11-MАVZU. KICHIK BIZNES VА XUSUSIY TАDBIRKORLIK IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLАNISH GАROVIDIR
REJA:
1. Oʼzbekistonda kichik biznesni belgilovchi mezon sifatida koʼrsatkichlari
2. Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni belgilovchi koʼrsatkichlar
1. Oʼzbekistonda kichik biznesni belgilovchi mezon sifatida koʼrsatkichlari
1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining nazariy va amaliy jihatlari itstisodchi olimlar tomonidan chuqur tadtsits silingan. Itstisodchi- olimlar “biznes” tushunchasini “ish”, “munosabat”, “mashgulot” foyda olishga saratilgan bozor munosabatlari subʼektlarining Iqtisodiy faoliyati deb taltsin etadilar.
Kichik biznes va tadbirkorlik subʼektlari, ularning faoliyati xatsida gapirganda, ushbu subʼektlar faoliyat olib borayotgan muhit - iqtisodiy, ijtimoiy va qonuniy tizim muhimahamiyatga ega. Yaʼni, kichik biznes va tadbirkorlik subʼektlari uchun maʼlum iqtisodiy zona mamlakat misolida olinadigan boʼlsa, shu mamlakatda ushbu faoliyat bilan shugʼullanishning qonuniy asoslari say darajada yoʼlga quyilgan va u amaliyotda qanday ishlamotsda; mamlakatda kichik biznes va tadbirkorlik bilan shugʼullanish uchun iqtisodiy imkoniyatlar mavjudmi, ushbu faoliyat turlari bilan shugʼullanishning ijtimoiy jihatlari oʼzida nimalarni mujassam etadi, degan savollar tugilishi tabiiy. Shunday ekan, yuqoridagi faktorlarni oʼz ichiga oluvchi Oʼzbekistondagi kichik biznes va tadbirkorlik muhitini oʼrganish va uning oʼziga xos xususiyatlarini ochib berish ushbu sohani yanada chuqurrots oʼrganish imkoniyatini yaratadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishidagi oʼrni va ahamiyati bu soha tomonidan amalga oshiradigan vazifalar orqali namoyon boʼladi. Bunday vazifalarning turli-tumanligi esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining jahondagi barcha mamlakatlar uchun xam, oʼziga xos xususiyatlarga ega boʼlganalohida bir mamlakat uchun xam qandaydir darajada ahamiyat kasb etishidan darak beradi.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda asosiy qonuniy xujjat - 2000 yil 25 mayda sabul silingan Oʼzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugʼrisida”gi qonuni xizmat qiladi. Ushbu Qonunning asosiy vazifasi fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligiuchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati subʼektlarining xuquklari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilishdan iborat.
Oʼzbekiston Respublikasida tadbirkorlik subʼektlari deb, belgilangan tartibda ruyxatdan oʼtganhamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga aytiladi. Kichik tadbirkorlik subʼektlariga esa, yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar kiradi.
Xozirgi tadbirkorlar avlodi yangidan shakllangan boʼlsa, ularning keyingiavlodi oʼzini-oʼzi qaytadan yaratish asosida yuzaga keladi. Tadbirkorlar toifasining shakllanib ulgurishi oʼtish davrining tugallanganligini bildiradi, chunki iqtisodiy bozor koidalariga amal kiluvchi faol kishilar kuliga utadi.
Tadbirkorlikning amaliy shakllari qonunxoʼjatlari asosida belgilanadi va aniqkoʼrinishga ega boʼladi. Tadbirkorlik faoliyati firma (korxona) doirasida va idividual yakka tarzda yuritiladi. Birinchi shaklda yuridik shaxslar, ikkinchi shaklda jismoniy shaxslar tadbirkorligi yuz beradi. Tadbirkorlik asosan firmalarda va fermer xoʼjaliklarida kechadi. Firma ayrim korxona va korxonalar birlashmasi shakliga ega.
Kichik biznesning potentsial imkoniyatlari uni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor berishga majbur qiladi. Mamlakatimizda kichik biznes sektorining ragʼbatlantirilishi respublika ijtimoiy- Iqtisodiy rivojlanishining xal kiluvchi strategik omillaridan hisoblanadi.
Bir kator xukumat karorlari natijasida boshlangan kichik korxonalarni yaratishni ragʼbatlantirish jarayoni keyingi yillarda iqtisodiyda ular ahamiyatining oshishiga olib keldi.
Xozirgi kunga kadar, iqtisodiyning ushbu sektorini rivojlanishini belgilab beruvchi bosqichlar mamlakatimizda bozor munosabatlarining bosqichma-bosqichasosda shakllanib borishining taʼsiri bilan harakterlanadi.
^anday shaklda, kanday koʼrinishda bulmasin, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari iqtisodiyjarayonlarda faol katnashib, mamlakatda yalpi ishlab chiqarishning barqaroroʼsishini, mamlakatimiz eksport salohiyatining ortishi, bandlik darajasining ortishi va boshqa bir kator afzalliklari bilan dikkatga sazovor boʼlib kelmokda.
Keyingi un yillikda jahondagi yetakchi mamlakatlar iqtisodiyida kichik biznesning roli sezilarli darajada oʼzgardi. Mazkur sohada YaIMning salmokli kismi tobora koʼprok ishlab chiqarilmokda, ishchi kuchi aksariyat kismining ish bilan bandligi taʼminlanmokda, barcha innovatsiyalarning yarmidan koʼprok kismi yaratilmokda.
Jahon tajribasining tahlili shuni kursatadiki, kichik biznesni rivojlantirishdan kator mamlakatlarda iqtisodiysiyosatning oʼziga xos dastagi sifatida foydalanib kelinmokda. Jumladan:
1) ishchi kuchi bandligini taʼminlashning asosiy sohasi;
2) iqtisodiyning innovatsiya salohiyatini rivojlantirish manbai;
3) ishlab chiqarish faoliyatining yangi shakllarini izlash va joriy etish manbai;
4) davlat byudjetini solik bilan toʼldirish (masalan, Germaniyada soliklarning deyarli yarmini kichik biznes taʼminlaydi);
5) ishlab chiqarish pasayishining oldini olish (Vengriya, Chexiya, Polьsha);
6) yirik biznes bilan uzviybogʼlik holda, mamlakatning barqaror rivojlanishi hamda uning iqtisodiyi raqobatdoshligini oshirishning asosi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyatli tomonlaridan yana biri shundaki, u yirik kompaniyalarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni bilvosita ragʼbatlantiradi. Koʼpincha kichik korxonalarning yirik yakkaxukmron ishlab chiqarishga bogʼlikligi taʼkidlanadi. Biroq bu bogʼliklik bir tomonlama bulmasdan, aslida yirik korxonalar faoliyatini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yordamisiz tasavvur etish mumkin emas. Koʼplab mayda va oʼrta kompaniyalar yirik korxonalar uchun turli ishlarni bajarib, butlovchi detalь va kismlarni yetkazib berib, ularning ichki pudratchisiga aylanadi. Ichki pudrat tizimi yakkaxukmron ishlab chiqaruvchilar uchun uta foydalidir. U boshqaruvharajatlarini qiskartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish, unchalik foyda bermaydigan turli ishlarning katta kismini mayda tadbirkorlarga yuklash orqali yakkaxukmron korxonalarning kapital tejashiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |