KICHIK BIZNES KORXONALARI UCHUN BIZNES REJA ISHLAB CHIQISH
Biznes rejaning mohiyati va ahamiyati
Biznes-reja - bu aniq vaziyatda biznesning mohiyati, uni amalga oshirish, kengaytirilishi aks etadigan xujjat. Kichik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag‘ ishlatishni va shu mablag‘ qancha foyda keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Biznes-reja u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi. Shu bilan birga u funktsional vazifalariga ko’ra ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog’liq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi
Kichik biznеs boshqaruvchilari uchun biznes-reja xo’jalik boshqaruvi vositasi sifatida namoyon bolishi lozim.
Aniq va togri ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi.
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:1
biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;
korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;
pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.
Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, to’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.
Biznes-reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday bo‘lishligini, omonat bankka qo‘yilgan shu miqdordagi mablag‘ keltiradigan foizdan ko‘p bo‘lishini ta’minlashini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Biznes rejada ilg‘or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish tashkil qilish va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv va moliya muammolarini hal qilishi kerak. Biznes-reja kichik biznes boshqaruvchisi tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa muammolar bo‘yicha maslaxatlar kerak bo‘lsa, bu ishga boshqa soha mutaxassislari jalb kilinishi mumkin. Odatda bunday rejalar 3-5 yil mudadtga tuziladi. Tadbirkorlik tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar sayin batafsil, keyingi yili - taqvimlar bo‘yicha, keyinchalik yil bo‘yicha hisoblanadi. Biznes-reja kerakli tashkilotlar(omonatchilar) tasdig‘idan o‘tgan taqdirda (xissadorlik jamiyati bo‘lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Shunday qilib, kichik biznes korxonasi faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yo’naltirilgan real biznes-reja ko’proq muvaffqaiyatga erishishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |