va boshqa masalalarda hamkorlik qilish ko’zda tutilgan. Bunda eng muhim masala tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida kichik va o’rta tadbirkorlikni taraqqiy toptirish ekanligi belgilab qo’yilgan.
Davlat boshqaruv masalalarida tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash maqsadida maxsus tarkibiy bo’linmalar bunyod etilgan.
Har xil mulk shakliga ega bo’lgan korxona va tashkilotlar tomonidan tadbirkorlar, jamoa tashkilotlari tizimi shakllantiriladi. Ular ichida eng yirigi va yuqori obro’ga ega bo’lganlari: ilmiy – sanoat, assotsiyatsiyasi, tadbirkorlar va ijarachilar ittifoqlari, tovar ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar palatasi va boshqalardir. Mustaqil davlatlarda shaxsiy farmonlar asosida so’ngi yillarda MDH davlatlarida xususiy firmalar ta’sischiligida turli investitsiyon fondlar tashkil etilgan.
MDH davlatlarida tadbirkorlikni taraqqiy toptirishda muhim qadam bo’lib tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlash fondlarining yaratilishi bo’ldi. Ular quyidagilarni amalga oshiradi:

  • tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq dasturlarni ishlab chiqarish va ularni amalgam oshirishni mablag’ bilan ta’minlash;

  • tadbirkorlikni hududiy taraqqiy toptirish dasturini moliyaviy qo’llab – quvvatlash, xususiy tadbirkorlikni bevosita investitsiya qilish va tadbirkorlarni moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlashning boshqa turlarini amalgam oshirish;

  • xorijiy mamlakatlardagi shu kabi fondler va boshqa tashiklotlar bilan o’z aro manfaatli aloqalar o’rnatish va taraqqiy toptirish. O’zbekistonda bunday faoliyatni biznes fond bajarmoqda.

Respublika biznes fondi ish ko’lamini kengaytirish maqsadida barcha viloyatlar, tuman va shaxarlarda uning hududiy bo’linmalari bunyod etildi. Ular tadbirkorlikni faqat yirik shaxarlarda emas balki butun respublika bo’yicha rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Kichik biznesni qo’llab – quvvatlash shakllaridan biri tadbirkorlarni qo’llab – quvvatlash markazlarini tashkil etishdir. Bunday maqsad tadbirkorlarga o’z mablag’laridan imtiyozli kreditlar berish, banklar orqali kredit bilan tqa’minlashda kafolat bo’lish, xodimlarini tayorlash, maslahat xizmatini ko’rsatish va ularga moddiy texnika vositalari va binolar olishda ko’maklashishdir.
Davlat masalalari yoki boshqa tashkilotlar, shuningdek ulardagi amaldor shaxslarning qonunlarda ko’zda tutilgan va bu idoralar vakolat doirasidan tashqari holatlarda tadbirkorlar faoliyatiga aralashishiga ruxsat etilmaydi. Davlat idoralari tomonidan qonunni buzish evaziga tadbirkorlarga yetkazilgan zarar ayibdor idoralar yoki amsldor shaxslar hisobiga qoplanadi. Ko’rilgan zararni qoplash bilan bog’liq bo’lgan mojorolar sud muassasi yoki xo’jalik sudi orqali ularning vakolat doirasida hal etiladi.
Tadbirkorlikni tashkil qilishning eng oddiy shakli bu yakka xususiy tadbirkorlikdir.
Xususiy tadbirkorlik – xo’jalik yuritishning shunday tashkiliy – huquqiy shakli – ki, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo’ladi va faoliyatdan kelgan daromadni (turli to’lov va soliqlar to’langanidan keyin) hammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavf – xatar va tavakkalchilik uchun yakka o’zi javob beradi.
Tadbirkorlikning ushbu shakli chakana savdoda, umumiy ovqatlanish sohasida, maslahat sohasidagi biznesda, maishiy xizmatlarda, fermerchilikda, tibbiyotchilik amaliyotida va hunarmandchilikda ko’proq uchraydi. U ikki xil ko’rinishda tashkil qilinishi mumkin: a) individual – ya’ni korxona tashkil qilmasdan va b) xususiy korxona – ya’ni yuridik shaxs tashkil qilgan holda.
Xususiy tadbirkorlikning afzalliklari:

  • ishni tashkil qilishdagi oddiylik, to’la mustaqillik, harakatdagi erkinlik va tezkorlik. Tadbirkor biror qaror qabul qilishda yuqori tashkilotlarga murojaat qilishining yoki sheriklar roziligini olishiningzarurati yo’q;

  • ishga qiziqtiruvchi sabablarning ko’pligi, chunki barcha foyda faqat mulkning yolg’iz egasiga kelib tushadi va u ko’proq ishlashga rag’batlanadi, ish ustidan kerakli nazorat o’rnatish, ehtiyotlik bilan qaror qabul qilish va ish ko’lamini yanada kengatirishga intiladi.

  • Konfidentsiyallik (ishdagi maxfiylik) saqlanadi. Ba’zi bir biznes turlarida maxsus uslub, yo’llar, texnologiyalar tadbirkorlik faoliyatining asosiy boyligini (kapitalini) tashkil qiladi. Xususiy tadbirkorlik maxfiylikni saqlashga imkon yaratadi.

  • Xususiy tsdbirkorlikda uning tashkiliy – huquqiy shaklini o’zgartirish nisbatan engil ko’chadi (masalan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar tuzish).

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish