Moliyaviy reja. Moliyaviy reja yaqin 3-5 yil uchun moliyaviy natijalarni rejalashtiradi, agar korxona bir necha yil ishlayotgan bo‘lsa, o‘tgan davrga moliyaviy xisobot qilina-di.Moliyani rejalash-tirishning asosiy qismlari quyidagi xujjatlarni o‘z ichiga oladi:sotish hajmi bashorati; pul harajatlari va tushumlar balansi; daromad va harajatlar jadvali; korxonaning aktiv va passivlari boshlang‘ich balansi;zarar ko‘rmaslikga erishish grafigi.Bo‘limning oxirgi qismida, odatda korxonaning moliyaviy strategiyasi yoritiladi. Uning umumiy jihatlari tavsiflanadi va rejalashtirilgan 3-5 yil davrga ishlab chiqarishni moliyaviy ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Birinchi navbatda, tadbirkor, olingan va boshlang‘ich ma’lumotlar asosida loyihani amalga oshirish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishini aniqlaydi. Undan so‘ng u qayerdan mablag‘ olishni, qaysi muddatlarda olingan mablag‘larni qaytarishni, investorlarning korxonaga ko‘yilgan mablag‘larni qachon va qancha foiz bilan qaytarib, olishlarini belgilaydi. Bunday ma’lumotlar bank va kredit beruvchi tashkilotlarga ham zarur bo‘ladi. Bu bo‘limni sinchiklab, mukammal ishlab chiqilishi tadbirkorlikdagi xavf-xatar va tavakkalchilikni kamaytiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi. Kichik biznes korxonasi yoki tadbirkor tashqi bozorga chiqmoqchi bo‘lsa va u yerda o‘z mavqeini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, u holda biznes-rejaning ushbu bo‘limi ishlab chiqiladi. Bu bo‘limdan tovarni qaysi davlatga chiqarilishi, sotish hajmi, bo‘lg‘usi valuta tushumi, mavjud aloqalar haqida axborot beriladi. Rejada tashqi iqtisodiy aloqa shakllar ya’ni tashqi savdo, xalqaro hamkorliq kapital qo‘yish, korxonani qayta jixozlash, takomillashtirish; ilmiy, sanoat yoki ekologik loyihalarni birgalikda ishlab chiqarish; olimlar, mutaxassislar, ishchi kuchi bilan o‘zaro almashish, respublika territoriyasida boshqa davlatlar bilan qo‘shma korxona tuzish)ni tanlashda alohida ahamiyat beriladi. Chet el investitsiyalarini jalb qilishni rejalashtirgan tadbirko-rlik tuzilmalari tashqi iqtisodiy faoliyatning investitsion loyixasini alohida ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.
Qisqa xulosalar
Biznes-reja - bu aniq vaziyatda biznesning mohiyati, uni amalga oshirish, kengaytirilishi aks etadigan xujjat. Kichik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir.. Biznes-reja bir nechta bo’lim va ko’rsatkichlardan iborat bo’lib, ularning soni korxonaning hajmi, o’ziga xosliklari va boshqa xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda 8 - 12 bo’limdan iborat bo’lgan biznes-rejalar tavsiya qilinadi.
Qaysi bo‘limni biznes rejaga kiritilishi kichik biznes faoliyati yo‘nalishiga bog‘liq. Biznes reja bo‘limlarida quyidagilar aks etishi kerak: korxona haqida ma’lumot, faoliyat turlari, kerakli mablag‘ga bo‘lgan extiyojning qisqacha bayoni, rejalashtirilgan foyda va loyixa rentabelligi, Ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmat turlari. bozorga chiqish, ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sish strategiyasi- marketing rejasi mahsulot sotish bozorini iqtisodiy baholash, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish,Marketing sohasining yo‘nalishi, boshqarish rejasi,yuridik reja, moliyaviy reja, tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi. Biznes-reja amaliyotda asosan ikki bosqichda tayyorlanib,bu bosqichlarning har birida mos keluvchi vazifalar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |