Pragmatik samara – so‘zlashuvchining o‘z nutqida munosabat ifodalovchi baholash so‘zlaridan foydalanib, eshituvchiga ta'sir o‘tkazishini, uning kommunikativ faoliyati natijasi.
Propozitsiya (diktal ma'no) – sintaktik birliklar vositasida ifodalangan obektiv mazmun, jumladagi asosiy hukm.
Diaxroniya – grekcha dia – orqali, ikki, chronos – zamon so'zlaridan olingan. Tilni tarixiy taraqqiyotda, rivojlanishda ekanini e'tiborga olib o'rganish diaxroniya hisoblanadi.
Sinxroniya – grekcha synchronos so'zidan olingan bo'lib bir vaqtlilik demakdir. Til tarixiy taraqqiyotining muayyan bir davrdagi holati sinxroniya sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |