Kibernetika


O‘zbek tilshunosligida maydon nazariyasining o‘rganilishi va maydon tushunchasi



Download 0,84 Mb.
bet35/86
Sana22.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#401634
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
Bog'liq
sirtqi yusupova majmua

2. O‘zbek tilshunosligida maydon nazariyasining o‘rganilishi va maydon tushunchasi. O‘zbek tilshunosligida ham maydon nazariyasi bilan bog‘liq qarashlar va tadqiqotlar shakllandi. A.Nurmonov, H.Ne'matov, R.Rasulov, E.Begmatov, M.Abduvaliyev, T.Mirzaqulovlar tomonidan maydon nazariyasi yoritildi.6 Maydon nazariyasining shakllanish tarixi, jahon va o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi, maydon turlari, maydon va unga yondosh hodisalar haqida Sh.Iskandarovaning “Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish” kitobida batafsil ma'lumotlar berilgan. 7 Olima maydon komponenti ishtirok etgan tushunchalar sifatida G.Shchur qarashlarini keltiradi: funksional-semantik maydon, morfem maydon, fonem maydon, so‘z yasovchilar maydoni, leksik maydon, mazmuniy maydon, mikro va makro maydon , nisbiylik maydoni, vaqt maydoni, son maydoni , inkor maydoni, mavjudlik maydoni, mayl maydoni, shaxs maydoni, leksik-grammatik maydoni, transformatsion maydoni, mutlaq maydon, faoliyat maydoni, holat maydoni va hk. Keyinchalik Sh.Iskandarova o‘z tadqiqot ishida leksik maydon tushunchasini, asosan, shaxs otlari maydon tushunchasi ostida o‘rganib, shaxs maydoni dastlab 2 ga ajratiladi. Afsonaviy va real. Afsonaviy shaxs nomlari 2 ga ajratiladi. 1) afsonaviy ertak qahramonlari 2) diniy-afsonaviy shaxs nomlari; Real shaxs nomlari 2 ga ajratiladi. 1) umumlashgan 2) xususiy shaxs nomlari. afsonaviy ertak qahramonlari 2 ga ajratiladi: 1) ijobiy 2)salbiy Shu tariqa shaxs maydoni 9 bosqichgacha kichik maydon va maydonchalar, qatorlar tashkil etib boradi. Afsonaviy ertak qahramonlari 3 bosqichgacha, real shaxs nomlari ancha quyi bosqichga qadar ajratiladi.8

  • Leksik birliklarni bir mazmuniy uyaga birlashtirish va tahlil qilish lug‘at turlarida ham mavjud. Ideografik lug‘atlar shu asosda yaratilib, ular tilning biutun leksik sistemasini qamrab oladi. O.Axmanova bunday lug'atlarda so'zlar mavzu qatorlari asosida joylashishini aytadi. Bunday lug‘atlar VI-VIII asrlarda arab tilshunosligida ( al-Xalil, Feruzabodiy, Sibaviyhiy) shakllangan. M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari, muallifi noma'lum “At –tuhfatuz – zakiyati fil-lug'atit turkiya” asari, Muhammad Chingiy “Kelurnoma” asari va boshqa bir qancha asarlarni shunday lug‘atlar safiga kiritish mumkin. Muhammad Chingiy “Kelurnoma”asari Avrangzeb davrida (1658-1707) yaratilgan bo'lib, u 15 bob, 9 guruhdan iborat, oxirgi bobda ismlar 9 mavzuiy guruhga, ya'ni osmon bilan bog'liq, yer bilan bog‘liq, egarlanadigan hayvonlar, qushlar, odam a'zolari, qarindoshlik nomlari, qurol, sanoq, olmosh, ravish bilan bog‘liq so‘zlarni o‘z ichiga olgan.

  • Xullas, tilni maydon sifatida o‘rganish olam–ong–til dialektik munosabatini asosli yoritishga yordam beradi. Shuningdek ideografik lug‘atlar yaratishdamuhim ahamiyat kasb etadi.Shu sababdan maydon nazariyasini keng va atroflicha o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi.

  • Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  • 1.Fizikada maydon nazariyasi shakllanishi fanda qanday kashfiyotlar yaratilishiga sabab bo‘ldi?

  • 2. Tilshunoslikda maydon nazariyasining shakllanishi qaysi davrlarga borib taqaladi?

  • 3. Maydon nazariyasi bo'yicha o‘zbek tilshunosligida qanday tadqiqotlar olib borilgan?

  • 4.Maydon turlari: fonem, morfem, leksik, grammatik maydon haqida batafsil ma'lumot bering.

  • 5. Morfem maydon bo‘yicha kimlar tadqiqot ishlari olib borishgan?

  • 6. Leksik maydon bo‘yicha kimlar tadqiqot ishlari olib borishgan?

  • Asosiy adabiyotlar:

  • 1.Nurmonov A., Yo'ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: Sharq, 2002.

  • 2.Nurmonov A. O'zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O'zbekiston , 2002.

  • 3. Iskandarova Sh. O‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o‘rganish (shaxs mikromaydoni): f.f.d....diss.avtoref. –T., 1999.


  • Download 0,84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish