Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni



Download 1,9 Mb.
bet3/4
Sana01.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#301736
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Ushbu me’yorlar haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga bo’lgan talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga bo’lgan munosabatiga o’z ta’sirini o’tkazadi, bu esa, o’z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bo’lgan munosabatga ta’sir etadi.

    • Ushbu me’yorlar haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga bo’lgan talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga bo’lgan munosabatiga o’z ta’sirini o’tkazadi, bu esa, o’z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bo’lgan munosabatga ta’sir etadi.
    • Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. SHuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu narsa birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya’ni korxonalarni ro’yxatdan o’tish jarayonining qisqa va oddiy bo’lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini takomillashtirish; O’zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir.
  • Qonunlar
  • Qonunlarning asosiy mohiyati
  • 1
  • 2
  • Trestlarga qarshi qonuni (1890 y.)
  • a) monopoliya yoki monopoliyalashtirishni taqiqlash;
  • b) shtatlararo yoki tashqi savdoni cheklashga qaratilgan turli xildagi shartnoma, kelishuv va birlashmalarni ta’qiqlash.
  • Oziq-ovqat mahsulotlari va meditsina preparatlarining sifatliligi haqidagi qonun (1906 y.)
  • SHtatlararo savdo-sotiqqa qalbakilashtirilgan yoki marka yopishtirilmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, sotishni taqiqlash. Bu qonun 1938 yilda oziq-ovqat, dori-darmon va kosmetika vositalari haqidagi Federal qonuniga almashtirildi. 1958 va 1962 yillarda unga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi.
  • Federal savdo komissiyani ta’sis etish haqidagi qonun (1954 y.)
  • «Savdoda raqobatning vijdonsizlik uslubi noqonuniyligi» ni tekshiruvchi idorani-komissiyani ta’sis etishni nazarda tutadi.
  • Kleyton qonuni
  • (1914 y.)
  • Amaliy faoliyatning ayrim turlarini taqiq yetuvchi SHerman Qonuniga qo’shimcha ki­ritildi (narxlarni kam-sitish turlarini aniqlash, shartnomaga hamkor harakatini cheklovchi moddani kiritish, sotishning cheklash tajribasini qo’llash, boshqa korporatsiyalar aktsiya-lariga ega bo’lish, qo’shma direktorat tashkil etish).
  • Uiler Li qonuni
  • (1938 y.)
  • Raqobatga zarar keltirish yoki keltirmaslikdan qatiy nazar nopok, firib harakat va usullarni taqiqlash; oziq-ovqat, dori-darmon reklamasi ustidan Federal savdo komissiyasining nazoratini ta’sis etish.
  • Tovarning aslligi uning o’rami va markasida aks etishi haqidagi qonun (1966y.)
  • Keng iste’mol tovarlar o’rami va markalashiga qoida joriy etilishi o’ram ichida nima borligini, ishlab chiqargan shaxs nomini va o’ram ichidagi narsaning aniq miqdorini ko’rsatishni talab qiladi.
  • Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishligi haqidagi qonun (1972 y.)
  • Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishi bilan bog’liq muammolar bo’yicha komissiya ta’sis etilishi va unga iste’mol tovarlariga nisbatan xavfsizlik standartlarini qo’llash va ushbu standartlarga rioya qilmasligi uchun sanktsiya qo’llash vakolati berildi.
  • Qarzlarni vijdonan undirib olish haqidagi qonun (1978 y.)
  • Qarzlarni undirib olishda odamlarni qo’rqitish, ta’qib qilish, ayovsizlarcha munosabatda bo’lish, tuhmat qilish noqonuniy deb e’lon qilindi.
  • 1-jadval. AQSHda tadbirkorlik sohasida uzoq yillar mobaynida amal qilayotgan qonunlar tizimi 
    • Kichik biznes va tadbirkorlik muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar.
  • Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo’lishi kerak.
  • Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o’zida ishbilarmonlik funktsiyalarini amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to’rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o’zaro bog’likligi natijasida amalga oshiriladi. Ular ijobiy yoki rag’batlantirish ko’rinishida ham shakllanishi mumkin.
  • Agar tadbirkor ma’­lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, u holda u o’zgaruvchanlik, barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to’g’ri kelmaydi. Amalda ko’p hollarda tadbirkorlik muhitining ma’lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta’sir ko’rsatadi, deb bo’lmaydi. CHunki, tadbirkorni ko’proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omillarning o’zaro bog’liqligi qiziqtiradi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish