Obyekt valentligi – Bunday fe'l o‘z sememasidagi obyekt bildiruvchi semasiga ko'ra u bilan klassemani tarkib toptira oluvchi sememasi bo'lgan aktantni talab qiladi.
Mazmun valentligi aktanti ma'nosi hamma vaqt predikativ vazifadagi so'zning ma'no uzvi bo'ladi. I.Qo'chqortoyevning qayd etishicha, o‘zbek tilidagi fe'llarning mazmun valentligi aktanti sintaktik jihatdan asosan to'ldiruvchi(vositasiz) va ko‘chima gap vazifasini o'taydi.
4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLARNING ELEKTRON SHAKLI
5.MAVZULAR BO‘YICHA TAQDIMOTL
MUSTAQIL TA'LIM UCHUN MATERIALLAR
Sotsiolingvistikada nutqning ixtisoslashishida nutq tushunchasi lingvistikada tushuniladigan til (lison)ning bevosita voqealanishi, uning moddiy shaklda yuzaga chiqishi tushunchasidan farq qiladi. Ya'ni sotsiolingvistikada nutqning ixtisoslashishi deganda, umumijtimoiy imkoniyatlarning muayyan shaklda voqealanishi emas, balki qandaydir alohida bir guruh uchun me'yor vazifasini o‘taydigan umumiylik bilan xususiylik oralig‘i tushuniladi. Tilshunoslikda adabiy tilga, shevalarga nisbatan bu ma'noda me'yor tushunchasi qo‘llanadi. Bundan tashqari, bu tushuncha lingvistikaning argo va jargonlariga ham yaqin turadi, chunki ular ham ma'lum bir ijtimoiy tabaqa uchun me'yor sanaladi.
Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyat bilan bevosita aloqadordir, chunki badiiy, ilmiy, rasmiy-idoraviy, publitsistik kabi uslublar sohaviy me'yorlardir. Shuning uchun nutqning ijtimoiy ixbunda ham o‘ziga xos farq mavjud: uslubiyat, asosan, lisoniy vositalrni o‘rganadi, nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvida esa nutqiy ifoda vositalari paralingvistik, ekstralingvistik vositalar bilan birgalikda tadqiq qilinadi va bu nuqtada sotsiolingvistika etnografiya, odat, axloq fanlari bilan kesishadi. Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi rang-barang bo‘lib, ularning ichida quyidagi turlarini ajratish mumkin.
1. Nutqning so‘zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga ko‘ra ixtisoslashuvi.
Yoshi 70-80larga borgan, omi qariya nutqi. Muxbir bola maxmadanagina ekan. Cholni gapga soldi. - Buva, siz mu'tabar odamsiz. Ko‘p joylarda bo‘lgandirsiz? – Menma? Chol qaddini rostladi. - Bo‘g‘anda qandoq! Chiyoli bozordi ko‘rdim. Chiroqchini ko‘rdim. Ulim motosiklda Kosongadavur obborib keldi. E, bolam, bu dunyoda men ko‘rmagan jurt qolmadi!
Muxbir bola "Meditsina enseklopediyasi"ni xo‘p xijjalagan shekilli, cholni tag‘in so‘roqqa tutdi: - Uzoq umr ko‘rishingizning siri nimada, deb o‘ylaysiz? Zelinni ko‘p iste'mol qilgandirsiz? Sut-qatiq ichgandirsiz? - Zelin-peliningni bilmadim-ku, qatiqni ko‘p ichgan chig‘arman. Chakkini ko‘p jegan chig‘arman…
- Go‘shtdan parhez qilganmisiz?
- Ettamma! Chol astoydil hayron bo‘ldi: - Et jemagan jigit jigitba? Do‘svoyi qo‘ydi quyrug‘ini jeganman!
- Kechirasiz-ku, ichkilik masalasi…
- Bo‘g‘an! - dedi chol quvlik bilan bosh irg‘ab. - Ammo bu ukkag‘ardan naf ko‘rgan odam juq. Og‘zimga olmay qo‘yg‘animga ush jil bo‘ldi. (O‘.Hoshimov)
Aroqqa mukkasidan ketgan odam xotinining nutqiga e'tibor bersak:
- Azlar emas, ajdar bu, ajdar! Yoshi qirqqa chiqib qilcha aql kirmagan noinsof umrimni xazon qildi! Uchta bola nima eb, nima ichayapti, demasa, ro‘zg‘or nochorligidan uyda sichqonlar hassa suyanib yursa…. Xudoning bergan kuni bukib ichsa! Ichaverib-ichaverib, kompyuteri sinib qolgan buning! Bir yil yuvilmagan paytavadek g‘ijimlanib ketgan tusingni el esin! Tullagan itning dumiga o‘xshagan mo‘yloving uzilib tushsin! Benzavoz hidi anqib turgan og‘zingga qo‘rg‘oshin quyilsin!
Er nutqi: Xoh ishoning, xoh ishonmang hovlimiz yoz bo‘yi ari bozorga aylanib ketadi! Har qovoq arilarki, uchsa, bombardimonchi samolyot kelib qoldimi deysiz! Ammo ular birovni chaqmaydi. Aksincha, xotin xo‘janing tilidan "zapravka" qilish uchun navbat kutib turadi! Xohlagan odamingiz bilan bir emas, ikki yashik aroqdan garov bog‘lashib aytamanki, agar qarg‘ish bo‘yicha musobaqa o‘tkazilsa, bizning xotin Toshkentda emas, butun boshli O‘zbekistonda ham emas, dunyoda birinchi o‘rinni oladi! Xotin nutqiga e'tibor bering:
- Xumga qamalib qolgan aridek g‘ung‘illagan ovozing o‘chsin! Laylakning inidek paxmaygan sochingga o‘t tushsin! "Vosm erka" g‘ildirakka o‘xshab qing‘ir-qiyshiq qadam tashlaydigan oyog‘ing "kamaz"ning tagida qolsin! CHoyga tuz solib, "nega shakaring shirinmas", deb piyolani otib sindirgan qo‘llaring akashak bo‘lsin! Tappiga tushgan munchoqdek yaltirab turgan ko‘zlaringga snayperning o‘qi tegsin! Makaron sho‘rva ichib, "nega lag‘moningni xamiri uqlovdek", deb enamni so‘kkan tillaring elektricheskiy myasorubkada qiyma-qiyma bo‘lsin! Oftobda qolgan baqlajondek burishgan burning irib tushsin! Qosim qatiqchining obkashidek qomating lahatda chirisin! Koshkiydi, chirisa! Chirimaydi. Birov go‘ringni ostiga qamish suqib gugurt chaqib yuborsa, "vechniy alanga" bo‘lib qirq yil yonadi! A'zoi-badaning spirtga aylanib ketgan! (O‘.Hoshimov).
Do'stlaringiz bilan baham: |