Kichik biznes



Download 0,78 Mb.
bet22/243
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271099
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   243
Bog'liq
ARM Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011 (1)

Ishlab chiqarish omillari. Ma'lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o' z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo'linadi.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va

jihozlar, ·o lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi,

transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob­ uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari kiradi.

Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko'priklar, neft quduqlari, ko'mir koni qatlamlari va shunga o'xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quvvatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli uzatkich quvurlari, nefu. va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quvvatli mashinalarga turli dvigatellar, turbinalar, bug' qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi ishchi mashina va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi l..{exlaming barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlaming bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlaming asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo' I, havo yo' llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi.

Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg' i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta'mirlash uchun zarur ehtiyot va butlash qismlari tashkil etadi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, ·o zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.

Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neftb, ko'mir, gaz va boshqalar), qishloq xo'jaligi mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xomashyoni tashkil etadi. Materiallar esa ma'lum qayta ishlash

jarayonidan o'tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo' ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo'lajak tayyor mahsulot (temir, yog'och, mato)ning asosini tashkil etadi, yordamchi materiallar (bo'yoq, tugma va boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash materiallari) ishlab chiqarishjarayoniga yordamlashadi.

Asbob-uskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga kiritiladi. Asbob-uskunalaming xizmat muddati bir yildan oz bo' Isa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o'zida tayyorlangan turlariga bo'linadi. Yarim tayyor mahsulotlar iste'molga tayyor bo'lmagan bo'lib, uni boshqa uex firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot bo'lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o'z ishchi joyida turadi. Uni me'yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo'linmasiga berilmay, shu sexning o'zida qiyomiga yetkaziladi.

Kelajakdagi xarajatlarga alohida to'xtalish lozim. Bu xarajatlar yangi mahsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo' lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi. !shchi kuchini tadbirkor e' Ion, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma'lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. So'ngra tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan mahsulotlami sotish bozori haqida axborot to' playdi.




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish