Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish. Bu bo‘limda tovarlar (xizmatlar) assortimenti, ular-ning ro‘yxati, oylik yoki yillik sotilgan mahsulot soni va hajmi beriladi. Bu bo‘limning maqsadi-kreditorlarni (banklarni), investorlarni yoki yangi foydalanuvchilarni mahsulotdan ko‘p foyda olish mumkinligiga ishontirishdir. Ammo, ishbilarmon har xil vaziyatlarda investorni o‘z mahsulotining raqobatchi tovardan afzalligi borligi bilan ishontira bilishi kerak. Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon o‘z haridoriga ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmat turlarini taklif qilishi mumkin. (Masalan: uyga transport vositalari yordamida bepul yetkazish, narxni kamaytirish, kafolatlangan ta’mirlash ishlarini bajarish va boshqalar).
Marketing sohasining yo‘nalishi. Bu bo‘limda quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi: ishbilarmon tanlagan tovarlar va ularni sotish usullari; mahsulotni oluvchi haridorlar; narx siyosati; haridorlarga xizmat ko‘rsatish uslubi va bozorni kengaytirish usullari (ya’ni haridorlarni izlash).O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib va bozorni o‘rgangandan so‘ng, ishbilarmon, ommaviy tovar strategiyasini yoki ixtisoslashgan strategiyani tanlaydi. Shuningdeq u, mahsulotni qanday usul-lar bilan o‘tkazishni ko‘rib chiqadi: mahsulotni ulgurji, cha-kana sotish, ishchi kuchi va pul harajatlari hisoblanadi.
Bozorni segmentlash kichik firmalar uchun ham maqsadga muvofiqdir. U doimiy va potensial haridor aniqlangach, qanday hajmda mahsulot ishlab chiqarish kerakligi haqidagi savol bo‘yicha ma’lumotlar tahlili asosida hal qilinadi.
Boshqarish rejasi. Boshqaruv sohasidagi reja korxonaning boshqaruv tuzilmalari tahlili, ya’ni ishlab chiqarishni boshqarish texnologiyasining to‘zilishini rejalashtirish demakdir. Aslida u katta hajmda bo‘lmaydi (2-3 varaq), lekin bu bo‘lim ham asosiy bo‘limlardan hisoblanadi, chunki biznesdagi, ayniqsa kichik biznesdagi omadsizliklar birinchi galda boshqaruvning to‘g‘ri rejalashtirilmagan oqibatidir.
Bo‘limning boshida ishbilarmonlikning tashkiliy-huquqiy shakli beriladi. Boshqaruvchi organning tarkibi ko‘rib chiqiladi, korxonadagi yordamchi bo‘limlar va xizmatlar hamda ularning vazifalarini taqsimlash ko‘rsatiladi. Eng asosiy masala korxona boshqarish tuzilmasining samaradorligi hisoblanadi. Bo‘limning oxirgi qismida korxonaning tezkor rejasi yoki ish grafigini qisqacha shaklda berish maqsadga muvofiqdir.
Yuridik reja. Agar firma katta bo‘lib, u o‘zoq mudadtga mo‘ljallangan ishni rejalashtirayotgan yoki “yangi” ish boshlayotgan bo‘lsa yuridik reja mustaqil bo‘lim bo‘lib tuziladi. Bunda firma to‘g‘risida ma’lumotlar bilan bir qatorda, masalan, firma siyosati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, raqobat kurashining halolligi, ishning qonunga muvofiqligi, shartnoma va rejalarning o‘z vaqtida bajarilishi daromad manbalari va boshqalar berilishi mumkin. Bu bo‘limni yozish uchun, odatda, mutaxassis - yurist taklif qilinadi.Ayniqsa huquqiy me’yorlar o‘zgarganda kichik biznes boshqaruvchisi huquqiy sohada yaxshi bilimdon bo‘lishi kerak chunki bunaqa o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish yoki ularni o‘z vaqtida payqash va tushunish qonun buzilishining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |